Shveytsariya maktablari o‘quvchilarga ingliz-amerika, fransuz, nemis, shveytsar, italiyan ta’lim tizimidan istalgan birida o‘qish imkoniyatini taqdim etishi bilan ajralib turadi. Maktablarda darslar oliy o‘quv yurtlarida yuqori baholanadigan International Baccalaureate universal xalqaro dasturi asosida o‘tiladi. O‘qish davomida bolalarga mahalliy tildan tashqari, kamida yana 2 ta xorijiy til o‘rgatiladi. Yuqori sifatli ta’lim tizimi bilan jahonda yetakchilik qilayotgan Shveytsariya maktablarining barchasi o‘quvchilarni dunyoning istalgan oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kirishga tayyorlash imkoniyatiga ega. Bu yerdagi bilim maskanlarida o‘g‘il-qizlarning yayrab o‘qishi uchun barcha sharoit muhayyo. Maktablarda eng zamonaviy jihozlar, sport anjomlarini ko‘rasiz. O‘quvchilar qishda xokkey, snoubord, tog‘ chang‘i sport turlari, yozda esa tog‘larda yurish, kemada suzish, ot minish kabi qiziqarli mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanib, darslardan tashqari vaqtini maroqli o‘tkazadi. - Shveytsariya maktablari o‘quvchilarga ingliz-amerika, fransuz, nemis, shveytsar, italiyan ta’lim tizimidan istalgan birida o‘qish imkoniyatini taqdim etishi bilan ajralib turadi. Maktablarda darslar oliy o‘quv yurtlarida yuqori baholanadigan International Baccalaureate universal xalqaro dasturi asosida o‘tiladi. O‘qish davomida bolalarga mahalliy tildan tashqari, kamida yana 2 ta xorijiy til o‘rgatiladi. Yuqori sifatli ta’lim tizimi bilan jahonda yetakchilik qilayotgan Shveytsariya maktablarining barchasi o‘quvchilarni dunyoning istalgan oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kirishga tayyorlash imkoniyatiga ega. Bu yerdagi bilim maskanlarida o‘g‘il-qizlarning yayrab o‘qishi uchun barcha sharoit muhayyo. Maktablarda eng zamonaviy jihozlar, sport anjomlarini ko‘rasiz. O‘quvchilar qishda xokkey, snoubord, tog‘ chang‘i sport turlari, yozda esa tog‘larda yurish, kemada suzish, ot minish kabi qiziqarli mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanib, darslardan tashqari vaqtini maroqli o‘tkazadi.
Boshlang‘ich va o‘rta maktablar turli kichik ma’muriy bo‘linmalarga bo‘ysungani bois, barcha maktablar uchun yagona majburiy dastur mavjud emas. 26 ta bo‘linmaning har biri maktablarda o‘quvchilarni o‘z o‘quv rejasi asosida o‘qitadi. Matura deb nomlanuvchi Shveytsariya federal dasturi esa ayrim tanlangan maktablargagina tavsiya etiladi. Xorijliklarning aksariyati farzandlarini Shveytsariyadagi xususiy maktablarda o‘qitadi. Ammo hukumat tomonidan moliyalashtiriladigan davlat maktablari ham ta’lim sifati borasida xususiy maktablardan qolishmaydi. Shunchaki, davlat maktablari hududida bolalarning yashab o‘qishi uchun yotoqxonalar yo‘q. Shu bois, ularda xorijliklar, asosan, mamlakatda uzoq vaqt yashovchi diplomatlar, xalqaro tashkilotlar a’zolarining farzandlari tahsil oladi. - Boshlang‘ich va o‘rta maktablar turli kichik ma’muriy bo‘linmalarga bo‘ysungani bois, barcha maktablar uchun yagona majburiy dastur mavjud emas. 26 ta bo‘linmaning har biri maktablarda o‘quvchilarni o‘z o‘quv rejasi asosida o‘qitadi. Matura deb nomlanuvchi Shveytsariya federal dasturi esa ayrim tanlangan maktablargagina tavsiya etiladi. Xorijliklarning aksariyati farzandlarini Shveytsariyadagi xususiy maktablarda o‘qitadi. Ammo hukumat tomonidan moliyalashtiriladigan davlat maktablari ham ta’lim sifati borasida xususiy maktablardan qolishmaydi. Shunchaki, davlat maktablari hududida bolalarning yashab o‘qishi uchun yotoqxonalar yo‘q. Shu bois, ularda xorijliklar, asosan, mamlakatda uzoq vaqt yashovchi diplomatlar, xalqaro tashkilotlar a’zolarining farzandlari tahsil oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |