Shaxs rivojlanishining pedagogik va psixologik diagnostikasi



Download 380 Kb.
bet13/14
Sana04.06.2022
Hajmi380 Kb.
#634853
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
нишонов шахс рив пед псих диагнос

UMUMIY XULOSALAR
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, tadqiqot natijalariga tayangan holda quyidagicha xulosalarga kelindi:

  1. Pedagogika-psixologik diagnostika o‘qituvchidan professional faoliyati jarayonida maxsus tayyorgarlik talab qiluvchi murakkab sohadir. Pedagog-psixolog (tashhischi) egallashi kerak bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar shunchalik keng va murakkabki, uning o‘zlashtirilishi bilan psixodiagnostikani professional pedagog-psixolog faoliyatining negizi sifatida e’tirof etilishiga sabab bo‘ladi.

  2. Diagnostik faoliyat o‘z maqsadiga ko‘ra tashhis (diagnoz) yo‘nalishining turli ko‘rinishlariga ega bo‘ladi. Qo‘yilgan tashhis o‘rganilayotgan xususiyatlarni shakllantirishga yoki korreksion ishlarni tashkil etishga qaratilgan amaliy tavsiyalar bilan ifodalanadi.

  3. Diagnostika yorqin namoyon bo‘luvchi individual-psixologik, psixofiziologik xususiyatlar asosida olingan ma’lumotlarni taqqoslash bilan alohida kishi yoki ma’lum shaxslar guruhi borasida xulosa chiqarish demakdir.

  4. Diagnostik metodni xarakterlayotganda, uning o‘lchash-sinash yo‘nalishining ko‘rsatgichi bilan chegaralanib qolish yetarli emas. Aks holda tushuntirish g‘olibligi eksperiment metodga beriladi. Haqiqatdan esa diagnostik tadqiqot o‘ziga tushuntirish elementlari, sabablarni ochish, nihoyat talablarga mos kelgan tavsiyalarni ishlab chiqishni o‘ziga kiritishi kerak.

  5. Psixodiagnostikada qo‘llaniladigan ob’ektiv metodlar xilma-xil bo‘lib, uning ko‘proq qo‘llaniladigan turlariga kuzatish, so‘roq, test, eksperiment va modellashtirish sinaluvchi faoliyati mahsuldorligini o‘rganishga oidlari kiradi.

  6. So‘nggi yillarda ko‘pgina mutaxassisliklar psixologiyaga va inson xulq-atvoriga bir qator talablar qo‘ymoqda. Shu bilan birga kishining professional layoqatini belgilovchi har xil psixologik sifatlarning aniq diagnostikasi talab etiladi. Mazkur sharoitda psixodiagnostik metodlardan foydalanish kishilarning professional tayyorgarlik va tanlash jarayonlari bilan uzviy bog‘liqdir. Dunyoda pedagogik-psixologik diagnostik metodlarning mingdan ortiq turlari mavjud bo‘lib, ulardan samarali foydalanish uchun mutaxassis malakali bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lishi kerak. Ba’zan esa umumiy metodlar chizmasini o‘zlashtirib olish ham amaliy faoliyatda yo‘nalish sifatida yaxshi samara berishi mumkin.

  7. Insonning bilish faoliyatida xayol, tafakkur, nutq va boshqa muhim psixik jarayonlar muhim o‘rin egallaydi. Har qanday aqliy faoliyat bilishga, tajribaga va ijodiy tafakkurga asoslanadi. Tafakkurning muhim operatsiyalari analiz va sintez, umumlashtirish va mavhumlashtirish bo‘lib, har qanday aqliy faoliyatda o‘zaro bog‘lanib keladi.

  8. Inson aqliy faoliyati xususiyatlari boshqa oliy psixik funksiyalar, xotira, iroda, hissiyot hamda shaxsning individual-psixologik xususiyatlari va odatlari bilan chambarchas bog‘liq o‘ta maxsus usul hisoblanadi.

TAVSIYALAR:
- ta’lim tizimida shaxsning rivojlanishida samaradorlikka erishish maqsadida pedagog-psixologik diagnostika imkoniyatlariga doir o‘quv-metodik ta’minotni yaratish maqsadga muvofiq;
- pedagog kasbiy faoliyatining yuqori darajada bo‘lishi uchun pedagogik va psixologik diagnostikani amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirib borishi zarur;
- ta’lim oluvchilarda yangiliklarga tashnalik va doimo mustaqil o‘qish hissini shakllantirishda diagnostik metodlarni qo‘llash harakatlantiruvchi motiv sifatida belgilanadi.
MUNDARIJA

Download 380 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish