«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi



Download 2,02 Mb.
bet109/138
Sana06.01.2022
Hajmi2,02 Mb.
#324943
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   138
Bog'liq
amaliy geografiya

Eslab qoling!

IGeografik muhit deb Yer tabiatining kishilik jamiyati tarixiy taraq- qiyotining hozirgi bosqichida o‘zining hayoti va ishlab chiqarish faoliyati bilan bevosita ko‘rsatib turadigan qismiga aytiladi. Geografik makon falsafiy kategoriya bo‘lib, geografik qobiq doi- rasida moddiy geografik obyektlarning obyektiv va bilish mumkin bo‘lgan shakli.

Bilimingizni sinab ko'ring:

  1. Makon deganda F. Ratsel nimani tushungan?

  2. F.Ratsel tomonidan ishlab chiqilgan geosiyosiy qonunlarni aniqlang.

  3. F.Ratsel katta davlatlar va geografik ekspansiya to‘g‘risida qanday fikr bildirgan?

  4. F. Ratsel davlatning asosiy xususiyatlariga nimalarni kiritgan?

  1. §. GEOSIYOSATNING FAN SIFATIDA SHAKLLANISHIDA R. CHELLEN VA K. XAUSXOFER ISHLARINING AHAMIYATI

Geosiyosat fanining rivojlanishiga R. Chellen va K. Xausxofer juda katta hissa qo‘shgan.

R. Chellen birinchi bo‘lib davlat inson kabi sezuvchi, his qi- luvchi va o‘ylovchi mavjudotdir, degan fikrni aytgan. Davlat Yer yuzasida o‘zining kuchiga bog‘liq holda mavjuddir. U kurash hola- tida bo‘lib, tirik mavjudotlarga o‘xshab so‘ladi va halok bo‘ladi, deb ta’kidlaydi R. Chellen.

Yashash uchun kurash, R. Chellen fikriga ko‘ra, har qanday davlat organizmining mohiyatini tashkil etadi. Urush geografik makonni egallash maqsadida olib borilayotgan ushbu kurashning aniq bir shaklidir.

Kuch-qudrat davlatni ushlab turish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qonunga nisbatan muhimroq asosdir. Chunki qonunning o‘zi faqat kuch orqali ushlab turiladi. Qonun davlatga ma’naviy- axloqiy elementlarni olib kirsa, kuch-qudrat uning faoliyatini ta’minlaydi, deb ta’kidlaydi. R. Chellen davlat o‘z nomi bilan maqsaddir, u fuqarolari farovonligini yaxshilashga xizmat qiluvchi organizm emas, degan xulosaga kelgan.

K. Xausxofer (1896—1946) jahonda birinchi geosiyosatchilar maktabining asoschisi va tashkilotchisi hisoblanadi. Uning ilmiy izlanishlarida «hayotiy makon» kategoriyasiga katta e’tibor beril- gan.

«Hayotiy makon» tushunchasi (kategoriyasi)ning shakllanishi- da F. Maltus ishlari va g‘oyalari muhim o‘rin tutadi. F. Maltus aholi o‘sishi biologik qonunlar asosida geometrik progressiya bo‘yicha, oziq-ovqat mahsulotlari esa arifmetik progressiya bo‘yi- cha o‘sadi, degan g‘oyani olg‘a surgan. Shuning uchun aholining ko‘payishi oziq-ovqat mahsulotlarining ko‘payishiga nisbatan tez- roq bo‘ladi. Demak, u aholisi eng zich va eng ko‘p mamlakat — Germaniyada urushlarning oldini olib bo‘lmaydi, shunday sharoit- da tirik qolish uchun «hayotiy makon»ni kengaytirish zarur, degan xulosaga kelgan.

K. Xausxofer boshqa milliy g‘oya tarafdorlari kabi, nemis davlatining kuch-qudratini kuchaytirishga harakat qildi. Bu maq- sadga esa o‘z-o‘zidan, mamlakat industrial qudrati va madaniyati- ni ko‘tarmasdan geosiyosiy ekspansiya qilmasdan erishish mumkin emas edi. Germaniyaning Yevropa qoq markazida joylashganligi

5—Amaliy geografiya uni tabiiy holda g‘arbiy dengiz mamlakatlari — Angliya, Fransiya va kelajakda AQSH ga qarshi qilib qo‘ymoqda edi.

Shuning uchun ham Germaniyaning «Atlantika mamlakatlari» bilan siyosiy ittifoq tuzishi xomxayol hisoblanar edi. Bunda Fran- siya va Angliyaning hududiy e’tirozlari ham muhim o‘rin egalladi.

Mana shunday fikr-mulohazalar K. Xausxofer geosiyosiy qa- rashlarining asosi bo‘lib xizmat qildi.

Katta davlatlarning kichik davlatlar oldidagi yutuqli jihatlari to‘g‘risidagi Ratsel g‘oyasini o‘ziga asos qilib olib, K. Xausxofer Germaniyaning qo‘shni kichik davlatlar ustidan hech qanday gap- so‘zsiz hukmronlik qilishini mutlaq haqiqat deb, Germaniyaning iqtisodiy jihatdan Rossiyani o‘ziga tobe qilib olishini esa asosiy vazifalardan biri deb hisoblardi.




Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish