-sh, -ish – harakat nomi bo‘lganda undan so‘ng egalik, kelishik, ko‘plik qo‘shimchalari qo‘shiladi. Men borishim kerak, yozishni o‘rgan.
7) -b, -ib – ravishdosh qo‘shimchasi bo‘lganda ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasini, qo‘shma fe’l, va so‘z birikmasni shakllantiradi.M: o‘qib chiqmoq, sotib olmoq, shoshilib kelmoq.
-b, -ib – o‘tgan zamon qo‘shimchasi bo‘lganda undan so‘ng shaxs-son qo‘shimchasi qo‘shiladi va gapda kesim vazifasida keladi: boribman, kelibsan. Sen bugun darsga boribsan?
ESLATMA: Sifatdoshning -ar qo‘shimchasining bo‘lishsiz shakli -mas va fe’lning bo‘lishsiz shakli -ma ga qo‘shiluvchi kelasi zamon qo‘shimchasi -s ma+s=mas
-mas sifatdosh bo‘lganda sifat kabi otga bog‘lanib keladi va gapda aniqlovchi vazifasida keladi. M: Hozirgi kunda yebto‘ymas odamlar ko‘payib ketdi. Yitari ko‘p yitmasdan oti arzon egardan.
-ma+s= kelasi zamon qo‘shimchasi bo‘lganda undan so‘ng shaxs-son qo‘shimchasi qo‘shiladi, gapda kesm vazifasida keladi va gapning mazmuni ham kelasi zamonda bo‘ladi.M: kelmassan, bormasman, yurmasmiz. Balki, sen ertaga ham o‘qimassan.
ESLATMA:Maqsad ravishdoshi qo‘shimchasi -gani va sifatdoshing -gan shakliga -i, egalik qo‘shimchasini qo‘shilgan holi -gan+i=gani shakli bo‘lib, har ikkalasi ham bir xil ko‘rinishdagi ikki xil qo‘shimchadir.
-gani ravishdosh bo‘lganda gapda hol vazifasida keladi va maqsad mazmunida bo‘ladi.M: bog‘ga gul tergani borganmiz. Biz Samarqandga sayohat qilgani kelganmiz.
gan+i shaklida bo‘lganda undan so‘ng ko‘makchilar (uchun, bilan, sari, sayin kabi) ni keltirish mumkin.M: U o‘qigani uchun talab qiladi-da ,Taqsir! U marraga yaqinlashgani sari tezlashdi.
ESLATMA: Ravishdoshning -b,-ib shakli bilan birikadigan fe’l+fe’l tipidagi qo‘shma fe’l, ko‘makchi fe’li so‘z qo‘shilamasi va ravishdoshli so‘z birikmasi mavjud. Ularni farqlariga e’tibor bering!!!
QO‘SHMA FE’L – qismlari bitta so‘roqqa javob bo‘ladi, bitta tushunchani anglatadi,bitta sintaktik vazifani bajaradi, qismlar orasiga boshqa qo‘shimcha qo‘shib bo‘lmaydi qismlar ma’no mustaqilligiga ega bo‘ladi: sotib olmoq, olib bermoq, borib keldi,kelib ketmoq va b. Biz kitob sotib oldik. U bayramga kecha kelib ketdi.
KO‘MAKCHI FE’LLI SO‘Z QO‘SHILMASI - qismlari bitta so‘roqqa javob bo‘ladi, bitta sintaktik vazifani bajaradi, qismlaridan biri ma’no mustaqilligiga ega bo‘ladi, ya’ni ikkinchi fe’lni tushirsa ham ma’no o‘zgarmaydi ( o‘qib chiqdi – o‘qidi) (O‘yin-kulgu, askiya yarim kechgacha cho‘zilib ketdi – O‘yin-kulgu, askiya yarim kechgacha cho‘zildi.)
RAVISHDOSHLI SO‘Z BIRIKMAS – qismlari alohida-alohida so‘roqqa javob bo‘ladi( qo‘rqib gapirdi: qo‘rqib – qay holda?, gapirdi – nima qildi?), qisimlari alohida-alohida sintaktik vazifa bajaradi.( mo‘ralab qaradi: mo‘ralb – hol, qaradi – kesim); hayratlanib qaramoq, ikkilanib aytmoq, shoshilib kelmoq va b.
ESLATMA: qo‘shma fe’l va ko‘makchi fe’llarni farqlashda gapninig konteksti ham muhim ahamiyatga ega. Masalan: Nodir chelakda suv olib keldi – bunda “olib keldi” fe’li qo‘shma fe’l bitta tushunchani anglatmoqda; Nodir yillar davomida bilim olib keldi – bunda “olib keldi” ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi ikkinchi keldi fe’lni tushursa ham ma’no o‘zgarmaydi (Nodir yillar davomida bilim oldi)
Do'stlaringiz bilan baham: |