53
5. Ekologik guruhlarga mansub o‘simliklarni jadvalga yozing.
O‘simliklarning ekologik guruhlari
Yorug‘sevar o‘simliklar Soyaga chidamli o‘simliklar
Soyasevar o‘simliklar
9-§. HARORAT – MUHITNING ABIOTIK OMILI
Tayanch bilimlaringizni qo‘llang.
Botanika va zoologiya darslarida
olgan bilimlaringiz asosida haroratning urug‘larning unishi, hayvonlarda
sodir bo‘ladigan hayotiy jarayonlar, hayot faoliyatiga qanday ta’sir
ko‘rsatishini misollar bilan tushuntiring.
Harorat
ekologik omil sifatida tirik organizmlar hayotida muhim o‘rin
tutadi, hayvon va o‘simliklar hayotida moddalar almashinuvi, biokimyoviy
va fiziologik jarayonlarning sodir bo‘lishi va tezligiga ta’sir qiladi. Tirik
organizmlarning Yer shari bo‘ylab tarqalishida, ularning xulq-atvori, xatti-
harakatlarining namoyon bo‘lishida harorat katta rol o‘ynaydi.
Harorat sutka davomida yil fasllari bilan bog‘liq holda mavsumiy
hamda geografik zonallik jihatdan o‘zgaruvchan omildir. Tirik organizm
uchun haroratning chidamlilik chegarasi oqsillar, hayotiy muhim fermentlar
faoliyatining buzilishiga – denaturatsiyasiga olib keluvchi harorat bilan
belgilanadi.
Harorat 0°C dan pasayganda suvning muzlashi tufayli muz kristallari
hosil bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida hujayra membranasining shikastlanishiga
hamda hujayraning nobud bo‘lishiga olib keladi.
Turli organizmlar normal hayot kechirishi mumkin bo‘lgan harorat o‘rtacha
0°C dan +50°C gacha hisoblanadi. Ammo sayyoramizda organizmlar hayot
faoliyati katta harorat diapozonida kechadi. Quruqlikda eng minimal harorat
–70°C, maksimal harorat +55°C, dengizda minimal harorat +3°C, maksimal
harorat +35°C ga teng bo‘lsa, chuchuk suvda esa qishda +5°C dan +7°C
gacha, yoz oylarida +20°C dan +35°C gacha, geotermal (yunoncha «geo» –
yer, «terme» – issiq) suv manbalarida +25°C dan +90°C gacha bo‘ladi.
Ba’zi organizmlar, masalan, ayrim bakteriyalar, ko‘k-yashil suvo‘tlar
issiq suv havzalarida, yopishqoq lishayniklar sporalari, cho‘l o‘simliklarining
urug‘lari, vegetativ organlari qizib yotgan tuproqqa bardoshlidir.
54
O‘ta sovuq haroratga chidamli o‘simlik va hayvon turlari ham
mavjud. Ayrim suvo‘tlar, chuvalchanglar, molluskalar, qisqichbaqa-
simonlar, baliqlar, kurakoyoqli sutemizuvchilarning hayotiy faoliyati
0°C dan +2°C da kechadi.
Termoregulatsiya jarayoni usullariga hamda harorat omiliga moslanish
darajasiga ko‘ra organizmlar ikki guruhga: poykiloterm (sovuqqonli) va
gomoyoterm (issiqqonli) organizmlarga ajratiladi.
Poykiloterm
organizmlar (yunoncha «poykilos» – o‘zgaruvchan,
«therme» – issiqlik) – tana harorati tashqi muhit haroratiga bog‘liq ravishda
o‘zgaruvchi organizmlardir. Ularga umurtqasiz hayvonlar, baliqlar, suvda
hamda quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar kiradi. Ular tana
haroratini doimiy holatda saqlay olmaydi. Atrof-muhit haroratining ko‘tarilishi,
bu organizmlarda boradigan fiziologik jarayonlar – moddalar almashinuvi,
nafas olish, qon aylanish tezlashishiga sabab bo‘ladi, organizmning o‘sish,
rivojlanish va ko‘payish sur’ati ortadi. Haroratning pasayishi organizmlarda
moddalar almashinuvining sustlashishi, ayrim turlarning karaxt holga kelishi,
uyquga ketishi, ba’zi hollarda nobud bo‘lishiga olib keladi.
Gomoyoterm
organizmlar (yunoncha «gomoyos» – o‘xshash, bir
xil, «therme» – issiqlik) – tana haroratini tashqi muhit haroratiga
bog‘liq bo‘lmagan holda nisbatan doimiy holatda saqlashga moslashgan
organizmlardir. Ularga qushlar va sutemizuvchilar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: