O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi
Mirzo ulug`bek nomidagi o`zbekiston milliy universiteti
Ekologiya fakulteti
sirtqi bo`lim 4-kurs TALABASI
Suv organizmlarning ekologik guruhlari mavzusidagi
Mustaqil ish
Topshirdi: Allaberdiyev A.
Qabul qildi: Odilov s.
toshkent-2022
Suv muhitidagi organizmlarning ekologik guruhlari va ularning tarqalish qonunlari.
Suv muhitida organizmlarning bir nechta ekologik gurihlari vakillar: plankton, nekton, bentos, perifiton va heston uchraydi.
Plankton tushunchasi. Suv massasida muallaq holda uchraydigan organizmlar plankton organizmlar deyiladi. Plankton- fitoplankton va hayvonlar planktoni- zooplanktonga bo’linadi. Plankton organizmlar juda ko’p moslashish xislatlari bilan xarakterlanadi, ya’ni:
1. Ularning tanalari kattaligining qisqarishi hisobiga tananing umumiy yuzasining kattalashishi, yalpoq, uzun holga kelishi, turli tikanlar, po’kaklar, o’simtalarning hosil bo’lishi esa, organizmlarning suvda ishqalanishini ko’chaytiradi.
2. Plankton organizmlar tana zichligining kamayishi, ularning tanasidagi skeletni reduksiyalanish (yuqola borishi), hujayra va tanalarda yog’ va gaz pufakchalari hosil bo’lishi natijasida yuzaga kelgan va ular suvning oqimi bilan uzoq masofalarga ketsa, zooplankton vakillari suv qatlamlarida vertikal tarqalish imkoniyatiga ega bo’lib, suvda yuzlab metr pastga tushadi va yuqoriga ko’tarilib turadi.
Organizmlarning plankton va nekton holda yashashga va suvda suzish uchun turli xil moslashishlari ularning suvning chuqur qatlamlariga tushish- chiqishini sekinlashtiradi.
Bentos va perifitton. Bentos organizmlar suv tagidagi loy, tosh va boshqa narsalarga yopishgan, birikkan holda yashaydi. Tananing ostki qismi loy- qoyalarga birikkan bo’lsa, tananing asosiy qismi suv massasi ichida bo’ladi. Shunday guruhlarga ipsimon, lentasimon, yashil, qo’ng’ir, qizil suvo’tlar va gulli o’simlik vakillari kiradi. Bentos hayvonlar vaqti- vaqti bilan bir joydan ikkinchi joyga kuchib yuradi, bularga krablar, dengiz yulduzlari kiradi. Boshqa guruh hayvonlar bir joydan loy yoki tosh ustida yashaydi, bu sedentar guruh organizmlarga mollyuskalar, dengiz tipratikanlari kirsa, yopishib yashaydigan, sessil organizmlarga gubkalar, meshankalar misol bo’ladi. Bentos organizmlar fitobentos va zoobentos guruhiga bo’linadi.
Perfitonni hosil qiluvchi o’simliklar (ko’pchilik suv o’tlar, ayrim gulli o’simliklar) va hayvonlar, kemalar, qayiqlar, suvga botib turgan temir, yog’och ustunlar, qamish, qug’a, daraxt tanalari, shoxlari ustida o’sadi va yashaydi. Suvga botib turgan o’lik va tirik narsalar ustida rivojlangan organizmlar perifiton organizmlar deyiladi.
Bentos va perfiton organizmlarning ma’lum biotopga joylashib turushida bir qancha kuchlar, tashqi muhit omillari ta’sir qiladi; masalan, suvning harakati, turli nekton – hayvonlarning harakati, ularning bentos bilan oziqalanishi, gravitatsion kuchlar, suv sathining pasayib – ko’tarib turushi, suvda kema va qayiqlarning suzushi, to’lqinlar kabi ta’sir kuchlar misol bo’ladi.
Neyston va pleyston suv muhitidagi yana bir ekologik guruh nekton bo’lib, bu guruhga kiruvchi organizmlar juda tez suzish qobilyatiga ega. Ular suvning oqish kuchiga qarshi harakat qila oladi. Nekton guruhiga baliqlar, kalmarlar, delfenlar, akulalar kirib, ularning torpeda, reaktiv ko’rinishda tuzulishi va harakat, muskullari suvning turli qatlamlarida yashashga moslashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |