12.1-rasm. Ierarxik usul bo‘yicha sinflashtirish sxemasi
Sinflashgan guruhlarning umumiy miqdori (klassifikatori) sinflagichi hajmida shakllanib, quyidagiga teng:
Yeo = n1 + n1 n2 +n1 n2 n3 +…+ n1 n2 n3…nk = Σ P (12.1)
Sinflashtirishning fasetli usuli birlamchi ob’ekt to‘plamini muayyan masalani hal etish uchun aniqlanilgan berilgan alomatlarni namoyon etuvchi mustaqil to‘plam ostilariga bo‘lish natijasida amalga oshiriladi.
Fasetli usul bo‘yicha sinflashtirish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
ob’ektning birlamchi to‘plamini aniqlash;
sinflashtirish ob’ektini barcha tomonlama tavsiflovchi asosiy (mavjud) alomatlarini aniqlash;
fasetlarda bir turdagi (mavjud) alomatlarni guruhlash va ularni kodlashtirish;
to‘plam ostini hosil qilish uchun fasetli formulani aniqlash.
Fasetli usul ob’ektning muayyan turli tavsiflari yig‘indisi asosida “xusuiydan umumiyga” tamoyili bo‘yicha to‘plam ostini shakllanishi bilan o‘ziga xosdir.
Kodlashtirish – ob’ektga yoki ob’ektlar guruhiga uning nomini bir qancha simvolar bilan almashtirish imkonini beruchi yagona belgi (kod)ni qo‘yish va belgilashdir.
Kod – qabul qilinigan usulga muvofiq o‘zlashtirilayotgan ob’ektni identifikatsiyalash maqsadidagi belgi yoki belgilar majmuasidir. Kodli belgilashlar alifboli, razrayadli, tuzilmali, uzunli va nazorat sonli kodlashlar bilan tavsiflanadi.
Alifbo – kodni belgilash uchun qabul qilingan belgilar (simvollar) tizimi.
Razryad kodi – kodda belgilar holati.
Tuzulmali kod – tarkibni shartli belgilash va nomlanish darajasi uzunligiga bu belgilarga muvofiq, kodda belgilar ketma-ket joylashishini grafik tasviri.
Kodda belgilar soni uning tuzulmasi va ob’ektlar miqdoriga, to‘plam ostiga kiruvchi, har bir uzunlik darajasini shakllantiruvchlariga bog‘liqligi bilan aniqlanadi. Har bir uzunlikda belgilar sonini aniqlashda yangi ob’ektlarni paydo bo‘lishi mavjudligini inobatga olib zaxira kodalra nazarda tutilishi lozim.
Kodlar quyidagi talablargijavob berishi lozim:
ob’ektlarni va (yoki) ob’ektlar guruhini bir xil ma’noli identifikatsiyalash va identifikator bo‘lishi lozim;
belgilar soni minimal (minimal uzunlikda) va berilgan to‘plamning barcha ob’ekt (alomat)larini kodlash uchun yetarli bo‘lishi lozim;
kodlashtiriladigan to‘plam ob’ektlari paydo bo‘lgan holatlar uchun yetarli zaxirani mavjudligi;
odamlar foydalanishi uchun hamda kodlashtirilgan ma’lumotlari kompyuterda qayta ishlash uchun qulay bo‘lishi lozim;
kompyuter tizimiga kiritishda xatoliklarni avtomatik nazorat imkoniyatini ta’minlash.
Kod uzunligi – koddagi probellarsiz belgilar soni.
Nazorat soni – kod yozuvlarini tekshirish uchun foydalaniladigan hisoblangan son.
Texnikaviy-iqtisodiy ma’lumotlarni kodlashtirishning ketma-ket, parallel, tartibli va seriyali-tartibli usullariga bo‘linadi.
Ketma-ket kodlashtirish usulida ierarxik sinflashtirish usulida olingan bir-biriga bog‘lik joylashgan ketma-ketlikdagi kodlardan foydalanish bilan ob’ekt va (yoki) guruhni sinfli kodi shakllantiriladi.
Parallel kodlashtirish usuli fasetli sinflashtirish usulida olingan mustaqil guruhlangan kodlardan foydalanish bilan sinflashgan ob’ekt va (yoki) sinflangan guruh kodini shakllantrish va uni kiritishdir. Bu holatda kod tuzulmasi fasetli formula bilan aniqlanadi.
Tartibli kodlash usuli natural sonlar qatoridan shakllantirish va undan foydalanish bilan farqlanadi.
Seriyali-tartibli kodlashtirish usuli natural sonlar qatoridan, bir xil alomatlari bilan sinflashgan ob’ektlari uchun bu sonlar diapazoni yoki olahida seriyasini shakllantirishdan hosil qilinadi.
Tizimlashtirishning boshqa turi bu identifikatsiyalash bo‘lib hisoblanadi.
Identifikatsiya – ob’ektga boshqa ob’ekt to‘plamlaridan uni bir xilligini belgilash imkonini beruvchi, yagona nom, belgi, shartli belgilash, alomat yoki alomatlar yig‘indisini berishdir.
Mahsulotlarni identifikatsiyalash – mahsulotning bir-biriga aynan o‘xshash mavjud alomatlari tavsiflarini o‘rnatish.
Maslan, Mahsulotlar umumdavlat klassifikatori (MUK)da kodlar sinfli (S-MUK) va assortimentli (A-MUK) qismlardan tashkil topgan. Assortimentli kodlash aynan, ob’ekt haqidagi ma’lumotni muayyanlashtiruvchi, ob’ekt sinfi to‘plamidan bir xilligini belgilovchi mahsulot identifikatsiyasini anglatadi.
Turli darajalarda boshqarish masalalarin hal etish uchun foydalaniladigan ma’lumotlarni tasniflash (sinflash) va kodlashtirish “Texnik-iqtisodiy va ijtimoiy ma’lumotlarni tasiflash va kodlashtirish yagona tizimi” (TIIM TKYaT – YeSKK TESI) deb nomlangan kompleks davlat standartlari bilan belgilanadi.
Shunday qilib, identifitsiyalash, tasniflash va kodlashtirishdan ma’lumotlar bilan ishlash uchun xorijiy va mahalliy standartlashtirish amaliyotida keng qo‘llaniladi. Bu usullarsiz standartlashtirishning maxsus usullaridan: unifikatsiya, tiplashtirish, agregatlashtirish, modullashtirish, optimallashtirishdan foydalanish mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |