+ buni bilaman
|
- buni bilmas edim
|
? Buni mukammal bilmoqchi edim
|
|
|
|
«Besh minutlik esse»
Yozma vazifaning ushbu turi dars oxirida qo‘llaniladi. Uning maqsadi o‘quvchilarga o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha bilimlariga xulosa yasash bo‘lsa, o‘qituvchi uchun o‘quvchilari ongida nimalar ro‘y berayotganligini bilishdan iborat. O‘quvchilardan quyidagi ikki vazifani bajarish so‘raladi: mazkur mavzu bo‘yicha nimalarni bilib olganliklarini va o‘zlari javob ololmagan biror savolni yozib berish. O‘qituvchi yozma ishlarni darhol yozib oladi, keyinchalik esa, ularni tahlil etib, uning natijalaridan keyingi darsni rejalashtirishda foydalanishi mumkin.
VENNA DIOGRAMMASI
1.Venna diagramasini tuzish qoidasi bilan tanishtiradi.
2.Yakka tartibda venna diagrammasini tuzish va kesishmaydigan joylarni (x) to‟ldirish vazifasini beradi. Doiralarning kesishuvchi joyda , ikki, uch (xx/xxx) doiralar uchun umumiy bo‟lgan ma‟lumotlar ro‟yhatini tuzilishi kerakligini ta‟kidlaydi.
Kichik guruhlarga birlashish o’zlarning diagrammalarini taqqoslash va to’ldirish vazifasini beradi.
Venna diagrammasi taqdimotini va muhokamasini taqdim etadi.
Shuningdek interfaol metodlardan:
“B/B/B” metodi;
“Muammoli o‘qitish” metodi
“Sinkveyn” metodi
“Ajurli arra”metodi
“Kichik guruhlarda ishlash”
“6x6x6“metodi
“Baliq skleti” metodi
“T”- jadvali
“Nilufar guli” metodi
“Klaster” metodi va boshqalar.
Hozirgi kunda akademik litsey, Professional ta’lim tizimi hamda umum ta’lim maktablarda ta’limning noananaviy shakllari ham qo’llanilmoqda.
Ular qatorida: Bahs-munozara darslari; Didaktik o’yinli darslar; Ilmiy anjuman darsi; Uchrashuv darsi; Sayohat darslari va h.k.
Ta’lim jarayoninig sifati va samaradorligini oshirishda ta’lim vositalari (TV) muhim ahamiyat kasb etadi. Ularning 6 ta turi: matnli vositalar; tasvirli vositalar; audio vositalar; yordamchi (jihoz) vositalar; modelli vositalar; real vositalar mavjud.
Matnli vositalar – ma‟lumot olish va ma‟lumotlarni qayta ishlash uchun:
-o’quv dasturlari;
-maxsus adabiyot(darslik);
-tarqatma materiallar;
-imtihon va nazorat varaqalari;
Tasvirli-umumiy tasavvurni vujudga keltirish uchun: fotosuratlar,eskiz, chizma, sxemalar, ramziy tasvirlar, reja, jadvallar, simvollar, diagramma va grafiklarni olish mumkundir.
Audio-jarayonlar va ishlash mexanizmlari to’g’risida tasvir va ovoz orqali tasavvurlarni vujudga keltirishda: videofilmlar, kompakt disklar, audio kassetalar kiradi.
Yordamchi (jihoz)-tasvir va matnli yozish va saqlash: doskalar (oq doska, magnit doskasi), pinbord doskasi, proyektorlar, videoproyektor doskasi, kodoskop, videomagnitafon, kamera, kompyuterlarni olish mumkun.
Modelli – o’rganilayotgan obyektning modeli orqali u haqda tasavvur hosil qilish:
-modellar;
-maketlar.
Real-o’rganilayotgan obyektlar haqida real tasavvurni vujudga keltirish:
-asbob-uskunalar;
-stanoklar;
Do'stlaringiz bilan baham: |