«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi



Download 2,02 Mb.
bet105/138
Sana06.01.2022
Hajmi2,02 Mb.
#324943
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   138
Bog'liq
amaliy geografiya

Eslab qoling!

IFrontal raqobat — raqobat qiluvchi asosiy kuchlarning hududiy joylashuvini aniqlab beruvchi frontal chiziqlar (yo‘nalishlar) tomonidan belgilanadi.

Kuchlar muvozanati — insoniyat va mintaqalarning taraqqiyotini belgilab beruvchi tarixiy kategoriya.



Bilimingizni sinab ko'ring:

  1. Geosiyosiy tahlilning eng muhim elementi nima?

  2. Davlat kuch-qudratini nimalar belgilab beradi?

  3. Geosiyosiy raqobat qanday xususiyatlarga ega?

  1. §. SIYOSAT VA GEOGRAFIYA FANI O‘RTASIDAGI ALOQADORLIK

Qadimgi davrlardanoq olimlar geografik muhitning inson siyosiy hayotiga ta’sirini o‘rganishga qiziqqanlar. Arastu o‘zining «Siyosat» deb nomlangan asarida quyidagi fikrni aytib o‘tgan: «Iqlimi sovuq bo‘lgan mamlakatlarda istiqomat qiluvchi kishilar dovyurak bo‘lishadi, ammo ularda xayoliy orzular va ixtirolar qi- lishga moyillik yo‘q. Shuning uchun ham ular boshqa xalqlarga nisbatan ko‘proq vaqt ozodlikni saqlab turishadi, biroq o‘z qo‘- shinlariga boshchilik qilish va ularni boshqarish qobiliyatiga ega emas, ular siyosiy rahbarlikka muhtojdirlar. Janubiy xalqlar, aksin- cha, chuqur o‘ylaydigan va qiyin holatlardan chiqib ketishga ustadirlar. Ammo ular g‘ayratli emaslar. Shuning uchun ham qul- lik va tobelik ularga xos «tabiiy holatdir». Oraliq mintaqalarda istiqomat qiluvchi yunonlar esa o‘zlarida Shimol hamda Janub xalqlariga xos bo‘lgan eng yaxshi xislatlarni jo qilganlar».

Bunday siyosiy nazariyada geografik determinizm an’analariga yo‘l ochib berilgan edi. Mazkur yondashuv Jan Boden tomonidan rivojlantirildi. U insonning rivojlanishiga geografik muhit xalq xarakteri va ruhiyati orqali ta’sir ko‘rsatadi, degan xulosaga kelgan. Uning fikricha, inson hayoti uchun eng qulay va yaxshi sharoitlar mo‘tadil mintaqada, 40—50° shimoliy kengliklar oralig‘ida mavjud. Aynan mana shu hududlarda qudratli davlatlar vujudga kelganligi- ni ko‘rsatib o‘tadi. Jan Boden mustaqil davlatlarning kuch-qudrati va taraqqiyoti ularni o‘rab turgan tabiiy sharoitning ta’siriga bevosita bog‘liq, deb hisoblagan.



Sh.Monteske ijtimoiy hayot shakllarining rivojlanishida iqlim hal qiluvchi ahamiyatga ega, deb hisoblagan hamda mamlakat qonunlari uning geografik sharoitlariga mos bo‘lishi zarurligini asoslab bergan.

Geografik determinizm g‘oyalari Germaniyada XVIII va XIX asrlarda siyosiy geografiyadan geosiyosatgacha bo‘lgan davrni bosib o‘tdi.

Geografik determinizm (lotincha «determino» — aniqlayman) g‘oyasiga binoan ijtimoiy sharoitni mamlakatning geografik joy- lashishi va tabiiy sharoiti belgilab beradi. Geografik determinizm g‘oyasi vakillarining fikricha, kishilik jamiyatining rivojlanishini geografik sharoitning xususiyatlari belgilab beradi. Masalan, Ritter dunyoni ikki qismga bo‘ladi — suvlik (okeanlar) va quruqlikka. U quruqlik Shimoliy yarimsharda, suvlik esa Janubiy yarimsharda asosiy maydonni tashkil qilishini ta’kidlaydi. Shimolda joylashgan quruqlikni «Eski dunyo» (Yevropa, Osiyo) va «Yangi dunyo» (Shi- moliy va Janubiy Amerika)ga bo‘ladi.

Uning fikricha, «Eski dunyo» g‘arbdan sharqqa katta masofa- ga cho‘zilganligi sababli iqlimiy jihatdan bir xillikka ega. «Yangi dunyo» esa shimoldan janubga tomon katta masofaga cho‘zilgan- ligi tufayli iqlimiy farqlari juda katta. Mazkur iqlimiy farqlar Ritterning fikricha, mintaqada istiqomat qiluvchi xalqlar xarakteri- ga katta ta’sir ko‘rsatadi.




Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish