II - Bob bo`yicha xulosa
Magistrlik dissertatsiyasi ilmiy-tadqiqot ishini maqsad va vazifalari hal
etish va oldinga qo`yilagan muammolarni o`rganish uchun biz o`zimizning
oldimizga quyidagi metod va usullardan foydalanishni belgiladik.
- Ilmiy adabiyot manbalarini tahlil etish va umumlashtirish.
- Maktabgacha tarbiya yoshidagi va oromgoh bolalarning jismoniy tayyorgarlik natijalari.
- Pedagogik tajriba o`tkazish.
- Olingan ma’lumotlarni matematik usulda tahlil qilish.
Shu bilan birga tadqiqotni tashkil qilinishini bosqichlarini ishlab chiqdik
va ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishni uchta bosqichga bo`ldik.
Tadqiqotning birinchi bosqichida mavzuga tegishli bo`lgan ilmiy adabiyotlar o`rganildi, tahlil qilindi va umumlashtirildi. Mavzuning dolzarbligi yoritildi, maqsad va vazifalar belgilandi.
Ikkinchi bosqichda maktabgcha tarbiya yoshidagi 6-7 yoshli bolalarni va oromgoh bolalarini jismoniy tayyorgarlik holatini aniqlash uchun test me’yor o`lchovlari aniqlandi va tajribagacha bo`lgan dastlabki ko`rsatkichlar olindi.
Uchinchi bosqichda esa maktabgacha tarbiya muassasalarida hamda oromgohda o`quvtarbiya ishlarini tashkil etishning mohiyatli tomonlari o`rganildi, pedagogik tajriba o`tkazildi. Olingan dastlabki yakuniy natijalar o`rganilib, tahlil qilindi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning jismoniy tayyorgarligini aniqlash uchun maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalarining jismoniy tayyorgarligini aniqlash testlari me’yorlaridan foydalandik.
III.BОB. YOSHLARNING SОG’LОM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISH USLUBLARINI TAKOMILLASHTIRISHNI TAJRIBADA ISBOTLASH
3.1. Yoshlarning sog’lom turmush tarzini shakllantirishda maktabgacha ta’lim va oromgoh bolalarida tajriba sinov ishlari.
Pedagoglarning bolalarni jismoniy rivojlantirish sohasidan xabardorliklari, bola organizmi rivojlanishi xususiyatlarini bilishlari pedagogga o`quv yuklamasini ratsional taqsimlashga shug’ullanuvchilar o`sishlari, ularning tayyorgarliklarini hisobga olib jismoniy ishlarni va mashqlarni me’yorlashtirishga yordam beradi.
Har bir guruhda turli tayyorgarlikka ega bolalar jamlangan; jismoniy va o`sish og’irligi ko`rsatkichlari, jismoniy sifatlari rivojlanganligi. Mana shu sababli yuklamalardan ratsional foydalanishda katta qiyinchiliklar
yuzaga keladi. Bizlarda ushbu jismoniy yuklamalar yetarli, boshqalari uchun
yetarli emas.
Bolalarning jismoniy rivojlanishlari o`sish jarayoni bilan belgilanadi. Bola
- o`sayotgan inson hayoti har bir davri uchun tananing alohida qismlari o`sishi
jadalligi ma’lum nisbatlarga xos bo`ladi. O`sish va rivojlanish jarayonida bola
organizmida murakkab va turli o`zgarishlar sodir bo`ladi. Organizmda sodir
bo`layotgan miqdorli o`zgarishlar, tana og’irligining ortishi o`sish tushunchasi
bilan bog’liq.
Bizlar Samarqand viloyati Urgut tumani 2-sonli maktabgacha talim muassasasida tajriba guruhida 13 nafar (8 nafar qiz), nazorat guruhida esa 13 nafar (8 nafar qiz) jami 26 nafar o’z xoxishiga ko’ra saralab olingan bolarda “Maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalarining jismoniy tayyorgarligini aniqlash testlari” bo’yicha me’yorlar olindi (2-jadval)
2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |