Qofiyadoshini top” o‘yini. O‘quvchilar “Dehqon” she’ri dagi
qofiyadosh so‘zlarni topib aytadilar. Eng ko‘p qofiyadosh so‘z
topgan o‘quvchi g‘olib bo‘ladi.
V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
Darsda o‘rganilganlar yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
O‘quvchilar darsdagi ishtiroki va faolligiga ko‘ra baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. “Dehqon” she’rini yodlash.
23-d a r s
Mavzu: “Salomlashish odobi” (
Husayn Voiz Koshifiy).
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarni insoniylik fazilatlarining boshi bo‘lgan sa-
lomlashish odobi yuzasidan tushuncha berish, “Salomlashish odobi”
matnining mazmuni bilan tanishtirish, ifodali o‘qishga o‘rgatish.
FK 1: matn mazmunidan ta’sirlanish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarga matnda bayon qilingan milliy va umum-
insoniy qadriyatlarni anglash, yosh avlodning har jihatdan kamol to-
pishiga yuksak ishonch g‘oyasining tarbiyaviy ahamiyatiga e’tibor
qaratish.
TK 4: ezgulikdan o‘rnak olishga intilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |