Sifat menejmenti va maxsulotlar xavfsizligi


-AMALIY MAShG‘ULOTI. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “OZIQ-OVQAT MAHSULOTINING SIFATI VA XAVFSIZLIGI TO‘G‘RISIDA” GI QONUNINI O‘RGANISh



Download 8,3 Mb.
bet113/168
Sana20.12.2022
Hajmi8,3 Mb.
#891498
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   168
Bog'liq
УМК Стандартлаштириш

9-AMALIY MAShG‘ULOTI. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “OZIQ-OVQAT MAHSULOTINING SIFATI VA XAVFSIZLIGI TO‘G‘RISIDA” GI QONUNINI O‘RGANISh


Reja:


  1. O‘zbekiston Respublikasining “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida” gi qonuni haqida ma’lumot.

  2. Mazkur Qonun moddalarini tahlil qilish.

  3. Moddalar yuzasidan umumiy munozara.

  4. Xulosa.

Kalit (tayanch) so‘zlar: bolalarbop oziq-ovqat mahsulotlari, oziq-ovqat mahsulotining sifati, gigiena sertifikati, oziq-ovqat mahsuloti muomalasi, toksikologiya-gigiena ekspertizasi, oziq-ovqat qo‘shimchalari.


Zamonaviy pedtexnologiya elementlaridan, masalan interaktiv metodini qo‘llab dars o‘tiladi.


Darsda texnik vosita va ko‘rgazmali qurollardan keng foydalaniladi (kodoskop, proektor, plakat va hokazo).
Talabalar tarqatma materiallar bilan ta’minlanadilar.
Talabalar mustaqil fikrlashi uchun to‘la sharoit yaratiladi.

O‘zbekiston Respublikasining “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida” Qonuni Oliy Majlis tomonidan 30 avgust 1997 yilda qabul qilingan. Bu qonun aholini sifatli va xavfsiz mahsulot bilan ta’minlashning huquqiy asoslarini belgilaydi. Qonunda asosiy tushunchalarga, shu jumladan “xavfsizlik” va “oziq-ovqat mahsulotining sifati” tushunchalariga ta’riflar berilgan.


Qonun “oziq-ovqat mahsuloti” tushunchasiga quyidagilarni kiritgan: oziq-ovqat xom ashyosi (shu jumladan etil spirti), oziq-ovqat mollari (shu jumladan alkogol ichimliklar) va ularning tarkibiy tashkil etuvchilari (ingredientlari), oziq-ovqat xom ashyolariga va oziq-ovqat mahsulotlariga urinadigan moddalar, materiallar, shu jumladan bulardan tayyorlanadigan yordamchi va joylash materiallari va buyumlar.
Oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligi - oziq-ovqat mahsulotining sanitariya, veterinariya, fitosanitariya me’yorlari va qoidalariga muvofiqligi
Oziq-ovqat mahsulotining sifati - oziq-ovqat mahsulotining iste’mol xossalarini belgilovchi va odamlarning hayoti va sogligi uchun uning xavfsizligini ta’minlovchi tafsilotlari majmui.
Oziq-ovqat mahsulotining yaroqlilik muddati (foydalanish muddati)-oziq-ovqat mahsulotining saqlash, tashish, xaridga qo‘yishda me’yorlar talablariga va xavfsizlik qoidalariga rioya qilinganda foydalanishga yaroqlilik muddati va bu muddat o‘tgandan keyin mahsulot insonlarning hayoti va sog‘ligi uchun xavfli bo‘lishi mumkin.
Qonunda oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini ta’minlash sohasida davlat idoralari va boshqarish doirasi belgilangan.
Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini ta’minlash sohasida Davlat boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati, O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi Vazirligi qoshidagi Bosh davlat veterinariya boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi Vazirligi qoshidagi Bosh davlat o‘simliklar krantini bo‘yicha inspeksiya, standarglashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish O‘zbekiston agentligi qonun bo‘yicha belgilanadigan boshqa idoralar (keyinchalik - davlat nazorati idoralari) tomonidan amalga oshiriladi.
Qonunga muvofiq, oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini ta’minlash sohasida davlat boshqaruviga quyidagilar kiradi:
– davlat me’yorlari;
– oziq-ovqat mahsuloti va uni tayyorlashda va oziq-ovqat mahsuloti bilan uringan holda foydalaniladigan jihozlarning davlat ro‘yxati;
– oziq-ovqat mahsulotini sertifikatlashtirish;
– davlat nazorati va tekshiruvi;
– oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni rejalashtirish.
Qonunda belgilanganki, oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini ta’minlash sohasida davlat me’yorlari sanitariya, veterinariya, fitosanitariya me’yorlari va qoidalarini va gigienik me’yorlarni, davlat standartlarini, oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligiga talablarni, mahsulot ishlab chiqarish, tayyorlash, sotib olish, qayta ishlash yetkazib berish, saqlash, tashish va xaridga chiqarish shartlarini o‘z ichiga olgan texnik shartlar (keyinchalik – meyor va qoidalar) ni o‘rnatish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsialigi bo‘yicha me’yorlar va qoidalar qonunda belgilangan tartibda davlat idoralari tomonidan tasdiqlanadi va oziq-ovqat bilan ish ko‘ruvchi yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiydir.
Qonun xo‘jalik yurituvchi sub’ektlardan me’yoriy xujjatlarda oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligini, saqlanish muddatini, sifat ko‘rsatkichlarini va tekshirish usullarini asoslashni va bularga shartsiz rioya qilinishini talab etadi. Qonunda oziq-ovqat mahsulotining me’yoriy xujjatlarda o‘rnatilgai sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlariga rioya qilish majburiyligi belgilangan.
Oziq-ovqat mahsuloti qadoqlangan, idishga joylangan (idish mahsulotning muamalada bo‘lishi barcha davrlarida sifat va oziq kuchini saqlashi lozim) va qonunga muvofiq tamg‘alangan holda chiqarilishi lozim.
Qonun oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alashda ko‘rsatilishi shart bo‘lgan asosiy ma’lumotlarni belgilaydi:
– oziq-ovqat mahsulotining nomi;
– oziq-ovqat mahsulotining (bolalar va dietik ovqatlanishga ixtisoslashtirilgan mahsulotlar uchun) qanday maqsadga mo‘ljallanganligi;
– tayyorlovchining nomi;
– mol belgisi, bunday belgiga ega bo‘lgan tashkilotlar uchun;
– oziq-ovqat mahsuloti tarkibiga kirgan moddalar (ingredientlar) shu jumladan oziq qo‘shimchalar nomi;
– oziq kuchi, navi;
– saqlash sharoitlari;
– tayyorlangan vaqti, yaroqlilik muddati;
– tayyorlash usuli (yarimfabrikatlar va bolalar va dietik ovqatlanish ixtisoslashtirilgan mahsulotlari uchun);
– massa;
– foydalanish usuli (biologik faol qo‘shimchalar, oziq qo‘shimchalar, bolalar va dietik ovqatlanish ixtisoslashtirilgan mahsulotlari uchun);
– muvofiqlik belgisi (mahsulotni muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alash huquqiga litsenziyasi bor bo‘lgan muassasalar uchun);
– me’yoriy yoki texnik xujjatning tartib raqami (nomeri)
Oziq-ovqat mahsuloti, shuningdek uni tayyorlashga va oziq-ovqatga uringan holda foydalanishga mo‘ljallangan jihozlar oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi bo‘yicha me’yorlar va qoidalarning talablariga muvofiqligi tekshirilgan va davlat ro‘yxatidan o‘tgandan keyin ishlab chiqarilishi, O‘zbekiston Reepublikasining hududiga olib kelinishi, xaridga chiqarilishi va qo‘llanilishi mumkin.
Oziq-ovqat mahsuloti va jihozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish O‘zstandart Agentligi tomonidan davlat nazorat idoralari bergan gigienik sertifikat asosida amalga oshiriladi.
Quyidagilar ruhsat etilmaydi:
– bir xil nomli har xil oziq-ovqat mahsulotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
– bir turli oziq-ovqat mahsulotining bir o‘zini bir yoki xar xil nom bilan ko‘p marta qayta-qayta ro‘yxatdan o‘tkazish;
– tarkibida narkotik moddalar bor bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini oziq, yem va biologik faol qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazish.
Qonunga muvofiq oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi majburiy sertifikatlashtirish protsedurasi orqali me’yor va koidalarga muvofiqligi tasdiqlanishi lozim.
Majburiy sertifikatlanadigan mahsulot ro‘yxati qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadi.
Mahsulotni, shu jumladan oziq-ovqat mahsulotini sertifikatlashtirishdan o‘tkazish tartibi O‘zbekistan sertifikatlashtirish milliy tizimi (O‘z SMT) tomonidan belgilanadi.
Qonun majburiy .sertifikatlashtiriladigan oziq-ovqat mahsulotini muvofiqlik sertifikatisiz xaridga chiqarishni taqiklaydi.
Oziq-ovqat mahsulotini xaridga chiqarish quyidagi hollarda ruxsat etilmaydi:
– mahsulot sifati belgilangan me’yor va qoidalar talablariga muvofiq kelmaganda, majburiy sertifikatlashtiriladigan mahsulot uchun esa, muvofiqlik sertifikati yo‘q bo‘lganda;
– saqlash va xarid uchun zarur sharoitlar yo‘q bo‘lganda;
– yaroqlilik muddati o‘tganda;
– mahsulot sohtalashtirilganda;
– mahsulotni o‘xshatish (identifikatlash) mumkin bo‘lmaganda.
Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi ustidan nazorat va tekshirish davlat tomonidai tartibga solishning bir turi bo‘ladi.
Oziq-ovqat mahsuloti sifati va xavfsizligining me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiqligi ustidan nazorat va tekshirish davlat nazorati idoralari tomonidan, o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiriladi. Bunda idoralar sifatida O‘zstandart Agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Davlat sanitariya epidemiologiya xizmati, O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi Vazirligi qoshidagi o‘simliklar karantini bo‘yicha Bosh davlat boshqarmasi va Bosh sanitariya inspeksiyasi tayinlangan.
Oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarishni, oziq mollar bilan savdoni, jamoat ovqatlanish tizimini rivojlantirish hududiy maqsadli dasturlarida oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘zda tutilishi lozim.
"Standartlashtirish to‘g‘risida" qonunda belgilanganki, davlat byudjetidan to‘liq yoki qisman moliyalashtiriladigan davlat dasturlarini ishlab chiqishda mahsulot sifatini me’yoriy ta’minlash bo‘limlari bo‘lishi lozim.
Odamlarning hayoti va sog‘ligiga xavf tug‘diradigan oziq-ovqat mahsuloti tegishli davlat idoralarining qarori bilan musodara qilinishi, keyinchalik esa qayta ishlanishi yoki yo‘qotilishi lozim.
Oziq-ovqat mahsulotini qayta ishlash yoki yo‘qotish sharoiti, |usullarini uning egasi tegishli davlat nazorati idoralari bilan kelishib oladi.
Oeiq-ovqat mahsulotidan qayta foydalanish yoki yo‘q qilish, uning egasi tomonidan amalga oshiriladi yoki bu ishlar shartnoma bo‘yicha topshirilgan tashkilotlar tomonidan, komissiya ishtirokida bajariladi. Komissiya tarkibiga joylardagi davlat hokimiyati idoralarining, davlat nazorati idoralarining, soliq idoralarining va jamoat vakillari kiradi.
Oziq-ovqat mahsulotini mollarga yem uchun berish yoki yo‘q qilishdan avval alohida binoda rezervuarda saqlanishi, uning miqdori, qayta foydalanish yoki yo‘qotish usullari va sharoitlari aniq ko‘rsatilgan alohida hisobda turishi lozim. Bunday mahsulotning saqlanishiga javobgarlik uning egasiga yuklatiladi.
Oziq-ovqat mahsulotini ekspertiza qilish, yo‘q qilish usullari va sharoitlarini aniqlash, qayta ishlash, saqlash, tashish va yo‘q qilish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni mahsulot egasi to‘laydi.
Oziq-ovqat mahsulotining egasi mahsulotdan foydalanilganligi yoki yo‘q qilinganligi to‘g‘risida dalolatnomani davlat sanitariya va (yoki) veterinariya nazorati idoralariga topshiradi.
Sinov-nazorat savollari



  1. Aholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsuloti bilan ta’minlashning huquqiy asoslari qaysi qonun hujjatlarida belgilab berilgan?

  2. Gigiena sertifikati deganda nimani tushunasiz?

  3. Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini ta’minlash sohasidagi davlat boshqaruvi qaysi organlar tomonidan amalga oshiraladi?




Download 8,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish