Geometrik sirtning dimetrik proeksiyasi. Kompleks chizmada balandligi z ga teng bo‘lgan kesik konus berilgan (9.7-shakl). Konus profil tekislik bilan kesilgan. Kesim yuzasi giperboladan iborat.
Kesik konusning dimetrik tasviri uning pastki va yuqoridagi asoslarining proeksiyalarini qurishdan boshlanadi. Ovallarning kichik o‘qlari Oz o‘qiga perpendikulyar yo‘nalishda joylashgan. Ularning o‘lchamlari tegishli aylananalarning diametrlaridan (d – pastki asos, d1 – yuqori asos) aniqlanadi. SHundan so‘ng, konusning profil tekislik bilan kesishgan yuzasi – giperbola quriladi. Profil tekislik konus asosini Ou o‘qiga parallel bo‘lgan xA uzunlikdagi to‘g‘ri chiziq bo‘ylab kesadi.
Giperbolaning dimetrik proeksiyasi ortogonal proeksiyasidagi A, B, C va D nuqtalar yordamida quriladi. Keltirilgan o‘zgarish koeffitsientlariga (u=w=1, v=0,5) binoan, x va z o‘qlari bo‘yicha haqiqiy o‘lchamlar, u o‘qi bo‘yicha yarim o‘lcham qiytmatlari qo‘yiladi.
9.7-shakl
Topilgan (A', B', C', D'...) nuqtalar silliq qilib tutashtiriladi. Tasvirni qurish ellipslarga o‘tkazilgan urinma chiziqlarni qurish bilan yakunlanadi. Pastki asosning ko‘rinmas qismlari shtrix chiziq bilan chiziladi.
Mustahkamlash uchun savollar
To‘g‘ri burchakli izometriya o‘qlari qanday joylashgan? To‘g‘ri burchakli izometriyada haqiqiy va keltirilgan o‘zgarish koeffitsientlari qanday?
Standart to‘g‘ri burchakli izometriyaning masshtabi qanday?
To‘g‘ri burchakli dimetriya o‘qlari qanday joylashgan? To‘g‘ri burchakli dimetriyada haqiqiy va keltirilgan o‘zgarish koeffitsientlari qanday?
Standart to‘g‘ri burchakli dimetriyaning masshtabi qanday?
ADABIYOTLAR
Bubennikov A.V. Nachertatelnaya geometriya. - M. : Vыsshaya shkola, 1985.-288 s.
Gordon V.O., Semensov-Ogievskiy M.A. Kurs nachertatelnoy geometrii. - M.: Nauka, 1988. -272b.
Murodov SH. Xakimov L., Odilov P., SHomuradov A.U., Jumaev M. CHizma geometriya kursi. - Toshkent.: O‘qituvchi, 1988.-363s.
Xorunov R. CHizma geometriya kursi. -Toshkent: O‘qituvchi, 1974.- 430b
Qirg‘izboev YU. CHizma geometriya.- Toshkent: O‘qituvchi, 1972.-359b.5
Alijonov O.I, Xolmurzaev A.A. «Muxandislik grafikasi», Farg‘ona 2005
CHekmaryov A.A. «Nachertatelnaya geometriya i cherchenie» Moskva 2002
Alijonov O.I., Xolmurzaev A.A., O‘rinboev A.A. «CHizma geometriyadan muammoli maruza matnlari» Farg‘ona 2003y.
128, 1, 126, 3, 124, 5, 122, 7, 120, 9, 118, 11, 116, 13, 114, 15, 112, 17, 110, 19, 108, 21, 106, 23, 104, 25, 102, 27, 100, 29, 98, 31, 96, 33, 94, 35, 92, 37, 90, 39, 88, 41, 86, 43, 84, 45, 82, 47, 80, 49, 78, 51, 76, 53, 74, 55, 72, 57, 70, 59, 68, 61, 66, 63
64, 65, 62, 67, 60, 69, 58, 71, 56, 73, 54, 75, 52, 77, 50, 79, 48, 81, 46, 83, 44, 85, 42, 87, 40, 89, 38, 91, 36, 93, 34, 95, 32, 97, 30, 99, 28, 101, 26, 103, 24, 105, 22, 107, 20, 109, 18, 111, 16, 113, 14, 115, 12, 117, 10, 119, 8, 121, 6, 123, 4, 125, 2, 127
Do'stlaringiz bilan baham: |