YUQORIDA BERILGANLARNI: Xalqaro tashkilot nomlari, Davlat oily tashkiloti va mansablari nomlari, Davlat muassasasi nomlari, Korxona nomlariga ajrating!!!
2)TARIXIY SANA VA BAYRAM NOMLARI – tarixiy sana va bayramlarning nomlari tarkibidagi birinchi so‘z bosh harf bilan yoziladi.
ESLATMA: QUYIDA BERILGANLARNING YOZILISH IMLOSIGA E’TIBOR BERING!!!!
O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi kunlar bayram (dam olish) kunlari deb belgilangan.
1-yanvar — Yangi yil; 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni;
21-mart — Navro‘z bayrami; 9-may — Xotira va qadrlash kuni;
1-sentabr — Mustaqillik kuni; 8-dekabr — Konstitutsiya kuni;
1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni; Ro‘za hayiti;
Qurbon hayiti (kunlari o‘zgarib turadi).
3)SUV HAVZALARI VA INSHOOTLARI NOMLARI - Suv havzalari va inshootlari nomlari
tarkibidagi birinchi so‘z bosh harf bilan yoziladi: Orol, Sangzor, Oqdaryo, Balxash, Issiqko‘l, Chortoqsoy, Zarafshon, So‘x, G‘ovasoy, Katta Farg‘ona kanali, Chordara, Chorvoq, Amu-Buxoro kanali, Qora dengiz, Tuyabo‘g‘iz, Shahrixonsoy va b.
16-DARS TURDOSH OTLAR
Bir turdagi shaxs, narsa, o‘rin-joy, faoliyat-jarayon nomlarini bildiruvchi otlar turdosh otlar
sanaladi. Bu otlar kichik harf bilan yoziladi.
1)Shaxs otlari - «kim?» so‘roq‘iga javob bo‘lib, shaxslarni yoshiga, yashash joyiga, mansab-unvoniga, kasb-koriga, ijtimoiy holatiga, qarindoshlik darajasiga, nasl-nasabiga ko‘ra nomlab keladi. Msalan: Chol, yigit, kampir, qiz, shaharlik, suvchi, xola, amma, zargar. ota, ona, o‘g‘il, shahzoda, professor, rais, dada, ishchi, ijodkor, paxtakor, aravasoz, yo‘lsoz, tilshunos, g‘azalxon, yurtdosh, quroldosh, kaptarvoz, majlisboz, o‘quvchi, boshlovchi, shaharlik, samarqandlik va b.
Shaxs otlarining bir guruhi asosga -chi, -soz, -kor, -xon, -dosh, -boz (-voz), -vchi, -lik qo‘shimchalarini qo‘shish yordamida yasaladi. -vchi qo‘shimchasi i unlisi bilan tugagan fe’llarga qo‘shilganda, I unlisi u shaklida, a bilan tugagan fe’llarga qo‘shilganda, a unlisi o shaklida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi: o‘quvchi. Undosh bilan tugagan fe’llarga -uvchi shaklida qo‘shiladi: quruvchi, suzuvchi.
ESDA TUTING. -lik qo‘shimchasi o‘rin-joy bildiruvchi turdosh va atoqli otlarga qo‘shilib, shaxsning shu hududga mansubligini bildiradi. Atoqli otlarga qo‘shilgan -lik qo‘shimchasi atoqli otni turdosh otga aylantiradi va kichik harf bilan yoziladi: samarqandlik, shaharlik.
TOPSHIRIQ-1 Shaxs otlarini topib, tagiga chizing. So‘ng ularning ma’nolarini izohlang.
1.Uning yaxshi o‘quvchi bo‘lib, to‘rtinchi sinfni «to‘rt» baholarga yakunlayotganidan dadasi bilan onasi, buvisi ham xursand. (O. Olimov) 2. Men o‘qimay turib ham, boshimda shu qadrdon qalpoqcham bor ekan, albatta, agronom ham, injener ham, artist ham bo‘la olaman, deb qattiq ishonar edim.(X.To‘xtaboyev) 3. Hoji buvi qo‘lidan kelgancha dori-darmon qildi, keyin oyim tuzaldi. (O‘. Hoshimov)
TOPSHIRIQ-2 Shaxs otlarini toping, ularning yasalishi va imlosini tushuntiring.
1. Shayxontohurda baqqollar, sartaroshlar, zargarlar juda serob. 2. Aravakash mo‘mingina, muloyim, kamgap kishi. 3. Taqachilar tinmaydi. Ish ko‘p. 4. Uloqchilargina emas, hatto otlar ham bu tortishuvning zavqini anglagandek, shavq bilan chopadi. 5. Jazirama oftob. Baqqollar, nosvoychilar, samovarchilar issiqdan garang. (Oybek).
Do'stlaringiz bilan baham: |