Bugun Shveytsariyadagi xususiy maktablarning aksariyati o‘zining katta hududiga ega bo‘lib, unda o‘quv binosi va yashash uchun qarorgohdan tashqari, sport maydonlari, usti yopiq sport komplekslari hamda boshqa ko‘ngilochar maskanlar yaratilgan. Bu yerda bolalar darslardan so‘ng ilmiy laboratoriyalarda qo‘shimcha mashg‘ulotlar olib borishi, bo‘sh vaqtida musiqa chalib, qo‘shiq aytishi, dramatik san’at turlari bilan mashg‘ul bo‘lishi mumkin. Mamlakatda ayniqsa, sportga katta e’tibor qaratiladi. Har bir maktabda futbol, regbi, kriket, tennis, chim ustida xokkey sport turlari uchun maxsus maydonlar ajratilgan. Shuningdek, bolalar bo‘sh vaqtini yanada mazmunli o‘tkazishi uchun maktablar tomonidan Italiya va Fransiyaga bepul ekskursiyalar ham tashkil etiladi. Shveytsariyadagi maktablarda yashash ham ancha qulayligi bilan boshqa davlatlarnikidan ajralib turadi. Bu yerda har bir o‘quvchi alohida xonalarda yashaydi. 2 kishilik xonalarni kamdan-kam uchratish mumkin. Xususiy maktablarning aksariyati tog‘ yonbag‘irlarida joylashgani bois, bir qarashda sihatgohni eslatadi. Aslida, har bir bolaga bo‘lgan alohida e’tibor hamda o‘quvchilarga beriladigan 5 mahal ovqat hech bir sanatoriynikidan qolishmaydi. Maktablar rahbariyati Shveytsariyaning go‘zal manzarasidan hamisha unumli foydalanadi. Bu yerda aksariyat darslar so‘lim tabiat bag‘rida o‘tiladi. Ayniqsa, amaliy fanlarni o‘tish uchun bu ayni muddao. - Bugun Shveytsariyadagi xususiy maktablarning aksariyati o‘zining katta hududiga ega bo‘lib, unda o‘quv binosi va yashash uchun qarorgohdan tashqari, sport maydonlari, usti yopiq sport komplekslari hamda boshqa ko‘ngilochar maskanlar yaratilgan. Bu yerda bolalar darslardan so‘ng ilmiy laboratoriyalarda qo‘shimcha mashg‘ulotlar olib borishi, bo‘sh vaqtida musiqa chalib, qo‘shiq aytishi, dramatik san’at turlari bilan mashg‘ul bo‘lishi mumkin. Mamlakatda ayniqsa, sportga katta e’tibor qaratiladi. Har bir maktabda futbol, regbi, kriket, tennis, chim ustida xokkey sport turlari uchun maxsus maydonlar ajratilgan. Shuningdek, bolalar bo‘sh vaqtini yanada mazmunli o‘tkazishi uchun maktablar tomonidan Italiya va Fransiyaga bepul ekskursiyalar ham tashkil etiladi. Shveytsariyadagi maktablarda yashash ham ancha qulayligi bilan boshqa davlatlarnikidan ajralib turadi. Bu yerda har bir o‘quvchi alohida xonalarda yashaydi. 2 kishilik xonalarni kamdan-kam uchratish mumkin. Xususiy maktablarning aksariyati tog‘ yonbag‘irlarida joylashgani bois, bir qarashda sihatgohni eslatadi. Aslida, har bir bolaga bo‘lgan alohida e’tibor hamda o‘quvchilarga beriladigan 5 mahal ovqat hech bir sanatoriynikidan qolishmaydi. Maktablar rahbariyati Shveytsariyaning go‘zal manzarasidan hamisha unumli foydalanadi. Bu yerda aksariyat darslar so‘lim tabiat bag‘rida o‘tiladi. Ayniqsa, amaliy fanlarni o‘tish uchun bu ayni muddao.
Do'stlaringiz bilan baham: |