O‘simliklarda haroratning o‘zgarishiga moslanishlar.
O‘simliklarning
hayotiy faoliyati ko‘p jihatdan atrof-muhitning haroratiga bog‘liq. Issiqlikka
bo‘lgan talabiga ko‘ra o‘simliklar ekologik guruhlarga ajratiladi: issiqsevar
o‘simliklar va sovuqqa chidamli o‘simliklar.
Issiqsevar o‘simliklar tropik, subtropik iqlim mintaqalarida hamda
mo‘tadil iqlim mintaqalarining quyosh yaxshi isitadigan joylarida o‘sadi.
Sovuqqa chidamli o‘simliklar Yer sharining sovuq va mo‘tadil iqlim
mintaqalarida tarqalgan.
Evolutsiya jarayonida o‘simliklarda haroratga nisbatan biokimyoviy,
fiziologik, morfologik adaptatsiyalar – moslanishlar paydo bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |