Щзбекистон республикаси олий ва щрта



Download 9,81 Mb.
bet4/30
Sana20.07.2022
Hajmi9,81 Mb.
#828623
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
ELEKTRLOTIN

ISHNI BAJARISH TARTIBI.

1. 3-rasmdagidek elektr zanjirini yig’ing.





2. Transformator o’ramlarining aktiv qarshiligini ommetr bilan o’lchang.
3. 220 V li o’zgaruvchan tok tarmog’iga ulangan «Latr» deb ataluvchi avtotransformator yordamida siz kuchlanishni 10, 15, 20 V qiymatlari tanlab olib, bu kuchlanishlar berilganda g’altakdan o’tayotgan toklarni ampermetrdan jadvalga yozib olasiz. So’ngra g’altakning to’la qarshiligini Om qonunidan topasiz.

Bunda siz g’altakning to’la qarshiligini kuchlanishga bog’liq bo’lmagan o’zgarmas kattalik ekanligini aniqlagandan keyin induktivlikni (6) ishchi formula bilan hisoblaymiz.
4. O’lchash natijalarini yozish uchun quyidagi jadvalni chizing.





U

I

Z

L

L





W



1
2
3



























O’rt.qiy.

X

X


X







X




X



5. G’altakni temir o’zagini olib qo’yib ham yuqorida ko’rsatilgandek, (6) formula bilan induktivlikni aniqlaymiz va o’zakli va o’zaksiz g’altaklarning induktivligini solishtirib temir o’zak induktivligi  marta oshganini aniqlaymiz,  -temir o’zakning magnit singdiruvchanligi:


L0 – o’zaksiz g’altakning induktivligi
L – o’zakli g’altakning induktivligi
6. G’altakning induktivligi aniqlangandan keyin undan o’tayotgan tokni o’lchab, g’altak hosil qilgan magnit maydon energiyasi formula bilan hisoblanadi.


NAZARIY SAVOLLAR.



  1. Nima sababdan transformator g’altagini qarshiligi o’zgarmas tok uchun kichik, o’zgaruvchan tok uchun esa katta bo’ladi?

  2. Nima sababdan g’altakka temir o’zak kiritilganda uning induktivligi ortadi?

  3. O’zindukciya hodisasini tushuntiring?

  4. O’zgaruvchan tok zanjiri uchun Om qonuni formulasini tushuntiring?

5. O’zgaruvchan tok chastotasi ortganda nima sababdan induktiv qarshilik ortadi?

LABORATORIYA ISHI № 2


ELEKTROLITLARNING SOLISHTIRMA


QARSHILIGINI ANIQLASH


Kerakli asboblar: Kolraush ko’prigi, elektrolit quyilgan U-simon shisha idish, oscillograf, tovush generatori, qarshilik magazini va o’tkazgichlar, ko’mir elektrodlar.
Ishning maqsadi: Kolraush ko’prigi yordamida elektrolitning solishtirma qarshiligini aniqlashdan iborat.


NAZARIY QISM.

Tokning metallar va yarim o’tkazgichlar orqali o’tish hech qanday ximiyaviy o’zgarishlarsiz sodir bo’ladi. Bunday moddalar birinchi tur o’tkazgichlar deb ataladi. Tok o’tishida ximiyaviy o’zgarish yuz beradigan moddalar ikkinchi tur o’tkazgichlar deyiladi. Kislota, tuz va ishqorlarning suvdagi eritmasiga elektrolit deb ataladi. Tuz, kislota va ishqorlar eriganda ularning molekulalari musbat va manfiy ionlarga ajraladi. Bu hodisaga elektrolitik dissociaciya deyiladi. Birinchi tur o’tkazgichlar (metallar) da tok erkin elektronlarning harakatidan vujudga keladi, elektrolitda ionlarning tashqi elektr maydoni ta’siridagi harakati tok hosil qiladi.


Tuz molekulasini tashkil qilgan ionlar o’zaro Kulon kuchlari vositasida bog’langan bo’ladi. Ma’lumki, zaryadlar orasidagi ta’sirlanish kuchi ular joylashgan muhitning dielektrik singdiruvchanligi  ga bog’liqdir.
Suvdagi eritmalarda molekulalarning dissociyalanishi juda katta bo’ladi: bunga sabab suvni dielektrik doimiysining qiymati katta (=81) ekanligidir. Aytaylik S idishga (1-rasm) CuSO4 mis kuporosi eritmasi quyilgan va unga ikkita K-ko’mir va A-mis elektrod tushirilgan bo’lsin. B batareyaning manfiy qutbi K-ko’mir elektrodga, musbat qutbi A mis elektrodga ulangan.


1-rasm
Bunda elektrodlar zaryadlanib qoladi va ular orasidagi eritmada elektr maydon hosil bo’ladi. Mis kuporosi molekulalarining dissociyalanishidan hosil bo’lgan ionlar bu maydon ta’sirida harakat qila boshlaydi, eritmadan tok o’tadi. Musbat zaryadli ionlar K katodga keladi, unga o’z zaryadlarini berib, katodda neytral zarra holida ajraladi. Manfiy ionlar A anodga tomon harakat qila boshlaydi va unda ajraladi 1-rasm.
Shunday qilib mis kuporosi eriyotganda, molekulalari musbat mis ionlariga va manfiy SO4 ionlarga dissociyalanadi degan natijaga kelamiz va uni quyidagicha yozamiz:
CuSO4
Z «++» va «--» qo’sh ishoralar mazkur holda ionlarning ikki zaryadli ekanini, ya’ni mos ravishda ikkita elektron yo’qotishi yoki ikkita ortiqcha elektron qo’shib olishi natijasida hosil bo’lganini bildiradi. Misning Cu++ musbat ionlari katodga va SO-- manfiy ionlari anodga keladi. Z Ionlarning molekulalarga birlashishiga rekombinaciya yoki molizaciya deyiladi. Eritilayotgan modda molekulalarining qanday qismi dissociyalanayotganligini dissociyalanish koefficienti ifodalaydi, u elektrolitda disociyalangan molekulalar soni n ning umumiy molekulalar soni n0 ga nisbatiga teng kattalik:
Dissociaciya darajasi elektrolit va eritgichning tabiatiga, elektrolitning koncentraciyasiga (n0) va temperaturaga bog’liqdir. Zanjirning bir qismi uchun chiqarilgan
(1)
Om qonuni elektrolitlar uchun ham to’g’ridir.
Elektrolitlar uchun differencial ko’rinishdagi Om qonuni quyidagi ko’rinishda yoziladi. ; bu erda -elektrolitning solishtirma elektr o’tkazuvchanligi, -ionlar koncentraciyasi, U+ va U- - musbat va manfiy ionlarning harakatchanligi.
O’tkazgichning qarshiligi
(2)
(2) dan solishtirma qarshilik  ni topamiz
. (3)
Shunday qilib, elektrolitga tushirilgan elektrodlarning ko’ndalang kesim yuzasi S ni, elektrodlar orasidagi masofa L ni va elektrodlar orasidagi elektolitning qarshiligini topsak, uning solishtirma qarshiligini ham aniqlash mumkin bo’ladi. Elektrolitlarning qarshiligini aniqlashda, o’zgarmas tok bilan ishlaydigan ko’prik ishlatilmasdan o’zgaruvchan tok bilan ishlaydigan Kol’raush ko’prigi ishlatiladi. Kol’raush ko’prigida o’zgaruvchan tok ishlatilishi bizga signal o’zgarishini telefonda eshitishga yoki uni oscillografda ko’rishga imkon beradi.
Kol’raush ko’prigini o’zgaruvchan tok bilan tovush generatori tahminlaydi. Rx-qarshiligi topilishi kerak bo’lgan suyuqlik va oscillograf 2-rasmda tasvirlangan sxema asosida bir-biriga ulanadi. CD dan o’zgaruvchan tok o’tganda oscillografda sinusoidal signal ko’rinadi.


2-rasm
O’zgarmas tok ko’prigida qanday ishlangan bo’lsa, Kol’raush ko’prigida ham shunday isul bilan ishlanadi, ammo o’zgarmas tok ko’prigida gal’vanometr strelkasini nolda saqlashga harakat qilinsa, Kol’raush ko’prigida esa oscillografdagi sinusoidal signal amplitudasini kamaytirib, uni to’g’ri chiziqqa aylanishiga erishiladi. Buning uchun qarshiliklar magazinidan ixtiyoriy Rm qarshilik tanlab olinadi va D kontaktni chap va o’ngga suriladi va oscillografdagi signalni minimal bo’lishiga erishiladi. Elektrolitning umumiy qarshiligi o’zgarmas tok ko’prigi uchun
(4)
bo’ladi, so’ngra elektrolitning o’rtacha S yuzini va ular orasidagi L masofani bilgan holda elektrolitning solishtirma qarshiligi quyidagi formuladan topiladi:
(5)
(4) ni hisobga olib (5) ni boshqa yozish mumkin.
(6)
(6) ishchi formula hisoblanadi. Elektrolitning solishtirma qarshiligi shu formula bilan hisoblanadi.



Download 9,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish