Shohjahon normurodov


TOPSHIRIQ-5. Gumon olmoshlarining tagiga chizing



Download 280,49 Kb.
bet67/132
Sana03.04.2022
Hajmi280,49 Kb.
#526032
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   132
Bog'liq
ONA TILI SH NORMURODOV SUPER 2 автовосстановление

TOPSHIRIQ-5. Gumon olmoshlarining tagiga chizing.
1. Pochchamdan dasturxonni olib qoqish uchun gilosning yonidan o‘tarmanmi, allanima baloga turtinib ketdim. (Abdulla Qahhor) 2. Shorahim ko‘z yoshidan hech narsani ko‘rmay, allanimalar deb g‘udrandi.
(O. Yoqubov) 3. Allaqayerdan oyim paydo bo‘ldi. (O‘. Hoshimov) 4. Aniq yili esimda yo‘q, Allaqaysi
zamonda Bir qishloqda ota-o‘g‘il Yashar ekan omonda. (A.Oripov) 5. Hovlida allakimning qorasi ko‘rindi. (Oybek) 6. Qaysidir yili, aniq esimda yo‘q, qish juda erta keldi. (Qo‘chqor Norqobil) 7. Bu yigitning nimasidir unga rahmatli otasini eslatardi. (Farid Usmon) 8. Birovning aybini senga aytgan sening
aybingni ham birovga aytadi. (Maqol)
OLMOSHLARNING TUZILISHIGA KO‘RA TURLARI
Olmoshlar tuzilishiga ko‘ra sodda, qo‘shma, juft va takroriy bo‘ladi.
1.SODDA OLMOSHLAR – Faqat bir asosdan iborat bo‘lgan olmoshlar sodda olmoshlardir: Kim?, nima?, hamma, barcha singari tub olmoshlar, kimdir, qaysidir, allakim, allaqanday singari yasama olmoshlar sodda olmoshlardir.
2.QO‘SHMA OLMOSHLAR – ikki asosdan tashkil topgan olmoshlar qo‘shma olmoshlar hisoblanadi. Hech kim, hech qachon, har bir, har kim, mana shu, ana o‘sha kabi olmoshlar qo‘shma olmoshlardir.
Sodda olmosh qismlari qo‘shib, qo‘shma olmosh qismlari esa ajratib yoziladi.
3.JUFT OLMOSHLAR – Bir-biriga mazmunan yaqin bo‘lgan olmoshlarning birikuvidan hosil bo‘lgan olmoshlar juft olmoshlar sanaladi: sen-men, u-bu, siz-biz.
4.TAKRORIY OLMOSHLAR – Bir olmoshning aynan takrorlanishidan hosil bo‘lgan olmoshlar takroriy olmoshlar hisoblanadi: shu-shu, nima-nima, kim-kim va hokazo.
Juft va takroriy olmoshlar qismlari chiziqcha bilan yoziladi.
Olmoshlar boshqa so‘zlarning yasalishiga asos bo‘lishi mumkin. O‘zboshimcha, o‘zbilarmon, manman kabilar sifat, o‘zidan ketmoq, o‘ziga kelmoq iboralar sanaladi.
ESLATMA: “U” kishilik olmoshi va ko‘rsatish olmoshini ham tarkibida bor. Ularni farqlashda gapninig konteksti va so‘roq muhim ahamiyatga ega.
U” Kishilik olmoshi bo‘lganda gapda KIM? So‘rog‘iga javob bo‘ladi va gapda sifatlovchi aniqlovchidan tashqari boshqa gap bo‘lagi vazifasida keladi.MASALN: U darsga kelmadi.(kim? Ega), Uni kitobi menda qolib ketdi.(kimni? To‘ldiruvchi).
U” ko‘rsatish olmoshi bo‘lganda QAYSI? So‘rog‘iga javob bo‘ladi va gapda sifatlovchi aniqlovchi bo‘lib keladi. MASALAN: U kitob menga juda yoqadi.(qaysi? S.A).

Download 280,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish