3. Maxsus usullar.
Ko‘proq ishlatiladigan standartlashtirishning maxsus usullari quyidagilar:
- unifikatsiya (birxillashtirish);
- tiplashtirish (turlash);
- agregatlashtirish;
- modullashtirish.
Shuningdek, parametrik standartlashtirish, kompleks standartlashtirish va ilgarilanma standartlashtirish kabi maxsus usullar ham mavjud. Ko‘proq va kengroq miqyosda ko‘llaniladigan usullarga batafsil to‘xtilib o‘tamiz.
Standartlashtirish ob’ektlarini tizimlashtirish standartlashtirishning muayyan ob’ektlari majmuiyni ilmiy ketma-ketlik bilan tasniflash (sinflash) va mayyan tartiblashtirishdan iborat.
Ixtiyoriy ob’ektni tizimlashtirish foydalanish uchun qulay, aniqlangan tizimni shakllantirish va ularni ketma-ketlikda joylashtirish maqsadida amalga oshiriladi9.
Tizimlashtirishning eng oddiy tizimi turli lug‘at va ma’lumotlardan foydaniladigan alifbo bo‘lib hisoblanadi. Standartlashtirish ob’ektlarini tarib raqamlashtirish yoki ularni voqealar ketma-ketligiga asoslangan holda joylashtirishda qo‘llaniladi. Maslan, GOST, O‘z DSt standartlarini o‘sib borish tartibi bo‘yicha raqamlashtirish va undan so‘ng qabul qilingan yili ko‘rsatiladi.
Kompyuter texnologiyalari asrida yagona tamoyillarni ishlab chiqish va usullarni tizimlashtirishda axborot moslashuvchanligini ta’minlash maqsadida sinflashtirish, identifikatsiyalash va kodlashtirish dolzarb ahamiyatga ega. Turli xillikni tizimlashtirishning asosi sinflashtirish (tasniflashtirish) bo‘lib hisoblanadi.
Tasniflashtirish (sinflashtirish) – ob’ektlar to‘plamin qabul qilingan usulga muvofiq aniqlangan alomatlar asosida farqlash yoki ularni kelib chiqishi bo‘yicha sinfli guruhlash (taksonlar)ga ajratishdir.
Alomatlar – ob’ekt shaklini boshqalaridan farqlovchi ob’ektning o‘ziga xos xossasidir. Ob’ektlarni sinflashtirishda ularni umumiy alomatlariga bog‘liq bo‘lgan sinf, sinf osti, turi, razrayadlar guruhi va boshqa ko‘rsatkichlari bo‘yicha joylashtirish hamda bir-biriga bo‘ysungan ob’ektlar tizimi yaratiladi.
Umumiy sinflash o‘zida ixtiyoriy ob’ektlar ketma-ketligi usulini namoyon etib va uni qo‘llash universaldir, shuning uchun bu usul aniqlashtirishni talab etadi. Faqat “sinflashtirish (sinflashgan)” tushunchasining 900 dan ortiq ta’rifi ma’lumdir. Ulardan eng ko‘p tarqalgani va sinflash ma’nosi to‘g‘risida yetarlicha aniq tushunchani beruvchi quyidagilar hisoblanadi: ob’ektlar sinfi yoki bu tushunchalarning o‘zaro bog‘liqligini o‘rnatish vositasi sifatida foydlaniladigan, inson faoliyati yoki bilimlar sohasida u yoki bu ketma-ket bog‘langan tushunchalar (ob’ektlar sinfi) tizimi.
Sinflashtirish va kodlashtirish fikrlash jarayoni faolligi bilan bevosita bog‘liqdir, ayniqsa uning asosiy qismi bo‘lmish, bu ma’lumotni o‘zlashtirishga javob beradi.
Shu jihati bilan ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish bo‘yicha bajaruvchining ishlarini optimallashtirishga bog‘liqdir. Zamonaviy ishlab chiqarish tizimlarida ma’lumotlarni hiddan ziyod hajmda bo‘lishini hisobga olib, uni aniq ishlashi uchun amaldagi vaqt rejimida ulardaga ma’lumotlarni ko‘lab-quvvatlash lozimdir. Bundan ma’lumotlarni sifatli sinflashda kompyuter texnologiyalarini qo‘llash bilan ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishning optimallashtirish hamda shu rejimda vaqtni qiqartirgan holda ma’lumotlar qayta ishlanadi.
Tasniflashtirish (sinflashtirish) usullari to‘plam va to‘plam ostilariga bo‘lish usuli bilan aloqadorligi darajasi muhim ahamiyatga ega. Ob’ektlarni sinflashning ikkita asosiy: ierarxik va fasetli usuli mavjud.
Ierarxik usul bo‘yicha sinflashtirish quyidagi ketma-ketlik bo‘yicha amalga oshiriladi:
ob’ektning birlamchi to‘plamini aniqlash;
sinflashtirish ob’ektining asosiy (mavjud) alomatlarini aniqlash;
alomatlarning ketma-ketligi tartibini tanlash – ularni miqdori va bo‘linish darajasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |