Tuzilma (struktura) miqdorlari deyilganda to`plamdagi ayrim guruhlarning shu to`plamning umumiy yig’indisiga bo`lgan nisbati tushuniladi. Umumiy ko`rinishda bu ko`rsatkich quyidagicha hisoblanadi:
n
T NM 100
n
bu erda: TNM – tuzilma nisbiy miqdorlari; n – to`plamdagi ayrim guruhlar (bo`laklar);
n – to`plam yig’indisi.
Tuzilma nisbiy miqdorlari o`rganilayotgan to`plamining tarkibini tavsiflaydi va shu to`plamdagi har bir guruh (bo`lak) lar umumiy to`plamning qancha qismini (ulushini) tashkil qiladi, degan savolga javob beradi.
Tuzilma nisbiy miqdorlari, odatda, to`plam o`z mohiyati jihatidan birbiridan tubdan farq qiluvchi guruhlarga, bo`laklarga ajratilgan hollarda keng qo`llaniladi. SHuning uchun ham bunday mikdorlar statistik ma`lumotlarni guruhlash bilan bevosita bog’liq va ularni hisoblash asosida hlash yotadi.
7-mavzu: O`RTACHA MIQDORLAR
Reja:
1. Statistikada o`rtacha miqdorlarning tutgan o`rni.
2. O`rtacha arifmetik miqdorlarning turlari va ularni hisoblash tartibi.
3. O`rtacha garmonik miqdorlarning turlari va ularni hisoblash tartibi.
Tayanch iboralar:
O`rtacha miqdorlar, o`rtacha arifmetik miqdorlar, oddiy va tortilgan o`rtacha miqdorlar, intensivlik nisbiy ko`rsatkichi, o`rtacha garmonik miqdor, o`rtacha geometrik miqdor, mediana, moda, kvantililar, kvartil, kvintil, detsil, pertsentil.
6.1. Statistikada o`rtacha miqdorlarning tutgan o`rni.
Kundalik hayotimizda, turmushimizda o`rtacha miqdorlarni har qadamda uchratamiz va qo`llaymiz, ammo odatda o`rtacha so`zining o`zini iboramizda kam ishlatamiz. Bir nechta misollar keltiraylik. Bozor narx-navosini aniqlayotib, ayrim mahsulotlar qanday baholarda sotilayotganini surishtiramiz. Odatda unisi muncha so`m, bunisi buncha so`m degan javob eshitamiz. Ammo hamma sotuvchilar o`z mahsulotlarini o`sha baholarda sotayotgani yo`q, albatta. Bu erda, demak, o`rtacha baholar nazarda tutiladi. Qancha ish haqi olayapsiz degan savolga oyiga shuncha so`m deb javob qilamiz. Aslida hamma oylarda o`sha miqdorda ish haqi oayotganimiz yo`q, bu erda ham o`rtacha oylik ish haqi nazarda tutilyapti.
Har qanday hodisa o`zining yakka (individual) va umumiy miqdoriga ega. Ammo yakka miqdor ham, umumiy miqdor ham o`sha hodisani umum-
lashtirilgan holda ta`riflay olmaydi. Masalan, agar gap ishchilarning ish haqi ustida borsa, ish haqi darajasi va uning o`zgarishini aniqlash zarur bo`lib qolsa, buning uchun ayrim ishchining ish haqi to`g’risidagi ma`lumot etarli bo`lmaydi. CHunki ish haqi har kimda har xil.
Do'stlaringiz bilan baham: |