Shodieva nargiza mexrikulovna milliy iqtisodiyot investitsion muhitiga moliya bozorining ta


-usul: Investitsiyalarniig rentabelligi usuli (RI) -



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/35
Sana23.06.2022
Hajmi0,88 Mb.
#697718
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   35
Bog'liq
Н.Шодиева

3-usul: Investitsiyalarniig rentabelligi usuli (RI) -
diskontlashtirilgan 
daromadlarning diskontlashtirilgan investitsiya xarajatlariga nisbatini hisoblab 
topishga asoslangan. Bu qanday holatda investor boyligi o‘sishi mumkinligini 
ko‘rsatib beradi va quyidagicha aniqlanadi: 
 

(5) 
 
bu yerda 
I
0
 - 
boshlang‘ich investitsiyalar, 
CF
t
 - 
davrda olingan pul tushumlari.
Investitsiya rentabelligi ko‘rsatkichi firma (yoki investor) mablag‘lari 1 so‘m 
hisobida qanday hollarda o‘sishini aniqlash imkonini beradi. Agar investitsiya 
sarflari turli davrlarda (uzoq amalga oshirilsa, (PI)ni aniqlash formulasi 
quyidagicha bo‘ladi: 


38 
 

(6) 
bu yerda, I
t
– t yildagi investitsiyalar.
Investitsiyalarning rentabelligi va sof joriy qiymat ko‘rsatkichlarini taqqos-
lama baholash shuni ko‘rsatadiki, sof joriy qiymati o‘sishi bilan investitsiyalar 
rentabelligi ham o‘sadi va aksincha. 
4-usul:
Diskontlangan qoplanish muddati – 
qilingan investitsiyalarning 
joriy qiymatini diskontlashtirilgan pul tushumlari qiymati orqali to‘liq qoplanish 
muddatini tavsiflab beradi. 
Yuqorida nazarda tutilgan muammoli vaziyat (ta’bir joiz bo‘lsa, xatolik)ning 
davomi sifatida foydaning ichki me’yori (IRR)ni hisoblashda ham sof joriy qiymat 
(NPV) natijasidan foydalanamiz, natijada biz loyihani amalaga oshirish jarayonida 
reja ko‘rsatkichlariga amal qilsakda, prognoz qilingan daromadlilikning darajasiga 
erisha olmaymiz. Buning natijasida o‘zlik mablag‘lari ham jalb qilingan kapital 
resurslari uchun belgilangan ustama baho qiymatini to‘lashga xizmat qiladi: 
- loyihaning hayotiylik davrida investorlarning boyligi qanday holatda 
o‘sishini baholovchi investitsiyalarning rentabelligi ko‘rsatkichi (PI) ham loyiha 
asoslanganda belgilangan natijani bermaydi. Ya’ni real (loyiha hayotga tatbiq 
etilgandagi) rentabellik darajasi prognoz darajadan past bo‘ladi;
- dastlabki sarflangan investitsiya summasi nol darajadan boshlab diskont 
berilishi natijasida hosil bo‘lgan investitsiyalarning diskontlashtirilgan qiymati 
avvalgi holatda hisoblangan investitsiya summasidan katta chiqadi. Bu esa, 
investitsiyalarning diskontlashga asoslangan qoplash muddati (DPP)ni uzoq davom 
etishiga olib keladi.
Investitsiya qarorlarini qabul qilishda investitsiya loyihalarini baholash, tahlil 
qilish, tanlash va amalga oshirishning ilmiy asoslangan usulubiyatidan foydalanish 
muhim sanaladi. Shuningdek, investitsiyalar xususida qarorlar qabul qilinishida 
ularni moliyaviy mablag‘lar bilan ta’minlash jarayonlarini shunday tashkil qilish 
kerakki, bunda ularning qiymatini minimallashtirish va joylashtiriladigan capital-


39 
ning foydaliligini oshirishga qodir manbalardan foydalanish yo‘llarini baholash 
kerak bo‘ladi. Investitsiya qarorlarining qabul qilinishi investitsiya kapitalining 
tuzilishi, uning muayyan vaqt davomida taqsimlanishi hamda pulning joriy 
qiymatini hisoblashga imkon beruvchi diskontlash koeffitsientlarini qo‘llashni 
talab etadi. 
Loyiha samaradorligini baholash, shuningdek ishtirokchi tomonlar manfaat-
larining namoyon bo‘lishini aniqlash bilan amalga oshiriladi. Garchi har bir 
ishtirokchi tomon o‘zicha va turlicha baholash ishini olib borsada, biroq 
kelgusidagi foydadan manfaatdorlik barcha ishtirokchi uchun umumiy hisoblanadi. 
Loyihani samaradorlik nuqtai nazaridan baholashda jamiyat manfaati va qiziqishni, 
mahsulotning ekologik tozaligini, uning ijtimoiy-iqtisodiy tizimning rivojlanish 
maqsadiga qanchalik mos kelishni aniqlash investitsiya loyihasining moliyaviy 
amalga oshirilishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. 
Real aktivlarga mablag‘ sarf qilishda iqtisodiy-moliyaviy baholashning 
ahamiyati juda kattadir. Har qanday ma’qul bo‘lgan loyiha, agar quyidagi 
shartlarni bajarmasa qabul qilinishi maqsadga muvofiq emas:

tovarlarni sotishdan kelgan daromadlar sarf etilgan xarajatlarni qoplamasa;

loyihani mablag‘ bilan ta’minlaydigan investor o‘rtacha foyda normasidan 
kam bo‘lmagan rentabelikka erishmasa;

investor uchun ma’qul keladigan davr ichida xarajatlar qoplanmasa. Mana 
shu shartlarni bajarish real ekanligini aniqlash loyihalarni investitsiyalashning 
kaliti hisoblanadi. Bu shartlarni baholash juda qiyin jarayon hisoblanadi. Buning 
asosiy sababi quyidagi omillar ta’siridan kelib chiqadi: investitsiyalarni jalb etish 
bir marta, birdaniga, yoki uzoq muddat ichida bir necha marta takrorlanishi 
mumkin; natijalarga erishish davri ham juda uzoq bo‘lishi mumkin; natijalarga 
erishish davrini uzayishi bilan noaniqlik darajasi ham ko‘payadi, tavakkalchilik 
(risk) oshadi. Mana shu omillarning hayotda mavjudligi investitsiya loyihalarini 
baholash uslublarini vujudga keltirishni taqozo etadi. Albatta buni oldindan tez va 
yuz foiz aniqlik bilan hech kim ham hisoblay olmaydi. 


40 

Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish