Universitetlar o‘qish dasturiga har yili 4-6 oy davomida o‘tiladigan malaka oshirish ham kiritilgan bo‘lib, talaba amaliyot o‘tash uchun ish joyini Shveytsariya yoki boshqa Yevropa mamlakatlari orasidan tanlashi mumkin. Jarayonda yosh mutaxassislar ishga rasman qabul qilinadi va ularga yashash xarajatlarini qoplashga yetarli bo‘lgan oylik maosh to‘lanadi. Shveytsariya universitetlariga o‘qishga topshirishdagi qoidalar oliy o‘quv yurtining qaysi ma’muriy bo‘linmada joylashgani va nomdorlik darajasiga ko‘ra belgilanadi. Xorijlik abituriyentlardan olinadigan yagona imtihon sentabr-oktabr oylarida o‘tkaziladi. Unda talabalikka nomzodlar uchta asosiy — chet tili, matematika va tarix hamda tanlov asosida ikkita qo‘shimcha fandan imtihon topshiradi. Ammo universitetlarning tibbiyot fakultetlariga xorijlik talabalar deyarli qabul qilinmaydi. Chunki mamlakatda bu soha ancha ommalashgan bo‘lib, joylarni mahalliy talabalarning o‘zi band etishiga imkoniyat yaratilgan. Farmakologiya, fiziologiya va stomatologiya mutaxassisliklari uchun ajratilgan o‘rinlar ham faqat shveytsariyalik talabalarga beriladi. Aytgancha, Shveytsariyada abituriyentlarni baholashda aniq mezonlar mavjud emas va har bir oliy o‘quv yurti bu masalaning yechimini o‘zi hal etadi.