TOPSHIRIQ-3 . Berilgan so‘zlarni holat, payt, o‘rin, miqdor-daraja ravishlariga ajratishga harakat qiling. Astoydil, birin-ketin, bafurja, qalban, ertalab, saharlab, ataylab, atayin, qat’iyan, qishin-yozin, qisman, bexosdan, ichkari, tashqari, olg‘a, ko‘p, oz.
TOPSHRIQ-4.Gaplarni o‘qing, o‘rin ravishlarini aniqlang!!!
1. Bizga yaqinlashmadi, lekin nariroqda turib ish o‘rgatib, bularga baqirib turdi. 2. — Ichkariga kiring, bir piyola choy iching, — dedi uy egasi. 3. Oldiga dasturxon yozibdi, kechqurun palov qilib olib chiqibdi. 4. Bir chaqirim ichkariga kirib borganimizdan keyin tepada teshik ko‘rindi. 5. Oldimdan bir uy chiqib qoldi, jon holatda unga o‘zimni urdim. 6. Uzoqdan bir ayol kela boshlabdi. Cholning yoniga kelib salom beribdi.
Ravish yasalishi. Ravish qo‘shimcha qo`shish va so`z qo`shish usuli bilan yasaladi.
Qo`shimcha qo`shish – ravish yasalishining keng tarqalgan usuli. Bu usul bilan yasalgan ravishning asosi quyidagi turkumlarga mansub bo`ladi: 1. Ot: yaxshilikcha, domdaraksiz, do`stona, beixtiyor. 2. Sifat: qat’iyan, mardlarcha, yaxshilab, tiriklay. 3. Son: bittalab. 4. Olmosh: butunlay, o`zicha, yalpisicha. 5. Ravish: ko`pincha, hozircha, ko`plab, keyincha. 6. Fe’l: erkalangansimon, uyalgannamo, to`xtovsiz. 7. Modal: keragicha, boricha.
Qo`shimcha qo`shish orqali ravish yasalishi:
Qo`shimcha
|
Xususiyati
|
Yasalma
|
Asos
|
an:
|
Unumsiz
|
tasodifan, vijdonan, taxminan, fikran, xayolan, ruhan, rasman, qat’iyan, majburan
|
ot,sifat,
modal
|
bar:
|
Unumsiz
|
Barvaqt
|
Ot
|
be:
|
|
beijozat, beixtiyor, bevosita, bedarak, bemalol, betinim, bevaqt
|
Ot
|
iga//siga:
|
|
surunkasiga, nomiga, qatorasiga, uzunasiga, rostakamiga, ko`ndalangiga, tikkasiga, chinakamiga, birdaniga, qanaqasiga, yalpisiga
|
ot, sifat, ravish, olmosh
|
lab:
|
|
oylab, donalab, harflab, haftalab, bo`g`inlab, yaxshilab, bittalab, ko`plab
|
ot, sifat, son, ravish
|
lay/layin:
|
Unumsiz
|
tiriklayin, yoshlayin, butunlay
|
sifat, olmosh
|
larcha:
|
|
qahramonlarcha, bolalarcha, do`stlarcha, otalarcha, vahshiylarcha, mardlarcha, yovvoyilarcha, telbalarcha
|
ot, sifat,
|
ligicha:
|
|
yangiligicha, xomligicha, butunligicha
|
sifat
|
namo:
|
|
hazilnamo; oliftanamo (gerdaymoq), uyalgannamo (yuzini chetga burmoq)
|
ot, sifat, sifatdosh shakl
|
n//in:
|
tarixiy yasalish
|
yozinqishin, oldin; ochinto`qin; ertan, kechin.
|
ot, sifat, ravish
|
ona:
|
|
do`stona, mardona, xolisona, oqilona, fidokorona, itoatkorona
|
ot, sifat
|
siz:
|
yasama so`z sifat, keyin ravishga ko`chgan
|
domdaraksiz, navbatsiz, to`xtovsiz
|
ot, harakat nomi
|
simon:
|
|
hazilsimon, xafasimon, erkalangansimon
|
ot, sifat, fe’lning sifatdosh shakl
|
cha:
|
|
tirnoqcha, qishloqcha, yaxshilikcha, osonlikcha, o`g`rincha (n orttirilgan), o`zbekcha, vaqtincha (in orttirilgan), o`zgacha, boshqacha, yangicha, yashirincha, sizcha, o`zicha, istagancha, ko`pincha (in orttirilgan), hozircha, keyincha, keragicha, boricha
|
ot, sifat, olmosh, fe’lning sifatdosh shakli, ravish, modal
|
chasiga:
|
|
qishloqchasiga, dehqonchasiga, soldatchasiga, yigitchasiga, mo`g`ulchasiga, ochiqchasiga, harbiychasiga
|
ot, sifat
|
chang:
|
Unumsiz
|
mahsichang, ko`ylakchang
|
Ot
|
- aki
|
Unumsiz
|
yodaki, zo`raki
|
ot, sifat
|
Do'stlaringiz bilan baham: |