5-jadval Ishchilarning ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori bo`yicha taqsimlanishi
Natijada quyidagi formulani hosil qilish mumkin:
X ar .od . x1 f1 x 2 f 2 x 3 f 3 ... x n f n xf .
f1 f 2 f 3 ... f n f
Bu formula topilgan o`rtacha arifmetik bo`lib, alohida individual miqdorlarning har biri bir necha marta uchrashgan hollarda qo`llaniladi. Misolimizda ishlab chiqarilgan mahsulotning o`rtacha soni (x) jami ishlab chiqarilgan mahsulot (xf) ning jami ishchilar soniga (f) bo`lgan nisbati natijasiga teng:
ar .od . 16 2 17 3 18 3 20 2 xf dona.
X 17 ,7
2 3 3 2 f
Ayrim hollarda o`rtacha miqdorlar oraliq qatorlar, umumiy va guruhiy o`rtachalar, shuningdek nisbiy miqdorlar asosida ham hisoblanishi mumkin.
O`rtacha miqdorni oraliq intervalli qatorda hisoblashning o`ziga xos xususiyatlari bor. Buning uchun dastlab har bir oraliq guruh bo`yicha o`rtachani, so`ngra esa jami qatorlar bo`yicha umumiy o`rtachani hisoblash lozim. Agar oraliq yopiq ko`rinishda bo`lsa, u holda har bir oraliq guruh uchun o`rtacha oraliq belgining quyi darajasi bilan yuqori darajasi yig’indisining yarmiga teng. Agar oraliq ochiq ko`rinishda bo`lsa, u holda birinchi guruhning quyi darajasini topish uchun ikkinchi guruh oralig’ini birinchi guruhning yuqori darajasidan ayirish kerak, oxirgi guruhning yuqori darajasini topish uchun esa o`zidan oldingi guruh oralig’ini shu guruhning quyi darajasiga qo`shish kerak.
O`rtacha arifmetik miqdor faqat umumiy to`plam uchun xos bo`lgan o`rtachani tavsiflaydi. Ammo amaliy ishda umumiy o`rtachani hisoblash bilan birgalikda shu umumiy to`plam uchun progressiv va regressiv o`rtacha ham hisoblanadi. Progressiv o`rtacha umumiy to`plam o`rtachasini emas, balki shu o`rtachadan yuqori bo`lgan birliklar o`rtachasini tavsiflaydi.
Bu o`rtachani hisoblash tartibini 162 savolda keltirilgan har bir ishchi tomonidan ishlab chiqarilgan «A» mahsulot miqdori misolida ko`rib chiqamiz. Misolimizda umumiy o`rtacha 17,7 dona, 3, 7, 8, 9va 10-ishchilarda esa ishlab chiqarilgan «A» maot donasi shu o`rtachadan yuqori. Agar keyingi beshta ishchi bo`yicha o`rtacha aniqlansa, bu o`rtacha progressiv o`rtacha bo`ladi.
X ar .od . xf 18 ,8 dona. f
Agar o`rtacha (17,7) dan kam detal’ ishlab chiqargan ishchilar bo`yicha aniqlansa, bu o`rtacha regressiv o`rtacha bo`ladi:
a r .od . xfdona.
X 16 ,6 f
Do'stlaringiz bilan baham: |