Ravishning ma’noviy guruhlari. Ravish ma’no jihatidan quyidagi guruhga bo`linadi:
Holat ravishi – Harakat-holatning qanday holdabajarilganligini bildirgan va «qanday?», «qay holda?», «qay tarzda?» so‘roqlariga javob bo‘luvchi ravishlarga holat ravishlari deyiladi. fidoyilarcha, chalqancha(siga), chambarchas, eranqaran, yaxshilikcha, boshdanoyoq, ochiqchasiga, ohista, paydarpay, piyoda, pinhona, surunkasiga, sidirg`asiga, tekin, to`g`ridanto`g`ri, tiriklayin, tikkamatikka, tekinga, to`satdan, tezda, tezlikda, teskarisiga, uzunasiga, boshmabosh, butunisicha, butunligicha, vahshiyona, vijdonan, dabdurustdan, darrov, darhol, daf’atan, zo`rg`a, zimdan, yo`lyo`lakay, ko`rko`rona, nariberi, oldinmakeyin, yangicha, yangitdan, o`zidano`zi, o`zicha, qayta, qat’iyan, qiyg`os, arang, badastir, bekamiko`st, bajonudil, bahuzur, bazo`r, baloday, bamaylixotir, bamaslahat, banogoh, baravariga, baralla, basmabas, bafurja, bahamjihat, bahodirona, beayov, bevosita, bedarak, beijozat, beixtiyor, bekitiqcha, beso`roq, betinim, betmabet, beto`xtov, bexos/bexosdan, bilinarbilinmas, aksincha, bira to`la, birmabir, birvarakay(iga), birga(likda), birdan(iga), birinketin, bosim (ishlamoq), qo`qqisdan.
Darajamiqdor ravishi (harakat va holatni bajarishdagi miqdor-darajani bildiradi, umumiy so`rog`i qancha?): batamom, baqadrihol, baholiqudrat, bag`oyat, birnav’i, beadad, birmuncha, butunlay, bazo`r, deyarli, jilla, jichcha, jinday, juda (ham), zarracha, zinhorbazinhor, mutlaqo, rosa, ozmiko`pmi, ozmuncha, sal, salpal, sira, talay, tegishlicha, yetarlicha, tirnoqcha, xiyol, xiyla, o`lguday, qittak.
O`rin ravishi – Harakat-holatning bajarilish yoki bajarilmaslik o‘rnini bildirgan va «qayer (-ga, -da, -dan)?» so‘rog‘iga javob bo‘luvchi ravishlar o‘rin ravishlari hisoblanadi.O‘rin ravishlariga olg‘a, ichkarida, tashqarida singari so‘zlar kiradi. u yerga (da, dan), bu yerga (da, dan), shu yerga (da, dan), u yoqqa (da, dan), olg`a, o`rtaga (da, dan), hech yoqqa (da, dan), nariberi (surmoq), tashqariga (da, dan), quyiga (da, dan), chapga (da, dan), o`ngga (da, dan).
Payt ravishi: tongla, uzzukun, umrbod, undabunda, endi, erta, ertalab, ertaindin, ertaindin, erta-yu kech, eskidan, yaqinda, o`qtino`qtin, qadimdan, hali, halitdan, haliberi, hozir, hamisha, hamon, hanuz, avval, ahyonahyonda, bugun, barvaqt, ba’zan, ba’zida, birpas, boya, bultur, vaqtincha, gohida, goho, dastavval, dastlab, doim/doimo, ilalabad, ilgari, indinga (da, dan), keyin, kechakunduz, kechasi, kunduzi, mangu, muqaddam, mudom, orasira, oxiri, ondasonda, so`ng//so`ngra,
Do'stlaringiz bilan baham: |