O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
«FIZIKA» kafedrasi
FIZIKADAN LABORATORIYA
ISHLARI UCHUN METODIK
KO’RSATMALAR
(Еlektr va magnetizm)
FARG’ONA - 2004.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
«FIZIKA» kafedrasi
FIZIKADAN LABORATORIYA ISHLARI
UCHUN METODIK KO’RSATMALAR
(Еlektr va magnetizm)
Farg’ona - 2004.
Ushbu ko’rsatmada elektr va magnetizmga oid 14 ta laboratoriya ishini bajarish uchun metodik ko’rsatmalar berilgan. Har bir laboratoriya ishida fizik hodisaning qisqacha nazariyasi, asbob va qurilmalarning bayoni, olingan natijalarni ishlab chiqish yo’li va o’zlashtirilgan nazariy va amaliy bilimni tekshirib ko’rish uchun sinov savollar berilgan.
Mazkur ko’rsatma 1984 yilda nashr qilinganidan farq qiladi. 1988 yilda o’quv programmasi yangilanganligi munosabati bilan bu yangi ko’rsatma qo’shimcha laboratoriya ishlari bilan boyitildi va oldingi ko’rsatmada berilgan ishlar ham qayta ko’rib chiqildi.
Ko’rsatma kafedra umumiy yig’ilishida muhokama qilinib, tipografik yo’l bilan ko’paytirishga qaror qilingan.
Ko’rsatmani energetika fakulteti metod birlashmasi ham maqullagan.
Tuzuvchilar: dosent Toxirov Q.
dosent Tadjiboev M.
Demak, biror kattalikni o’lchashga kirishishdan oldin, shu ishda ishlatiladigan asboblar yordamida erishilishi mumkin bo’lgan aniqlik chegaralarini topib qo’yish zarur ekan. Buning uchun asboblarni sinchiklab o’rganish, har bir asbobning aniqligini alohida topish kerak.
Eng oxirgi natijani aniqligini oshirish uchun, har qanday fizik o’lchashlarni bir martagina emas, balki tajriba o’tkazilayotgandagi sharoitni o’zgartirmay turib, bir necha marta takrorlash lozim.
Haqiqatdan ham yuqorida aytib o’tganimizdek o’lchash natijasini topishda biz hamma vaqt ozmi-ko’pmi xato qilamiz, bu xatoliklar ikki sababga ko’ra yuz berishi mumkin, shuning uchun ham bu xatolar ikki gruppaga xamma vaqt bo’ladigan (sistematik) xatolarga va tasodifiy xatolarga bo’linadi. Sistematik xatolar o’lchov asboblarining buzuqligi, o’lchash usulining noto’g’riligi yoki kuzatuvchining biror xato qilib qo’yishi natijasida yuz beradi, ravshanki o’lchashni bir necha marta takrorlash, bari bir bu xatolarning ta’sirini kamaytirmaydi, bu xatolarni yo’qotish uchun o’lchash usulining o’ziga tanqidiy ko’z bilan qaray bilish, asboblarga yaxshi qarab turish va ishni bajarishning praktikada yaratilgan qoidalariga qattiq rioya qilish kerak. Tasodifiy xatolar esa tajriba o’tkazuvchi har qanday kishining xisoblash vaqtida mutlaqo ixtiyorsiz qilib qo’yishi mumkin bo’lgan xatosi natijasida vujudga keladi, bu xatolarga bizning sezgi organlarimizning uncha yaxshi takomillashmaganligi va o’lchash vaqtida yuz beradigan oldindan e’tiborga olinishi mumkin bo’lmagan boshqa ko’pgina xollar sabab bo’ladi. Shuning uchun ham juda ko’p o’lchash natijarining o’rta arifmetik qiymati, o’lchash natijaraining xar qaysidan ko’ra o’lchanayotgan xatolikning xaqiqiy qiymatiga yaqinroq bo’ladi.
Fizikaning «Elektr va magnetizm» bo’limidan o’rganiladigan laboratoriya ishlari «Mexanika va molekulyar fizika» bo’limidan keyin o’rganilgani uchun, biz bu o’lchash xatoliklari to’g’risida tushuntirish bermadik, chunki bu tushuntirishlar xaqida sizlar ilgari tanishgansizlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |