Eslab qoling!
«Tarixning geografik o‘qi» — eng muhim va yirik davlatlar hudud- * lari chiziqlar (yoki Xartlend).
Bilimingizni sinab ko'ring:
Geosiyosiy g‘oyalarining rivojlanishida qanday yo‘nalishlar mavjud?
Angliya—Amerika yo‘nalishida asosiy e’tibor nimalarga qaratiladi?
q 3. Kontinental yo‘nalishda asosiy e’tibor nimaga yo‘naltiriladi?
«Xartlend» nima?
§. N. SPAYKMEN VA KLASSIK «ATLANTIZM»
N. Spaykmen (1893—1943) geosiyosat nazariyasi va amaliyoti- ga ulkan hissa qo‘shgan amerikalik tadqiqotchidir. U Xartlend potensial makon bo‘lib, mustaqil g‘oyalarni hal qila olmaydi, bu vazifalarni, shu jumladan, dunyoga hukmronlik qilish vazifasini Rimlend bajarishi mumkin, deb hisoblaydi.
N. Spaykmen dunyoni uch qismga, ya’ni Xartlend, Rimlend va olisda joylashgan Afrika va Avstraliya qit’alariga bo‘ladi. Rimlend tarkibiga G‘arbiy va Markaziy Yevropa, Turkiya, Eron, Saudiya Arabistoni, Uzoq Sharq mamlakatlari va Xitoy kiritilgan.
N. Spaykmenning g‘oyasiga ko‘ra, kim Rimlendni nazorat qilsa, u Yevropada hukmdorlik qiladi, kim Yevroosiyoni nazorat qilsa, u jahon taqdirini hal qiladi.
N. Spaykmen AQSH ni Xartlendga nisbatan ham, Rimlendga nisbatan ham juda qulay o‘ringa ega deb hisoblaydi. U «O‘rta okean tushunchasi»ni muomalaga kiritdi va Atlantika dunyosi tomonidan Rimlend ustidan o‘rnatilgan nazorat quruqlik kuchla- rini mag‘lub bo‘lishiga va Atlantika dunyosi tobe holatga tushishi- ga sabab bo‘ldi, degan xulosaga kelgan.
N. Spaykmen davlat geosiyosiy qudratini ta’minlovchi 10 ta mezonni alohida ajratib ko‘rsatadi. Ular quyidagilardan iborat: 1) hudud yuzasining tuzilishi; 2) chegaralarining tabiati; 3) aholi soni; 4) foydali qazilmalarning mavjudligi yoki yo‘qligi; 5) iqtisodiy va texnologik taraqqiyot; 6) davlat moliyaviy quvvati; 7) etnik birli- gi; 8) sotsial integratsiyalashish darajasi; 9) siyosiy barqarorlik; 10) millat ruhi.
Yuqorida keltirilgan baholash shkalasidan foydalangan holda davlatning umumiy geosiyosiy kuch-qudratini aniqlash mumkin. Agar umumiy baho uncha yuqori bo‘lmasa, bunday holat o‘z- o‘zidan ushbu davlatni boshqa davlatlar bilan strategik ittifoqlar tuzishga majbur qiladi. Bu esa mazkur davlat suverinitetiga ma’lum darajada putur yetkazadi.
N. Spaykmen Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Yevropa davlat- lari mustaqilligining pasayishini, AQSH mustaqilligining esa oshi- shini bashorat qilgan edi. Bu bashorat hozirda, XXI asrda o‘zining aniq ifodasini topmoqda. Kuchlar nisbati borgan sari AQSH foy- dasiga hal bo‘lmoqda. Afg‘oniston, Iroq, Bosniya, Gersogovina, Kosovo va boshqa davlatlarda bo‘lib o‘tgan voqealar buni to‘la- to‘kis tasdiqlamoqda.
IEslab qoling!
Rimlend — tarkibiga G‘arbiy va Markaziy Yevropa, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Iroq, Pokiston, Hindiston, Uzoq Sharq
• mamlakatlari va Xitoy kiritilgan hudud.
Bilimingizni sinab ko'ring:
91. N. Spaykmen dunyoni qanday qismlarga bo‘lgan?
2. N. Spaykmen ishlab chiqqan davlat geosiyosiy qudratini ta’min- lovchi mezonlar to‘g‘risida gapirib bering.
«O‘rta okean tushunchasi»ning mohiyati haqida so‘zlab bering.
* 4. N. Spaykmen ikkinchi jahon urushidan so‘ng qaysi davlatning
mavqeyi oshib borishini bashorat qilgan edi?
Do'stlaringiz bilan baham: |