Sifat menejmenti va maxsulotlar xavfsizligi


- AMALIY MAShG‘ULOTI. O`zDSt 1.0 DAVLAT STANDARTI TAHLILI. O‘z SDT ASOSIY QOIDALAR



Download 8,3 Mb.
bet111/168
Sana20.12.2022
Hajmi8,3 Mb.
#891498
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   168
Bog'liq
УМК Стандартлаштириш

7- AMALIY MAShG‘ULOTI. O`zDSt 1.0 DAVLAT STANDARTI TAHLILI. O‘z SDT ASOSIY QOIDALAR


Reja:

  1. O`zDSt 1.0 davlat standartining mazmuni

  2. Standartlashtirishning maqsad va vazifalari

  3. O‘zstandart agentligining vazifalari

Kalit so‘zlar: standart, standartlashtirish, o‘zaro almashinuvchanlik, mahsulotning sifati va raqobatbardoshligi, tabiiy va texnogen halokatlar.


Zamonaviy pedtexnologiya elementlaridan, masalan interaktiv metodini qo‘llab dars o‘tiladi.


Darsda texnik vosita va ko‘rgazmali qurollardan keng foydalaniladi (kodoskop, proektor, plakat va hokazo).
Talabalar tarqatma materiallar bilan ta’minlanadilar.
Talabalar mustaqil fikrlashi uchun to‘la sharoit yaratiladi.

Asosiy qoidalar O‘zbekistonda standartlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkillashtirish va olib borishga umumiy talablarni o‘rnatadi, O‘z SDT ning me’yoriy hujjatlari majmuida asos bo‘ladi va O’z DSt 1.0:1998 bilan reglamentlanadi.


Asosiy qoidalarda keltirilgan asosiy maqsadlar “Standartlashtirish to‘g‘risida” Qonunda o‘rnatilganlarga o‘xshaydi.
Standartlashtirish tarmoklararo tizimining davlat va rus tillarida qisqartirilgan nomlari belgilangan:
O’z StDT – O’zbekiston standartlashtirish davlat tizimi – (GSS Uz – gosudarstvennaya sistema standartizatsii Uzbekistana);
Asosiy qoidalarda standartlashtirishning asosiy vazifalari keltirilgan: iste’molchilar va davlat manfaatlarini ko‘zlab, chiqariladigan mahsulotning sifati va nomenklaturasiga maqbul talablarni o‘rnatish; parametrik va xil o‘lchamlari qatorlarini, asos konstruksiyalarni, konstruktiv-birxillashtirilgan buyumlarning blok-modul tarkibiy qismlarini belgilash va qo‘llanish asosida birxillashtirish; mahsulot, uning elementlari, butlovchi buyumlar, xom ashyo, materiallarning ko‘rsatkichlari va tafsilotlarini kelishib olish va o‘zaro muvofiqlashtirish; metrologik me’yorlar, qoidalar, nizomlar, talablarni o‘rnatish va b.
Standartlashtirishning asosiy prinsiplari ifodalangan, jumladan: standartlashtirishning maqsadga muvofiqligi; standartlashtirishning kompleksligi; barcha darajadagi me’yoriy hujjatlarning o‘zaro bir-biriga bog‘likligi va kelishilganligi; o‘xshash standartlashtirish ob’ektlariga boshqaruvning turli darajalarida me’yoriy hujjatlarni takror ishlab chiqishga yo‘l qo‘ymaslik va h.k.
Standartlashtirishning tashkiliy asoslari o‘rnatilgan. Standartlashtirish bo‘yicha milliy idora – O‘zstandart Agentligining vazifalari belgilandi:
– standartlashtirish sohasida milliy siyosatni shakllantiradi va amalga oshiradi;
– davlat va xo‘jalik boshqaruv idoralarining standartlashtirish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi;
– standartlashtirish bo‘yicha ishlarni o‘tkazish umumiy tashkiliy-metodik qoidalarini o‘rnatadi;
– me’yoriy hujjatlar, shu jumladan majburiy talablarni o‘z ichiga olgan hujjatlar ustidan davlat tekshiruvi va nazoratini amalga oshiradi;
– standartlashtirish sohasida kadrlarni kasbiy tayyorlash va qayta tayyorlash ishlarini tashkillashtiradi va olib boradi.
Davarxitekturaqurilish, Davtabiatqo‘mita, Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruv idoralari o‘z vakolatlari doirasida standartlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkillashtiradi va muvofiqlashtiradi.
Standartlashtirish va me’yoriy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha ishlarga metodik jihatdan rahbarlik qilish uchun xos boshqaruv idoralar O‘zstandart Agentligi bilan hamkorlikda standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalar va tayanch tashkilotlar, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda esa -standartlashtirish xizmatlarini tashkil etadi.
Barcha darajalardagi standartlashtirish ob’ektlarining batafsil ro‘yxati keltirilgan:

  • Davlatlararo standartlashtirish ob’ektlari quyidagilardan iborat:

– umumtexnikaviy me’yorlar va talablar, shu jumladan umummashinasozlikda qo‘llaniladigan buyumlarning (podshipniklar, reduktorlar, mahkamlash buyumlari va boshqalar) yagona texnik tili, xil o‘lchamlari qatori va namunaviy konstruksiyalari, axborot texnologiyalarining mos keluvchi dasturiy va texnik vositalari, materiallar va moddalarning xossalari to‘g‘risida ma’lumotnoma ma’lumotlari, mahsulotni tasniflash va kodlash;
– yirik sanoat va xo‘jalik majmuilarining ob’ektlari (transport, energetika, aloqa va b.);
– yirik davlatlararo ijtimoiy-iqdisodiy va ilmiy-texnikaviy dasturlarning ob’ektlari, jumladan aholini ichimlik suv bilan ta’minlash, odamlar yashaydigan muhitni tekshirish tizimini yaratish, radioelektron vositalarining elektromagnit mos keluvchanligi, aholi va xalq xo‘jaligi ob’ektlarining xavfsizligini ehtimolni hisobga olgan holda ta’minlash;
– qator davlatlarda chiqariladigan, o‘zaro yetkazib beriladigan mahsulot.
Asos bo‘luvchi davlatlararo standartlar faoliyatning ma’lum sohasi uchun umumiy tashkiliy-metodik qoidalarni, shuningdek mahsulotni yaratish va foydalanishda turli fan, texnika va ishlab chiqarish sohalarining o‘zaro tushunishini, texnikaviy birliligini va o‘zaro aloqalarini, atrof muhitni muhofazalashni, mehnatni muhofazalashni va boshqa umumtexnikaviy talablarni ta’minlaydigan umumtexnikaviy talablarni (me’yorlar, qoidalarni) o‘rnatadi.

  • Davlat standartlashtirish ob’ektlari quyidagilardan iborat:

a) tashkiliy-metodik va umumtexnikaviy me’yorlar va talablar, jumladan:
– standartlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkillashtirish va o‘tkazish;
– bilim va faoliyatning turli sohalarida terminologik tizimlar;
– texnik-iqtisodiy va ijtimoiy axborotlarni tasniflash va kodlash;
– xavfsizlik texnikasi, atrof muhitni muhofazalash, mehnat gigienasi, ergonomika, texnikaviy estetika talablari;
b) mahsulotga majburiy talablar;
v) tarmoqlararo ehtiyojga mo‘ljallangan mahsulot;
g) davlat ahamiyatidagi xo‘jalik ob’ektlarining elementlari, shu jumladan bank tizimi, transport, aloqa, energetik tizim, mudofaa va h.k
d) davlat ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy dasturlarning ob’ektlari (elementlari);

  • Tarmoq standartlashtirish ob’ektlariga tarmoqni tashkil etish va boshqarish, sifatni ta’minlash, tarmoqqa mo‘ljallangan mahsulot me’yorlari va qoidalari; kiradi.

  • Ma’muriy-hududiy standartlashtirish ob’ektlariga hududni boshqarish, hudud uchun xos mahsulot sifatini ta’minlash buyicha me’yorlar va qoidalar kirishi mumkin.

  • Korxonalarda standartlashtirish ob’ektlariga quyidagilar kiradi:

– chet iste’molchilarga xaridga chiqariladigan mahsulot;
– ishlab chiqarishni tashkillashtirish bo‘yicha me’yorlar va qoidalar;
– sifatni boshqarish;
– faqat ushbu korxonada tayyorlanadigan va ishlatiladigan detallar va yig‘ma birliklar;
– texnologik jixoz va asboblar, texnologik me’yorlar, talablar.va ushbu korxonadagi namunaviy texnologik jarayonlar;
– ko‘rsatiladigan xizmatlar.
O‘zbekistonda qo‘llaniladigan me’yoriy hujjatlar:
– davlatlararo standartlar;
– O‘zbekiston davlat standartlari;
– tarmoqlar standartlari;
– texnik shartlar;
– ma’muriy-hududiy standartlar;
– korxonalarning standartlari.
Standartlashtirish bo‘yicha me’yoriy hujjatlarga shuningdek rahbariy hujjatlar, me’yorlar va qoidalar (qurilish, sanitariya, ekologik qoidalar va b.), tavsiyalar, texnik-iqtisodiy va ijtimoiy axborot tasniflagichlari ham kiradi.
Xalqaro va hududiy standartlar O’z DSt ISO/IEC 21:2001 bo‘yicha O‘zbekiston davlat standartlariga qayta rasmiylashtirilib qo‘llaniladi.
Chet el standartlari – O’z DSt 1.7:1998 bo‘yicha qayta rasmiylashtiriladi.
Uzluksiz ta’lim tizimida O‘zbekiston davlat standartlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ixtiyoriy me’yoriy hujjatlarni qo‘llanish (amal qilish) maqsadida respublikada texnik reglament mavjud bo‘lganda qo‘llanilishi majburiy bo‘lmagan me’yoriy hujjatlar ishlab chiqiladi.
Me’yoriy hujjatlarni belgilash tartibi o‘rnatilgan:
a) davlat ahamiyatidagi me’yoriy xujjatlar:
– O‘zbekiston davlat standarti – O’z DSt;
– O‘zbekiston umumdavlat tasniflagichi – O’z DT
– O‘zbekiston rahbariy hujjati – O’z RH
– O‘zbekiston tavsiyanomalari – O’z T.
b) tarmoq darajasidagi me’yoriy hujjatlar:
– tarmoq standarti – TSt;
– tarmoq tasniflagichi – TT;
– texnik shartlar – TSh;
– rahbariy hujjat – RH;
– tavsiyalar – T.
v) ma’muriy-hududiy axamiyatdagi me’yoriy hujjatlar:
– ma’muriy-hududiy standart – MNSt ;
– tavsiyanomalar – T.
g) korxona ahamiyatidagi me’yoriy hujjatlar:
– texnik shartlar – TSh;
– korxona standarti – KSt.
Demak, barcha darajadagi me’yoriy hujjatlarning belgisi hujjat matnining qaysi tilda yozilganligidan qat’iy nazar, davlat tilida lotin yozuvidagi qisqartmalar (abbreviaturalar) bilan belgilanadi.
Davlatlararo standart belgisi (GOST) russ tilida saqlanadi. Standartlar darajasi, ularning tasdiqlash darajalari va O‘z SDT standartlarining turlari 1-rasmdagi sxemada keltirilgan.


\


Sinov-nazorat savollari

  1. Standartlashtirishning asosiy maqsadi nimadan iborat?

  2. O‘zstandart agentligiga yuklatilgan vazifalar nimalardan iborat?

  3. Davlat nazorati idoralari qanday huquqga ega?

  4. Respublikada qo‘llaniladigan me’yoriy hujjatlar toifalari.


Download 8,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish