salomatligiga salbiy ta’sir ko'rsatadi. O'z davrida D. I. Mendeleyev ham
(1859- y) „Ishlab chiqarish xabarchisi" nomli jurnalda bosilib chiqqan
„Tutunning kelib chiqishi va unga qarshi kurash" maqolasida tutunning
zararli ta’sirlari haqida yozgan edi. Shuningdek, tutunning hosil bo'Iish
sababi yonilg'iga oksidlovchining yetishmagani va natijada yonilg'ining ko'p
qismi isrof bo'lib havoga tutab chiqishi aytilgan edi. Ana shu zararli tomonini
oldini olish imkoniyati quyidagilardan iborat:
a) haydovchi mashinani yurgizishdan awal uning karbyuratorini tozalashi
lozim, bunda atmosferaga chiqadigan zararli gazlar 50% ga kamayadi;
b) ma’lumki, mashinalar keskin tormoz berib to'xtaganda ko'p gaz
chiqaradi, uni kamaytirish maqsadida tezlikni asta-sekin kamaytirib to'xtash
Do'stlaringiz bilan baham: |