Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti



Download 143,35 Kb.
bet10/17
Sana27.06.2022
Hajmi143,35 Kb.
#710837
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
2-BU NIZOMOV 14-may


Maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalarining jismoniy
tayyorgarligini aniqlash testlari
1-jadval



Testlarning
nomi


Bajarilish uslubiyati

1

Yuqori
startdan 30
metrga
yugurish
(soniya)

Bu test maxsus ajratilgan yugurish yo`lagida o`tkaziladigan
mashg’ulot. Test sinovidan oldin umumiy rivojlantiruvchi
tayyorlov mashg’ulot mashqlari o`tkaziladi, so`ng
kuzatiluvchi bola 2-3 marta yugurishni bajaradi va eng
yaxshi ko`rsatgan natijasi olinadi, dam olish oralig’i 5
daqiqa. Test natijalari sekundomer bilan o`lchanadi.

2

4 x 10 metrga
mokisimon
yugurish
(soniya)

Test bog’cha maydonchasida o`tkaziladi. Umumiy
rivojlantiruvchi mashqlardan so`ng kuzatiluvchi bola uni 2-
3 urinishda bajaradi. Ko`rsatkich sekundomer yordamida
olinadi. Bu testni qabul qilishda erga o`n metr oraliqda
ikkita parallel chiziq chiziladi. Mokisimon yugurish uchun
qarama-qarshi chiziqda bir xildagi 4 ta buyumlar kerak
bo`ladi (kubiklar, kichik qo`g’irchoqlar, shiqildoq va
boshqalar). Sinaluvchi «Xushtak chalish» yoki «Boshla!»
buyrug’i bilan o`z chiziqlaridan yuguradi. 1 ta buyumni olib
(har bir bolaga 2 tadan buyum qo`yiladi) orqasiga o`giriladi
va o`z yo`lagida orqaga qaytib yugurib kelib, buyumni
chiziqdan tashqariga qo`yadi. Ikkinchi buyumni olish uchun
yana oldinga yugurib kelib, qolgan 2 chi buyumni olib
orqaga qaytadi va 1 chi buyumning yoniga qo`yadi.
Buyumni otish va tashlash mann etiladi. Ushbu testni
o`tkazish qulayligi qatnashuvchi va nazoratchi bir chiziq
tomonda turishadi hamda bola buyumni aylanib o`tmaydi.

3

Turgan joydan
uzunlikka
sakrash (sm)

Test sport zalida yoki yugurish yo`lagida o`tkaziladi.
Umumiy rivojlantiruvchi va maxsus yo`naltirilgan
mashqlardan so`ng kuzatiluvchi bola 2-3 marta urinishni
bajaradi. Sakrash uzunligi sm bilan o`lchanadi.

4

Tennis to’pini uzoqqa uloqtirish (sm)

Test bog’cha sport zalida bajariladi. Oyoqlarni 30 sm
oralig’ida ochib tizzalarni chiziq ustidan qo`ygan holda
uzatib o`tiriladi. Umumiy rivojlantiruvchi mashqlardan
so`ng sinaluvchi bola ikki qo`l bilan to`pni bosh ustidan
oldinga otadi. natija sm o`lchovida chiziqdan to`p tushgan
joygacha o`lchanadi.

Muammoni hal etishda nazoratimizdagi barcha tajriba guruhidagi (13


nafar) 6-7-yoshli bolalarni ertalabki badantarbiya mashqlarini musiqa sadosi ostida bajarish, nazorat guruhida (13 nafar) esa musiqasiz mashqlar bajarishli,gigiena qoidalariga amal qilgan holda ertalabki badantarbiya mashqlari va chiniqtirish tadbirlarini bajartirish jarayonida qiyoslash nuqtai nazaridan o`rganildi.
Etalabki badantarbiya mashqlari bolaning oiladagi kundalik rejimining
majburiy qismidir. Uning muntazam o`tkazib turilishi bolalarda asta-sekin
yoqimli mushak sezgisi, ijobiy emotsiyalar, xushchaqchaqlik kayfiyatini
uyg’otadigan jismoniy mashqlarga nisbatan ko`nikishni tarbiyalaydi. Ertalabki
gimnastikaning ahamiyati rang-barang: u organizmning hayot faoliyatini
yaxshilaydi, uyqudan so`ng nerv tizimini harakatga keltiradi, bedorlikka o`tish
vaqtini qisqartiradi, ijobiy xislar uyg’otadi. Uyqudan so`ng maxsus tanlangan
jismoniy mashqlardan iborat ertalabki gimnastika bolani butun organizimini
asta-sekin faoliyat holatiga jalb etadi. Jismoniy mashqlarni bajarish bosh miya
tizimi faolligini kuchaytiradi. Ko`rish, eshitish, tayanch harakat, teri kabi barcha
retseptorlardan bosh miyaga keladigan butun impul’slar oqimi nerv tizimi ish
qobiliyatini va organizmining hayot faoliyatini tiklaydi. ertalabki gimnastika
to`g’ri qad-qomatni tarbiyalashga ta`sir etib, nafas olishni chuqurlashtiradi, qon
aylanishini kuchaytiradi, modda almashinuviga yordam beradi. ertalabki
gimnastika bolalarda diqqatni, maqsadga intiluvchanlikni tarbiyalaydi, aqliy
faoliyatining oshishiga yordam beradi, emotsiya va quvonch tuyg’ularini
uyg’otadi.
Maktabgacha talim muassasasida 6-7 yoshli bolalar orasidan tajriba guruhida 13 nafar (8 nafar qiz), nazorat guruhida esa 13 nafar (8 nafar qiz) jami 26 nafar bolalar o’z xoxishiga ko’ra saralab olindi. Tadqiqot o’tkazishdan oldin bolalardan “Maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalarining jismoniy tayyorgarligini aniqlash testlari” bo’yicha me’yorlar olindi.
Oromgohda 6-7 yoshli boalar orasidan tajriba guruhida 12 nafar, nazorat guruhida 12 nafar jami 24 nafar bolajonlar saralab olindi.
Oromgoh va maktabgacha ta’lim muassasasida ertalabki va kechki badantarbiyani o’tkazish uchun 5 tadan jami 10 ta musiqa saralab olindi.
Ertalabki badantarbiya uchun:

  1. Asqarxo’ja (maxsus badantarbiya uchun mo’ljallangan qo’shiq).

  2. Andijon polkasi.

  3. Ariva-korporativni tanest.

  4. Shakira-La-la-la.

  5. Shakira-Waka-waka.

Kechki badantarbiya uchun:

  1. Asqarxo’ja (maxsus badantarbiya uchun mo’ljallangan qo’shiq).

  2. A.Zokirov-Bizning oromgoh

  3. O’zbekcha-Bugi mugi.

  4. Macarena

  5. Shaxzoda-Qilpillama musiqalaridan foydalanildi.

Tajriba jarayonida saralab oliningan tajriba guruhida misiqali jisoniy mashqlar va nazorat guruhida esa musiqasiz jismoniy mashqlar bajarildi.
Ertalabki badantarbiya mashqlari so’ngida sur’atni sekinlatib yurish, nafas rostlash mashqlari bilan tugatildi. Bunday mashg’ulotlar bolalar yuragining qisqarish chastotasini (pulsini) me’yor holatiga keltiradi.
Jismoniy mashqlarni bajarish mushak ishini faollashtiradi, bu o’z navbatida qon aylanishini kuchaytiradi va oqibatda yurak ishining, nafas olishning intensivligini oshiradi, miyaning qon bilan ta’minlanishini faollashtiradi. Ayniqsa musiqa sadosi ostida jismoniy mashq bajarish:
Birinchidan,musiqa va jismoniy mashqlar-ijobiy kayfiyat paydo qiladi. Musiqa jismoniy mashqlar paytida sizning yaxshi kayfiyatingizni oshiradi. Buning sababi shundaki, u odamga hozirgi holatini unutishga yordam beradi. Boshqacha qilib aytganda, shunchaki qo’shiqni eshitishni o’zi yetarli emas. Darhaqiqat, odam qandaydir sabablarga ko’ra qo’shiqlarni shaxsiy xohish-istaklariga ko’ra eshitganda, uning samarasi, ayniqsa, yuqori buladi.
Ikkinchidan, musiqa jismoniy imkoniyatni oshiradi. Bu sizning faolligingiz o’z-o’zidan o’sishiga mos keladi. Musiqa tinglayotganda jismoniy mashqlarni odatdagidan ko’ra xuddi shu kuchni sarflagan holda ko’proq mashq qilishingiz mumkin. Bu, asosan, takrorlanadigan aerobik mashqlarga taalluqlidir. Faoliyat qo’shiq ritmiga moslashtitilgandagina samarali bo’ladi.
Uchunchidan, musiqa va jismoniy mashqlar ta’sirida charchoq holati kamayishi. Musiqaning yana bir qiziqarli foydasi shundaki, u sizning harakatlaringiz haqidagi idrokni o’zgartiradi. Boshqacha qilib aytganda, bu sizga jismoniy mashqlar unchalik qiyin va mashaqqatli emasligini his qilishingizga yordam beradi.
To’rtinchidan,bu fiziologik samaradorlikni yaxshilaydi. Hamma narsa shuni ko’rsatadiki, turli xil ritmlarni tinglash paytida tanangizning tebranishiga qo’shilgan qo’zg’atilgan kayfiyat sizning nafasingizni yanada uyg’unlashtiradi. Shuning uchun siz nafasingizni yaxshilaysiz.Yangilik shundaki, ushbu tadqiqot sizga ta’sir yuqori darajada prinsipial jihatdan og’ir bo’lib tuyuladigan faoliyatni amalga oshirishda yordam berishi mumkinligini ko’rishga imkon beradi. Shunday qilib, musiqa - jismoniy mashqlar kishiga ko’proq jismoniy tomondan foyda olish uchun ajoyib vositadir.
Bularning barchasi birgalikda bolalar ruhiyati va emotsional – ijobiy
holatining shakllanishiga, diqqatning, aqliy faoliyat va umumiy jismoniy
holatning oshishiga ta`sir qiladi. Charchoq yo`qoladi, bola dam oladi va yana
ishtiyoq bilan shug’ullana boshlaydi.
Chiniqtirish tadbirlari. Bolalarni chiniqtirish maqsadida havo vannalari, suv muolajalari (artinish, suv quyish, dush, cho`milish) va quyosh vannalaridan foydalanildi.
Tabiiy omillardan mujassam holda foydalanish bolalarda tashqi
muhitning turli xil noxush ta`sirlariga (nam havo, yomg’ir, shamol, qizish) nisbatan chidamlilikni hosil qiladi.
Chiniqtirish tadbirlari jismoniy mashqlar bilan birgalikda olib borilganda
juda samarali bo`ladi: faol mushak ishi issiqlik regulyatsiyasining takomillashuv
jarayoniga va bu bilan organizmning tashqi muhitga moslashuviga yordam
beradi.
Chiniqish jarayoni xilma-xil, u bir tomondan shifokor tavsiyasiga ko`ra
maxsus tadbirlar (havo, suv, quyosh vannalari)ni, ikkinchi tomondan kun
tartibida belgilangan shartni (xonani muntazam shamollatib turish, darchalarning
ochiq turishi, bolalar engil kiyim-bosh va poyabzali, sayrning belgilangan
muddatiga va bolalar harakat faolligi tartibiga rioya qilish, derazalari ochiq
ayvonda uxlash) o`z ichiga oladi. Bularning hammasi organizmning to`laqonli
Chiniqishini ta`minlaydi, unda yoqimli o`zgarishlar paydo qiladi (nerv
tizimining holati va vazifasini, modda almashinishi jarayonini, qon tarkibini
yaxshilaydi, nafas olishni chuqurlashtiradi, psixikaning hissiy-ijobiy holatini
vujudga keltiradi) bola hatti-harakatini bu sharoitga moslashtiradi. Bunda tabiiy omillardan oqilona foydalanish yaxshi natija beradi.
Shaxsiy gigiena umumiy gigienaning bo`limi bo`lib, tanani, og’iz
bo`shlig’ini parvarishlash bilan bog’liq bo`lgan masalalarni yaratish va axoli
o`rtasidagi gigenik malakalarni tarbiyalashni o`rganadi va ishlab chiqadi.
SHaxsiy gigienaning talablarini bajarish sog’liqni saqlashda katta ahamiyatga
ega bo`lib, yuqumli va boshqa kasalliklarning tarqalishiga yo`l qo`ymaydi.
Jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanuvchilarning shaxsiy gigienaga rioya
qilishini nazorat qilib turishda sport kamandalari shifokorlar, jismoniy tarbiya
o`kituvchilari, sport murabbiylari muxim rol o`ynaydi. SHaxsiy gigiena norma
va qoidalariga rioya qilmaslik faqat kasallikkagina olib kelmay, balki
sportchining chidamliligi va ishlash qobiliyatini pasaytirib, xatto vaqtincha sport
bilan shu g’ullanishni to`xtatib quyishga olib keladi. SHaxsiy gigiena
qoidalariga rioya qilmaslik natijasida oyoqning shilinishi, sovuq urishi,
Shuningdek yiringli yaralar va zamburug’ga oid teri kasalliklar paydo bo`lishi
bilan bo g’liqdir.
Trenirovka qiluvchi sportchining kundalik rejimi sport bayramlarida va
oddiy xayot sharoitlarida tanani parvarish qilish uchun kerak bo`lgan umumiy va
maxsus tadbirlar etarli darajada ko`rilgan bo`lishi kerak. Bu soxada Shuningdek
sanitariya maorifi ishlarni olib borishi zarur. Teri bir qator fiziologik
funktsiyalarni bajaradi. Terida juda ko`p nerv tolalarining uchlari joylashganligi
sababli tashqi taasurotni qabul qilishda birinchi analizator xisoblanadi. Markaziy
nerv sistemasi teri retseptorlari bilan ko`p tomonlama aloqada o`lib, organizmda
fiziologik jarayonlarni boshqarib turadi. Binobarin teri dastlab sezgi organi
uchun katta ahamiyatga ega bo`lib, temperatura, og’riq va taktil sezuvchanlikka
egadir.
Organizmga mexanik, fizik va kimyoviy taasurotdan, Shuningdek
mikroblarni o`tishidan saqlashda teri to`siq vazifasini o`taydi. Teri ajratish
organi sifatida katta ahamiyatga ega. Organizm terlash va ko`p miqdorda issiqlik chiqarish yo`li bilan qonda va to`qimalarda xosil bo`lgan bir qancha
zararli moddalardan ozod bo`ladi. Teri osti yog’ bezlari terini qurib qolishdan,
ortiqcha ter bilan qoplanishdan saqlaydi va uning elastiklik xususiyatini hamda
mexanik taasurotlarga qarshi turish qobiliyatini oshiradi. Teri organizmda gaz
almashinishida ishtirok etadi va u bakteriotsit xususiyatiga egadir.
Tish va og’iz bo`shlig’ini to`g’ri parvarish qilish muxim gigienik
ahamiyatga ega. U ovqatni yaxshilab maydalash, uning singishini
osonlashtirishni ta’minlaydigan, Shuningdek og’iz bo`shlig’i orqali organizmga
mikroblarning kirish xavfini kamaytiradigan tishlarni saqlash zarur.
Kiyim bosh va poyabzallarning asosiy vazifasi insonni tashqi muxitning
zararli ta’surotlaridan ximoya qilishni o`z ichiga oladi. Kiyimbosh va poyafzal
organizmning issiqlik muvozanatini saqlashga yordam beradi, ob-xavoning
noqulay omillaridan, kirlanishdan va mexanik shikastlanishlardan ximoya qiladi.
Havoning temperaturasi pasayganda, shamol va nam iklimda kiyim
sovqotish va muzlashdan ximoya qilib, organizmning issiqlik ajratishini
kamaytiradi. Yuqori temperaturada mos kiyim issiqlik ajratishga ko`maklashadi
va issiqlab qolishdan ximoya qiladi. Atrofdagi shart-sharoitga, mexnat faoliyatining xarakteriga va maxsus xizmatlarga moslab uyda, uy yumushlarida va tashqarida, korxonalarda, armiyada, jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida, sportda va boshqalarda kiyiladigan turli xil kiyimbosh va poyafzallar tayyorlanadi. Qator xususiyatlariga qaramay ular umumgigiena talablariga javob berishi shart. Organizmni ob-xavo va iqlim o`zgarishiga moslashtirish, tinch hamda xarakat faoliyati paytida organ va sistemalar funktsiyasi uchun mos sharoitni saqlashi kerak.
Poyafzallarga qo`yiladigan gigienik talab ustki kiyimlarga quyiladigan
talabga o`xshaydi. U imkoniyati boricha engil, qulay, oyoqda qon aylanishiga,
teridagi bug’lanishga xalaqit bermaydigan, tovon shaklini o`zgartirib
qo`ymaydigan bo`lishi va ishqalanishni, oyoq terlashini keltirib chiqarmasligi
kerak. Poyafzallar uchun ishlatiladigan materiallar mustaxkam, engil, etarli
darajada yumshoq, issiqlikni yomon o`tkazadigan (qish oylari uchun), havoni yaxshi o`tkazadigan, sovuqdan, namlikdan va xar-xil mexanik ta’surotlardan
saqlaydigan xususiyatga ega bo`lishi kerak. Sport poyafzali bu sport
mashg’ulotlariga moslashgan bo`lishi va Yuqorida ko`rsatib o`tilgan hamma
talablarga javob berishi kerak. Sport poyafzaliga quyiladigan gigienik va
spetsifik konstruktiv talablar sport turining xususiyatiga bog’liq. Ularning
umumiylari quyidagilar: poyafzalning mustaxkamligi, yuzasining elastikligi,
yilning fasliga va mash g’ulotning sharoitiga mosligi, yugurishda, sakrashda va
boshqalarda oyoqni mexanik ta’sirlanishlardan ishonchli ximoya qilishi, tovon
sirpanmasligi, qulayligi, ishni engillatish qobiliyati. Noto`g’ri poyafzal oyoqning
shilinishini, muzlashini yuzaga keltirib, trenirovka va musobaqalarda sport
natijasining pasayishiga olib keladi.
Sport poyafzalidan, sport kiyimlari kabi,faqat sport bilan shug’ullangandagina foydalanish kerak bo`ladi.


Download 143,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish