G’ALTAKNING INDUKTIVLIGINI ANIQLASH.
Kerakli asboblar: kichik transformator, to’g’rilagich, aktiv qarshiliklarni o’lchash uchun ommetr yoki avometr, 100 mAli o’zgaruvchan tok milliampermetri, voltmetr.
NAZARIY QISM.
Ma’lumki tokli o’tkazgich atrofida magnit maydon hosil bo’ladi. Kuchliroq magnit maydon hosil qilish uchun bir necha sim o’ramlardan iborat g’altakdan foydalaniladi. O’ramlardan tok o’tganda g’altak ichida va uning atrfida magnit maydon hosil bo’ladi. G’altakning ichidagi magnit maydon tashqaridagiga qaraganda ancha kuchli bo’ladi, chunki g’altak ichida magnit indukciya chiziqlari zich joylashgan (1-rasm).
1-rasm
G’altakning magnit maydonini kuchaytirish uchun uning ichiga temir o’zak kiritiladi. Bu temir o’zak tokning maydonini bir necha marta kuchaytiradi
. (1)
G’altak hosil qilgan magnit indukciya oqimi, undan o’tayotgan tok kuchiga to’g’ri proporcional:
Ф=LI (2)
Bu formuladagi L–g’altakning induktivligi deyilib, u o’ramlar soni n ning kvadratiga, g’altakning ko’ndalang kesim yuzasi S ga, temir o’zakning magnit sindiruvchanligi ga va g’altak uzunligi ga bog’liq, ya’ni:
(3)
Induktivlik birligi qilib Genri (Gn) qabul qilingan. 1 Gn deb, 1 amper tok oqqanda 1 Veber magnit indukciya oqimi hosil qiladigan g’altakning induktivligiga aytiladi.
Agar g’altakdan o’zgaruvchan tok o’tsa, uning atrofidagi magnit maydoni ham o’zgarib turadi. Bu o’zgaruvchan magnit maydoni g’altakda o’zindukciya E.YU.K ni hosil qiladi. O’zindukciya E.YU.K ning kattaligi tokning o’zgarish tezligiga va g’altak induktivligiga to’g’ri proporcional :
2-rasm
Bu o’zindukciya E.Yu.K o’zindukciya tokini paydo qiladi. O’zindukciya toki doimo o’zining hosil qilgan tokning o’zgarishiga qarshilik ko’rsatadi. O’zindukciya toki kalit ulanganda tokning maksimal qiymatga erishishini, kalit uzilganda esa to’kni to’xtashini biroz kechiktiradi. Bunday bo’lishini 2-rasmdagidek sxemada ko’rish mumkin.
Sxemadagi K-kalit ulanganda o’zindukciya tufayli L1 lampochka L2 ga qaraganda kechikib yonadi, kalit uzilganda ham L1 lampochka kechikib o’chadi. G’altakning induktivligi qancha katta bo’lsa, o’zindukciya hodisasi ham yaxshi sezilarli bo’ladi. G’altkning induktivligini yuqoridagi (2) formula bilan ham hisoblab topish mumkin. Biz mazkur laboratoriya ishida induktivlikni tajribada aniqlash usullaridan birini ko’rib o’tamiz. Bu usul g’altak aktiv qarshilikdan tashqari induktiv qarshilik hosil qilishiga asoslangan. Induktiv qarshilik g’altakning induktivligiga va g’altakdan o’tayotgan tokning chastotasiga to’g’ri proporcional.
Ya’ni, (4)
G’altakning to’la qarshiligi
(5)
formula bilan ifodalanadi. (4) va (5) tenglikdan indukciya L ni topish mumkin.
(6)
Do'stlaringiz bilan baham: |