Pul mablag‘lari – kassadagi, yo‘ldagi va banklardagi milliy va chet el valyutalari.
Pul ekvivalentlari – pulli cheklar, yo‘llanmalar, chiptalar, talonlar, markalar va boshqalar.
Olinadigan schyotlar - boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning korxona oldidagi debitorlik qarzlari.
Barcha xo‘jalik aktivlar korxonada yuritiladigan buxgalteriya hisobining muhim ob’ektlari hisoblanadi, ularni har birining holati, ko‘payishi va kamayishi buxgalteriya hisobida hujjatli asosda aks ettiriladi. Buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida korxona aktivlari boshqariladi, tahlil etiladi va nazorat qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |