«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi



Download 2,02 Mb.
bet6/138
Sana06.01.2022
Hajmi2,02 Mb.
#324943
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138
Bog'liq
amaliy geografiya

IEslab qoling!

Amaliy geografiyada sistemali, ekologik, landshaft va iqtisodiy

• tadqiqot usullari qo‘llaniladi.

Bilasizmi?

Ekologiya — tabiiy muhitning tirik ogranizmlarga ta’siri va ular o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganadi- gan fan. «Ekologiya» atamasini fanga XIX asrda nemis olimi E. Gekkel olib kirgan.

«Ekologiya» so‘zi yunoncha bo‘lib «oikos» — uy, yashash joyi, «logos» — fan degan ma’noni beradi.



Bilimingizni sinab ko‘ring:

91. Amaliy geografiyada qanday tadqiqot usullari qo‘llandi?

  1. Tizimli yondashuv deganda nimani tushunasiz?

  2. Ekologik yondashuvning maqsadi nimadan iborat?

  3. O‘zingiz yashab turgan qishloq yoki mahallani tizim sifatida qarab, ularning qanday tizimchalardan iborat ekanligini aniqlang va nomlarini daftaringizga yozing.

  4. Iqtisodiy yondashuvda qanday ishlar amalga oshiriladi?

3§. AMALIY GEOGRAFIYANING AHAMIYATI

Hozirgi paytda tabiat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirning tobora jiddiylashuvi va buning natijasida kelib chiqayotgan tabiiy, ekologik oqibatlar tabiatning qashshoqlashishiga sabab bo‘lmoqda. Jamiyat ishlab chiqarish kuchlarini keng miqyosda taraqqiy ettirish orqali tabiiy muhitga ta’sir etar ekan, uning o‘zi ham aks ta’siriga uchramoqda. Chunki insonning tabiatga ta’siri ko‘p hollarda tabiat qonunlarini hisobga olmasdan amalga oshirilmoqda. Bunday ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish va tabiat mahsuldorligini muntazam ko‘paytirib borish bugungi kunning dolzarb muammo- laridan biriga aylanib bormoqda. Mazkur muammoning yechimi-



da boshqa fanlar qatori geografiya ham faol ishtirok etmoqda va o‘zining munosib hissasini qo‘shmoqda.

Amaliy geografiya fani bugungi kunda insoniyat uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tabiiy va ijtimoiy muhitning o‘zgarishi va uni yaxshilashning umumsayyoraviy, mintaqaviy va mahalliy muammolari bilan shug‘ullanadi.

Tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar tobora murakkablashib borayotgan va ayrim hududlarda xavfli ekologik holatlar vujudga kelayotgan bir vaziyatda tabiiy muhitni sof holda saqlab qolish muammosi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur muammoni yechishda amaliy geografik tadqiqotlar muhim ahamiyatga ega.

Hozirgi paytda amaliy geografiyaning ilmiy yutuqlaridan inson uchun qulay ekologik sharoitlar yaratishda keng foydalanilmoqda. Natijada «ozon tuynugi»ning maydoni qisqarib bormoqda, yo‘qolib ketish arafasida turgan ko‘plab o‘simlik va hayvonlar saqlab qolinmoqda, ifloslangan daryo va ko‘llar suvi tozalanib bor- moqda (3-rasm). Sanoatning rivojlanishi natijasida buzilgan va ifloslangan landshaftlarni qayta tiklashning ilmiy asoslari ishlab chiqilmoqda.

Amaliy geografiya tabiiy resurslardan foydalanishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish, tabiat va jamiyatning o‘zaro ta’sirini yaxshilash, tabiiy ofatlarning oldini olish, hududlarning rivojlani- shini bashoratlash, yirik loyihalarni ekspertiza qilishning geografik- ekologik asoslab berish muammolarini hal etmoqda. Bu esa amaliy geografiya fanining yirik davlatlar va dunyo ahamiyatiga ega bo‘lgan muammolarni yechishdagi ishtiroki ortib borishiga sabab bo‘lmoqda.


Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish