Shveytsariya maktablari o‘zaro raqobat asosida yanada rivojlanadi. Mamlakatdagi maktablar “Shveytsariyada xalqaro ta’lim” guruhiga kirish uchun bor kuchini ishga soladi. Chunki bu guruhdan ta’lim sifati yuqori bo‘lgan eng mashhur maktablargina o‘rin oladi. Shveytsariyada 120 ta kollej bor. Ularning aksariyati tor mutaxassislikka yo‘naltirilganiga qaramay, yoshlarga professional ta’lim beradi. O‘qish muddati 3-4 yildan iborat bo‘lgan kollejlarda, asosan, ish faoliyatida zarur bo‘ladigan hisobchilik, kotibalik va mehmonxona ishlari o‘qitiladi. Kollejni tamomlaganlar ixtiyoriy tarzda o‘qishni oliy o‘quv yurtlarida davom ettirishi mumkin.

Shveytsariya oliy ta’limining eng kuchli jihati amaliyotga yo‘nalganligidir. Bu yerdagi davlat universitetlari aniq fanlar va huquq sohasida o‘qitish bo‘yicha mashhur. Shveytsariyadagi birinchi universitetga 1460-yili Bazelda asos solingan bo‘lib, bugun mamlakatda 12 ta davlat va bir qancha xususiy oliy o‘quv yurtlari mavjud. Universitetda talabalar tanlagan fakultet va mutaxassisligiga ko‘ra 4-6 yil davomida tahsil oladi. Aytish joizki, Shveytsariyada boshqa Yevropa mamlakatlari va Amerikadagi kabi gigant universitetlar yo‘q. Mamlakatdagi eng katta universitet Syurixda bo‘lib, unda 20 ming talaba o‘qiydi. Qolgan universitetlarda esa talabalar soni undan bir necha barobar kam. Bu yerda bir qancha xalqaro xususiy universitetlarning filiallari ham mavjud. Ularni tamomlagan bitiruvchilarga litsenziat darajasi beriladi. U maqomiga ko‘ra magistr darajasiga teng. Doktorlik darajasini olish uchun esa yana 3 yil o‘qish kerak. Shveytsariya xizmat ko‘rsatish sohasini ilm-fan darajasiga aylantira olgan yagona davlat sanaladi. Bu fanni hatto magistr darajasigacha davom ettirish mumkin. Mamlakatda dunyodagi eng yaxshi mehmonxona menejmenti va turizm institutlari mavjud. Ularda turizm, boshqaruv, mehmonxona biznesida marketing va moliya, kurort va ko‘ngilochar komplekslarni boshqarish, spa-mehmonxonalarni rivojlantirish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi. Sir emaski, mehmonxona biznesini boshqarish allaqachon istiqbolli va serdaromad sohalardan biriga aylangan. Shveytsariya esa mehmonxona biznesining markazi hisoblanadi. Bu yerda sayyohlarga yuqori darajada xizmat ko‘rsatish uchun barcha sharoitlar muhayyo. Mamlakatning ajoyib iqlimi va so‘lim tabiatining o‘ziyoq xorijlik sayyohlar oqimining hamisha yuqori bo‘lishini ta’minlaydi. Biznes sohasi rivojlangani bois, mamlakatda biznes-maktablar maqomi ham juda yuqori. Bu yerda abituriyentlarga 1 yillik o‘rta ta’lim dasturi MBA hamda 2 yildan 4 yilgacha davom etadigan bakalavr bosqichida o‘qish taklif etiladi.