III BOB. MOLIYA BOZORINING FAOLIYAT YO‘NALISHLARINI
KENGAYTIRISH ORQALI INVESTITSION MUHITNI
TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI
3.1. Moliya bozorining iqtisodiyoga jalb qilinayotgan xorijiy investitsiyalarni
kengaytirishga ta’sirini oshirish yo‘nalishlari
Xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotimizga jalb etishni faollashtirishning
o‘ziga xos ahamiyati shu bilan belgilanadiki, ular chet el investorlari tomonidan
yuqori darajada daromad olish, salmoqli samaraga erishish maqsadida mutlaqo
o‘zga davlat iqtisodiyotining tadbirkorlikka va boshqa faoliyatlariga safarbar
etadigan barcha mulkiy-moliyaviy, intellektual boyliklaridir. Xorijiy investitsiyalar
ichki investitsiyalardan farqli o‘laroq, tashqi moliyalashtirish manbaiga kiradi.
Demak, ular milliy iqtisodiyotni rivojlantirish sur’atlarini yanada jadallashtirish
uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.
O‘zbekiston Adliya vazirligi xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar
ishtirokidagi korxonalar huquqlarini ta’minlash borasida izchil izlanishlar olib
borayotir. Bunda Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 2 maydagi “To‘g‘ridan-to‘g‘ri
xorijiy investitsiyalarni huquqiy himoya qilishni kuchaytirishga doir qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarori muhim omil vazifasini o‘tamoqda. Natijada
diqqatga molik yutuqlarga erishilmoqda. Jumladan, respublika iqtisodiyotning
etakchi tarmoqlari va sohalarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida 4200 tadan ziyod
korxona tashkil qilindi va hozir barchasi muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Har
yili 3 milliard dollardan ko‘proq to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb
etilmoqda. Mamlakatimiz iqtisodiyotiga kiritilayotgan jami investitsiyalar umumiy
hajmining 85,5 foizidan ko‘prog‘i ularning hissasiga to‘g‘ri keladi. Davlat kafolati
ostida jalb qilinganlari esa 14,5 foizni tashkil etadi
18
. Bu xorijiy investorlarning
O‘zbekiston iqtisodiyotiga ishonchi, uni rivojlantirish istiqbollariga qiziqishi va
rag‘bati ortayotganidan dalolat beradi.
18
www.stat.uz-
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi rasmiy axborot sayti ma’lumotlari
59
Hozir bizda xorijiy investorlarni jalb qilishning quyidagi shakllari keng
qo‘llanilmoqda:
–
ulush qo‘shib, qatnashish orqali O‘zbekistonda qo‘shma korxonalar tashkil
etish;
–
100 foiz mol-mulk xorijiy investorga tegishli bo‘lgan xorijiy korxonalar
ochish;
–
yirik xorijiy kompaniya hamda firmalar korxonalarini va korxonalar
filiallarini barpo etish;
–
kontsessiya va lizing shartnomalar tuzish;
–
tenderlar e’lon qilish;
–
erkin iqtisodiy hudud (zona)lar tashkil etish;
–
moliyaviy aktivlarni sotish va sotib olish.
Prezidentning 2017 yil 18 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining
rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirishning yangi tartibini
joriy etish to‘g‘risida”gi Qarori yuqoridagi kabi tahlillar natijasida qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, mamlakatda tarmoq va hududiy loyihalarni amalga oshirish
bo‘yicha mutlaqo yangi tizim yo‘lga qo‘yilmoqda. Ikkinchi bosqichda Rivojlanish
kontseptsiyasi asosida maqsadi va moliyalashtirish manbalari aniq bo‘lgan 3 yillik,
ya’ni 2019-2021 yillarga mo‘ljallangan loyihalar portfeli shakllantirilmoqda.
Ushbu loyihalar Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot va Moliya
vazirliklari bilan kelishilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha
boshqaruvi milliy agentligida ekspertizadan o‘tkaziladi. Har bir loyihani amalga
oshirish bo‘yicha batafsil kalendar rejasi ishlab chiqiladi.Uchinchi bosqichda
tasdiqlangan 3 yillik loyihalar portfeli asosida Rivojlanish davlat dasturini ishlab
chiqish va tasdiqlash talab etiladi.Bundan buyon Rivojlanish davlat dasturlariga
faqat dastlabki texnik-iqtisodiy asoslari va loyiha-smeta hujjatlari mavjud bo‘lgan
loyihalar kiritilmoqda
19
.
19
www.mineconomy.uz-
O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi ma’lumotlari
60
Shuningdek Respublika iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyani jalb etishni
faollashtirish uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur:
–
investitsiya loyihalarini malakali ekspertlar nazoratidan o‘tkazish va
mukammal tayyorlanishiga erishish;
–
qo‘shma korxonalar va xorijiy investitsiya ishtirokidagi boshqa turdagi
tadbirkorlik faoliyatini ro‘yxatdan o‘tkazishdagi to‘siqlarni butunlay olib tashlash.
Mamlakatimizda xorijiy investitsiyalarni milliy korxonalarga jalb etishda quyidagi
ustuvor yo‘nalishlarni belgilash maqsadga muvofiqdir:
–
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini chuqur qayta ishlash sohalarini
rivojlantirish;
–
mineral xom ashyo resurslarini, shu jumladan, neft va gazni qazib
chiqarish, qayta ishlash bo‘yicha ekologik ishlab chiqarishni tashkil etish;
–
transport va telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish;
–
iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida ilm talab va jahon bozorlarida
raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish;
–
turizm sohasini rivojlantirish, xalqaro va ichki turizmning zamonaviy
infratuzilmasini yaratishga erishish.
Investitsiya faoliyatini tartibga solishda eng muhim va asosiy muammolardan
biri chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni respublika mintaqalari
bo‘ylab bir tekis joylashtirishdir. Alohida diqqat va e’tiborni jalb qiladigan
muammo Respublika hudud va tumanlarini rivojlanishidagi notekislikni
qisqartirish masalasidir. Bu xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni
mamlakat mintaqalari bo‘ylab joylashtirishga yo‘naltirilgan rag‘batlantiruvchi
tadbirlarni talab qiladi.
Respublikamiz xorijiy sarmoyasini tahlil qilar ekanmiz, unda davlat kafolati
ostida jalb qilinayotgan investitsiya va kreditlar ko‘pchilikni tashkil etishini
ko‘rishimiz mumkin. Binobarin, Prezidentimiz aytganidek, “Bugungi kunda chet el
investitsiyalarining asosiy qismi bevosita xukumat kafolati ostida mamlakti-mizga
kiritilayotgani bizni qoniqtirmaydi”.
61
Hozirgi kunda mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida nafaqat ichki
investitsiyalar, balki xorijiy investitsiyalarni jalb qilish orqali ijobiy natijalarga
erishi mumkin. Ammo bugungi kunda ushbu sohada quyidagi muammolar mavjud:
–
investitsiya infratuzilmasining etarli darajada rivojlanmaganligi – banklar,
investitsiya fondlari, sug‘urta va lizing kompaniyalari faoliyatini rag‘batlantirish
va investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ularning ishtirokini samarali yo‘lga
qo‘yish;
–
tadbirkorlarning biznes-ko‘nikmalari, shu jumladan investitsiya loyihalari
bilan ishlash tajribasi va huquqiy bilimlari yetarli darajada emasligi – hududlarda
konsalting, marketing va yuridik xizmat ko‘rsatuvchi markazlar tashkil etish va
faoliyatini takomillashtirish;
–
investitsiya takliflari va loyiha texnik-iqtisodiy asoslarining belgilangan
talablarga javob bermasligi – tashabbuskorlarga investitsiya loyihalarini ishlab
chiqishda tijorat banklari, hududlardagi savdo-sanoat palatasi va boshqa mutasaddi
idoralar tomonidan amaliy yordam ko‘rsatilishini mahalliy hokimliklar tomonidan
muvofiqlashtirish va doimiy nazoratga olish;
–
loyiha tashabbuskorlarining moliyaviy-iqtisodiy ahvolining nochorligi –
investitsiya dasturlari va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha
dasturlarga kiritish taklif etilayotgan loyihalar tashabbuskorlarining moliyaviy-
iqtisodiy ahvolini mahalliy hokimliklar va tijorat banklari tomonidan chuqur tahlil
qilinishi.
Shunga ko‘ra quyidagi takliflarni keltirib o‘tamiz:
–
Investitsiya infratuzilmasining yetarlicha rivojlanmaganligi. Bu muammoni
bartaraf etishda banklar, investitsiya fondlari, sug‘urta va lizing kompaniyalari
faoliyatini rag‘batlantirish va investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ularning
ishtirokini samarali yo‘lga qo‘yish chora tadbirlarini amalga oshirish zarur;
–
Tadbirkorlarning biznes-ko‘nikmalari, shu jumladan investitsiya loyihalari
bilan ishlash tajribasi va huquqiy bilimlari yetarli emasligi – bu muammo borasida
hududlarda konsalting, marketing va yuridik xizmat ko‘rsatuvchi markazlar tashkil
etish va foliyatini rivojlantirish darkor;
62
–
Investitsiya takliflari va loyiha texnik-iqtisodiy asoslarining sifatli ishlab
chiqilmaganligi–tashabbuskorlarga investitsiya loyiha-larini ishlab chiqishda
tijorat banklari, hududlardagi savdo-sanoat palatasi va boshqa mas’ul idoralar
tomonidan amaliy yordam ko‘rsatilishini mahalliy hokimliklar tomonidan tashkil
etish va doimiy nazoratga olish;
–
Loyiha tashabbuskorlarining moliyaviy-iqtisodiy ahvoli og‘irligi –
investitsiya dasturlari va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha
dasturlarga kiritish taklif etilayotgan loyihalar tashabbuskorlarining moliyaviy-
iqtisodiy ahvolini mahalliy hokimliklar va tijorat banklari tomonidan chuqur tahlil
qilinishi.
Investitsiyalarni jalb etish va ulardan samarali foydalanishda rivojlangan
sanoatlashgan mamlakatlarda investitsiya siyosatini amalga oshirishda quyidagi
uchta yo‘nalishga alohida e'tibor bilan qaraladi:
- import o‘rnini bosish strategiyasini rivojlantirish;
- tayanch tarmoqlar va eksport salohiyatining mustahkamlash;
- ilmtalab sohalar va innovatsion ishlanmalarni rivojlantirish.
Ayniqsa, e'tiborli jihati Koreya Respublikasining investitsiya strategiyasida
namoyon bo‘ladi. Ushbu mamlakat xorijiy investitsiyalardan samarali foydala-
nishda shunday siyosat olib borganki, bunda Janubiy Koreyaga boshqa rivojlan-
gan mamlakatlardan, xususan AQSH va Yaponiyadan investitsiyalar jalb qilishda
ulardagi samarali menejment uslublari va ishlab chiqarish texnologiyasini o‘ziga
tatbiq qilishga intilgan.
Malayziyaning investitsiya siyosatida esa ustuvor jihat investitsiyalarni qayta
ishlash sanoatiga yo‘naltirish bo‘lib hisoblanadi. Ushbu mamlakatda investitsiya-
larni ilmtalab va yuqori texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarish sohalariga,
jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, nanotexnologiyalar, yuqori
malakali xizmatlar kabi sohalarga yo‘naltirilmoqda. Xususiy sektorning o‘zida
investitsiyalarning yillik o‘rtacha o‘sishi 11-12 foizni tashkil etmoqda. Ularning
umumiy investitsiyalar hajmidagi salmog‘i 50 foizdan ortiq bo‘lib, so‘nggi
besh yil mobaynida xususiy investitsiyalarning umumiy miqdori 95 milliard
63
AQSH dollaridan oshib ketgan Taraqqiy etgan mamlakatlar iqtisodiyotidagi yana
bir ahamiyatli jihat investitsiya jarayonida yirik transmilliy kompaniyalarning
faol ishtiroki, moliya bozorining yuqori rivojlanganligi, xususan, qimmatli
qog‘ozlar muomalasining keng tarqalganligi, turli jamg‘armalarning investitsiya
faoliyatiga jalb qilish mexanizmining yuqori darajada tarkib topganligi bilan
ajralib turadi.
Rivojlangan mamlakatlar investitsiya faoliyatida boy tajriba to‘plangan
bo‘lib, undan O‘zbekiston amaliyotida foydalanish investitsiyalash amaliyotini
takomillashtirish va investitsiyalarning samaradorligini oshirishga qaratilgan
chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini beradi. Bu borada bir qator rivojlangan
mamlakatlarda investitsiya me'yorining nisbatan yuqori va barqaror darajasiga
erishilganligining guvohi bo‘lamiz.
Hududlardagi investitsion muhitini shakllantirishning hozirgi bosqichi
iqtisodiy o‘sish yo‘liga o‘tib olish bilan izohlanadi. Bunday o‘sish alohida
investitsiya siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishni talab etadiki, u taraqqiy
etgan mamlakatlar tajribasiga, investitsiya resurslari va chet el investitsiyalarini
jalb qilish sifatida mablag‘lardan foydalanishning mavjud imkoniyatlariga
tayanishi lozim bo‘ladi. Chet el investitsiyalarini jalb etmay turib, hozirgi
zamon talablariga javob beradigan ishlab chiqarishning tashkil etilishini ta'minlash
mumkin emas.
Hududlar investitsiya jarayonlarini izga solib turishning iqtisodiy asoslarini
yaratish, ishlab chiqilgan siyosatni amalga oshirishga imkon tug‘diruvchi shart-
sharoitni ta'minlash investitsiya siyosatining muhim vazifalaridan biri bo‘lib,
hududlarda qulay investitsion muhit yaratishga aynan shu yo‘l bilan erishish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |