Shaxs rivojlanishining pedagogik va psixologik diagnostikasi



Download 380 Kb.
bet1/14
Sana04.06.2022
Hajmi380 Kb.
#634853
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
нишонов шахс рив пед псих диагнос


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI


ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI


PEDAGOGIKA FAKULTETI


5140800 – PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA YO`NALISHI BITIRUVCHISI


NISHONOV NODIRNING

SHAXS RIVOJLANISHINING PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK DIAGNOSTIKASI”




mavzusidagi


BITIRUV MALAKAVIY ISHI
Ilmiy rahbar: p.f.n., dotsent K.Turg‘unboev


Andijon – 2013
MAVZU: SHAXS RIVOJLANISHINING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK DIAGNOSTIKASI

KIRISH

1 BOB. PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK DIAGNOSTIKASI VA UNING MOHIYATI


1.1. Pedagogik-psixologik diagnostika, uning maqsad va vazifalari
1.2. Shaxsni rivojlanishida pedagogik-psixologik diagnostikasining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari

2 BOB. SHAXSNI RIVOJLANISHIDA PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK DIAGNOSTIKA IMKONIYATLARIDAN FOYDALANISHNING MAVJUD IMKONIYATLARI VA SHART-SHAROITLARI


2.1. Shaxsning rivojlanishi, shakllanishi va taraqqiyoti

2.2. Shaxsning rivojlanishida pedagogik-psixologik diagnostik tadqiqotlarni tashkil qilish va o‘tkazish


2.3. Ta’lim mazmunida kelajak istiqbollarini tashxis (diagnostik) qilish
2.4. Pedagogik diagnostikaning o‘qituvchi faoliyatida tutgan o‘rni
2.5. Shaxslararo munosabatlarni diagnostik nazorat qilish

UMUMIY XULOSALAR VA TAVSIYALAR


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI


KIRISH


Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim islohoti “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da o‘zining ilmiy-nazariy, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy ifodasini topgan. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining” maqsadi - ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratishdir”.
Bu vazifani bajarish ta’lim jarayoni, uning mazmuni, shakl va metodlarini tubdan o‘zgartirishni talab qiladi. Jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy–texnikaviy taraqqiyotiga yangicha qaraydigan mustaqil fikrlovchi, ishbilarmon, buyuk kelajak poydevorini quruvchi yoshlarni tarbiyalash respublikamiz pedagoglari oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Ta’lim islohoti jarayonida bu ulkan vazifani to‘la amalga oshiradigan, zamonaviy va jahonning eng ilg‘or ta’lim texnologiyalardan mohirona foydalana oladigan pedagog kadrlarga ehtiyoj har qachongidan ortdi.
Diagnostika – bu o‘sib kelayotgan odamning mikromuhit bilan munosabatlaridagi muammolarni aniqlash. Diagnostika pedagogik jarayonni gumanizatsiyalash dasturiga kiritilgan. Diagnostik faoliyatning maqsadi o‘qituvchiga pedagogik vaziyatlarni tahlil qilish va baholash mezonlarini belgilashga, muammolarni oson hal qilish yo‘llarini aniqlashga, o‘quvchilarning faoliyatini boshqarishga va o‘zining kasbiy faoliyatini tuzatishga, pedagogik o‘zaro ta’sir samaradorligini baholashga imkon beruvchi yaxlit axborotni aniqlashdan iborat.
Pedagogik diagnostika – pedagog shaxsi va u bilan muloqotga kirishuvchilarning pedagogik tizim natijalarini tahlil qilish va tavsiyalar berish jarayoni. O‘zining ish faoliyatida integral pedagogik diagnostikadan foydalangan o‘qituvchi zudlik bilan hal etilishni talab qilayotgan va ayni paytda bir necha muddatga ortga surilgan o‘quv-tarbiyaviy vazifalarni uddalash imkoniga ega bo‘ladi. O‘zi ishlayotgan sinf jamoasini to‘liq o‘rganish o‘qituvchi uchun muhim hisoblanadi.
Bolalar jamoasini o‘rganayotgan o‘qituvchi quyidagi vazifalarni hal etadi: jamoaning o‘sib borishi haqida to‘liq ma’lumot olish, jamoaning o‘sish darajasi o‘zgarib borishiga mos holda pedagog tomonidan o‘z ishining mazmuni, shakli, metodi va uslubini pedagogik asoslangan holda tuzatib borish, jamoaning rivojlanish darajasini baholash uchun integral diagnostika metodini egallash zarur.

Download 380 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish