«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi


§. TIBBIY-GEOGRAFIK TADQIQOTLAR



Download 2,02 Mb.
bet14/138
Sana06.01.2022
Hajmi2,02 Mb.
#324943
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   138
Bog'liq
amaliy geografiya

§. TIBBIY-GEOGRAFIK TADQIQOTLAR

Tibbiy geografiya geografik muhitning, ya’ni tabiiy va ijtimoiy- iqtisodiy omillarning aholi salomatligiga ta’sirini, kasalliklarning vujudga kelishi va geografik tarqalishini o‘rganadi.

Hozirgi paytda tibbiy-geografik tadqiqotlar ikkita yirik yo‘na- lishda olib borilmoqda. Birinchi yo‘nalishda atrof-muhitning inson salomatligiga ta’siri baholanadi va bashorat qilinadi. Ikkinchi yo‘nalishda kasalliklarning mahalliy tabiiy o‘choqlari aniqlanadi.

Atrof-muhitning tozaligi ko‘p jihatdan inson salomatligini belgi- lab beradi. U tabiiy va sun’iy omillar ta’sirida ifloslanadi. Atrof- muhitni ifloslovchi tabiiy omillarga shamol (havodagi chang miq- dorining ortib ketishiga olib keladi), vulkan otilishi (atmosferaning vulkan tutunlari va kullari bilan ifloslanishi), sellar, qurg‘oqchilik, suv toshqinlari, zilzilalar, chigirtka bosishi, surilmalar va h.k. kiradi.

Aholi zich joylashgan sanoat hududlarida sun’iy omillar ta’siri- da atrof-muhit (zavodlar, fabrikalar, metallurgiya, kimyo zavod- lari, konlar, issiqlik elektrostansiyalari, trnasport kabilar) ko‘proq ifloslanadi.

Atrof-muhitning og‘ir metallar bilan ifloslanishi inson salo- matligiga kuchli salbiy ta’sir etadi. Masalan, qo‘rg‘oshin asab tizi- mi, jigar va buyraklarni zaharlaydi. Simob ko‘proq jigar va buyrak- da to‘planadi, modda almashinuvini buzadi, kadmiy bolalar nutqining buzilishiga olib keladi, mishyak o‘pka va teri rakini keltirib chiqaradi. Qishloq xo‘jaligida qo‘llanadigan pestitsidlardan har yili jahonda 1 mln kishi zaharlanadi, ulardan taxminan 15—20 ming kishi hayotdan ko‘z yumadi. Avtomobillardan chiqadigan benzopiren moddasi, radioaktiv moddalar o‘pka rakini keltirib chiqaradi. Uglerod oksidining havodagi miqdori ortib ketishi orga- nizmda kislorod yetishmovchiligiga sabab bo‘ladi hamda asab va yurak-qon tomir tizimlarini ishdan chiqaradi.

Har bir hududning mahalliy tabiiy-geografik sharoiti inson salomatligiga turlicha ta’sir etishi mumkin. Havodagi kislorod miq- dori, havo bosimi, harorat va namlikning o‘zgarishi qon bosimi kasalligi bor bemorlarda miya va yurak faoliyati bilan bog‘liq turli asoratlar paydo qiladi.

Atmosferadagi kislorod miqdorining ortishi gipertoniya krizlari va miya insultlarining ko‘payishiga olib keladi. Kislorod miqdori- ning ortishi asosan qishda kuzatiladi. Tog‘larda balandga chiqqan


Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish