a) b) v)
13.11-shakl
Agar aylanish o‘qi yasovchi aylaning markazidan o‘tganda shar sirti hosil bo‘lar edi, bu holda to‘rtinchi tartibli sirt ikkinchi tartibli sirtga aylanar edi.
YUqorida aytilgan sirtlardan tashqari quyidagi boshqa sirtlar ham mavjuddir. Jumladan, ochiq elliptik tor, giperboloik tor, parabolik tor, globoid sirt, katenoid sirt, psevdosferik sirt va sikloid sirtlar.
13.2. Konus sirtlar
Konus sirti S nuqtadan o‘tuvchi a yasovchi to‘g‘ri chiziqni yunaltiruvchi d egri chiziq bo‘ylab uzluksiz sirpanib harakat qilishi natijasida hosil bo‘ladi (13.12-shakl).
a) b)
v) g)
13.12-shakl
Konus sirtining chizmada g yunaltiruvchi egri chiziq va S uchining proeksiyalari bilan beriladi. A(A1,A2) nuqta konus sirtga tegishli bo‘lsa, u holda bu nuqtadan mazkur sirtning to‘g‘ri chiziqli yasovchisi o‘tadi.
To‘g‘ri chiziqli yasovchilarning to‘plami konus sirtining uzluksiz karkasini ifodalaydi. Konus sirtning uchi hamda uning to‘g‘ri chiziqli yasovchilarini kesib o‘tgan tekislik orasidagi chegaralangan yopiq qismiga konus deyiladi. Konus sirtning tekislik bilan kesilgan qismiga konusning asosi deyiladi.
Konus o‘qiga perpendikulyar tekislik bilan kesilgan kesim yuza uning normal kesimi deyiladi.
Normal kesimi aylana bo‘lgan konus doiraviy konus (13.12,b-shakl), normal kesimi ellips bo‘lgan konus elliptik konus (13.12,g-shakl) deyiladi.
Agar konus o‘qi konus asosi deb qabul qilingan tekislikka og‘ma bo‘lsa, u holda bu konus og‘ma konus deb ataladi. 13.12,b-shaklda asosi ellipsdan iborat bo‘lgan og‘ma konus tasvirlangan.
13.3. Silindr sirtlar
YAsovchi a to‘g‘ri chiziqni biror S yo‘nalishga parallel holda yo‘naltiruvchi g egri chiziq bo‘ylab uzluksiz harakatlantirilishi natijasida silindr sirti hosil bo‘ladi (13.13-shakl).
YAsovchi to‘g‘ri chiziqlar to‘plami silindr sirtining uzluksiz karkasini hosil qiladi. Sirtda yotgan barcha nuqtalardan yasovchi to‘g‘ri chiziqlar o‘tadi.
Silindr yasovchilariga perpendikulyar tekislik bilan kesilganda hosil bo‘lgan yuza silindrning normal kesimi deyiladi. Normal kesimning shakli aylanadan iborat bo‘lsa, bu silindr doiraviy silindr (13.14-shakl), ellipsdan iborat bo‘lsa elliptik silindr (13.15-shakl) deyiladi. Parabolik silindrning normal kesimi paraboladan iborat (13.16-shakl). Giperbolik silindrning normal kesimi esa giperboladan iborat bo‘ladi.
Agar normal kesim silindrning asosi deb qabul qilinsa, u to‘g‘ri silindr deyiladi (13.14, 13.15, 13.16-shakllar).
Agar og‘ma kesim silindrning asosi sifatida qabul qilinsa, uni og‘ma silindr deyiladi. (13.13- va 13.17-shakllar).
Do'stlaringiz bilan baham: |