Kurs ishi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi So‘nggi paytlarda milliy qudratning o‘sishi, koreys madaniyatning tarqalishi va Koreyada migrantlarning ko‘payishi tufayli koreys tilidagi ta’limga talab doimiy ravishda oshib bormoqda. Mamlakatda va xorijda ushbu ijtimoiy va institutsional omillar tufayli koreys tilini o‘qitish sohasida turli darajadagi ta’lim muhiti va o‘quvchilarning xususiyatlari kabi xilma-xillik paydo bo‘ldi. Bunday xilma-xillik Koreya ta’limining umumiy miqdoriy o‘sishi uchun asosiy harakatlantiruvchi kuchga aylandi, ammo boshqa tomondan, sifat jihatidan o‘sish hal qilishni talab qiladi. Koreys tili ta’limining maqsadlari va mazmuni turli xil ta’lim o‘zgaruvchilari bo‘yicha o‘zgarishi mumkin. Biroq, bu moslashuvchanlik ta’lim sohasida o‘qituvchilar va o‘quvchilarga qulaylik yaratadi, biroq boshqa tomondan, chalkashlik va samarasizlikka olib kelishi mumkin. Koreys tili ta’limining uzluksiz va barqaror rivojlanishi uchun ta’lim muhiti, ta’lim maqsadi va turli xil o‘rganish maqsadlariga muvofiq qo‘llanilishi va o‘zgartirilishi mumkin bo‘lgan standart koreys tili o‘quv dasturi talab qilinadi.
Kurs ishining maqsadi.Tadqiqotning ishining maqsadi koreys tilida tinglab tushunish ko‘nikmasini rivojlantiruvchi mashqlar tizimini o‘rganish va til o‘qitishning samarali vositalaridan foydalanib yangi metodikalarning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berish va muammolarni tahlil qilishdan iborat.
Yuqorida bayon etilgan maqsadni amalga oshirishda quyidagi vazifalar belgilab olindi:
Bosqichli til o‘rgatish haqida ma’lumot berish
Yosh jihatidan kelib chiqib til o‘rgatish va uning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berish;
Til o‘qitishda qo‘yiladigan talablar masalasini birma bir ko‘rib chiqish ko‘rib chiqish;
Kurs ishining ilmiy yangiligi.Mazkur tadqiqot ishi muammosi koreys tilida nazariy jihatdan to‘liq o‘rganilmaganligi ko‘rish mumkin. Tadqiqot natijasida koreys tilini o‘qitishda til o‘rgatish bosqichlari talablarini tahlil qilinib, til o‘rgatishning o‘ziga xos xususiyatlari, muammolari va ularni xal etish yo‘llari ko‘rib chiqiladi.
Bizning tadqiqot ishimizda koreys tilidan o‘zbek tiliga yoxud o‘zbek tilidan koreys tiliga til o‘ganishda asosiy va yordamchi vositalarining xususiyatlari va muammoli jihatlari tahlil ostiga olinadi. Bu esa koreys va o‘zbek tarjimashunosligida yangilik hisoblanadi. Chunki bu yo‘nalishda talaygina tarjimalar qilingan bo‘lsa-da, ular nazariy jihatdan to‘la tadqiq etilmagan.