Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti


Ilmiy-tadqiqot ishining metod va usullari, hamda olingan natijalarni



Download 143,35 Kb.
bet11/17
Sana27.06.2022
Hajmi143,35 Kb.
#710837
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
2-BU NIZOMOV 14-may

2.2 Ilmiy-tadqiqot ishining metod va usullari, hamda olingan natijalarni
statistik taxlili.
Musiqa va harakat-harakatlanuvchan malakalar, ritmik mashg’ulotlarni shakllantirishning asosiy vositasidir. Badiiy obraz musiqiy ma’noli vositalarning uyg’unligi va ketma-ketligi yordamida beriladi, harakat ham vaqtda joylashadi: uning xarakteri, yo’nalishi o’zgaradi, ko’rinishi avj oladi.Musiqa kosntrastik va takrorlanish harakatda aynan o’xshash xususiyatlar ug’otadi. Murakkab bo’lmagam ritmlar, chapak chalish, oyoq bilan dukillatish orqali yuzaga chiqaradi.Dinamik templi belgilar kuchlanish, tezlik, amplitudalar va harakat yo’nalishi o’zgarishi orqali beriladi. Harakat, o’z navbatida, harakatga alohida aniqlik beradigan musiqiy asarni to’laroq anglashga yordamlashadi. Musiqa va harakatning bu o’zaro harakatida musiqa yetakchi o’rinni egallaydi.Musiqa bilan boyigan harakat badiiy obrazlarni aks ettirishda o’ziga xos bo’ladi. Musiqa sadosi ostida jismoniy mashg’ulotlar bajarish pedagogning tushuntirishi va ko’rsatishidan keyin ular eshitish orqali anglagan musiqani jismoniy harakatga aylantirishni uddalaydilar, ya’ni musiqiy kuzatuvning o’zgaruvchan tempiga bog’liq ravishda tezlashish yoki sekinlashish bilan musiqa ostida harakatlana oladi. Qatnashuvchilar yetarlicha o’zlarining vujud (badan) larini boshqaradilar, chapak, qadamlar, bilan ijro etilgan musaqaning ritmik suratini bir muncha ko’proq yoki kamroq darajada aniq yuzaga chiqara oladilar.
Musiqa va uning harakatdagi ifodasini ongli anglashda musiqa va harakatning inson hissiy-irodaviy muhitiga ta’sirini yo’q qilmaydi, chunki musiqiy ritm tuyg’usi nafaqat, balki hissiy tabiatga ega. Inson hissiyotiga nafaqat musiqiy asar mazmuni, balki uning ohangi va uyg’unligi ham ta’sir ko’rsatadi. Mashg’ulot jarayonida musiqalar to’g’ri tanlab olinsa tabiiyki, musiqiy asarning ohangi va uyg’unligi hissiyotni qo’zg’atib, uning harakatlanuvchan ritmik ifodasi uchun asos yaratadi. Inson-uning irodasi bilan butkul boshqariluvchi harakatlarni amalga oshirishga qodir yagona mavjudot. Shuning uchun ham yoshlar va kattalar ritmiklikni o’z harakatlarini o’z xoxishi va tashqaridan keluvchi talablarga muvofiq vaqt hamda makonda o’zgartira oladigan iqtidor sifatida qarash kerak.
Musiqiy jarangdorlikning dinamik tebranishi kuchlanishning turlicha darajasi yoki harakatning susayishi, turli hajm, sekin-asta yoki to’satda tezlanish yoki sekinlashishga bog’liq. Musiqa gimnastik mashqlarning energiyasi, tetikligi xarakterini, raqsning yengilligi va nafisligi, mashqda harakatning silliqligini aytib beradi va ta’kidlaydi. Bitta mashqni turli temp va sifatidagi musiqa ostida o’tkazish foydali. Musiqa xarakteri va dinamik ohangini berishda mashq qilish toza gimnastika mashqlar bilan boshlanadi, masalan barmoq suyaklari va barmoqlar uchun koptok bilan mashqlar.
Musiqani tinglaganda (kattayu-kichik yosh) bo’lakning tuzilmasini, umuminy xislatlarda qurilishini, yirik tugallangan, anchagina kichik qismining mavjudligini aniqlaydilar.
Musiqiy asarlarning shakli va frazalarga bo’linishi faoliyat va harakatni qismlarga ajratish ham taqsimlash ustida ishlash uchun boy imkoniyat beradi. Musiqiy asarning boshlanishi va tugallanishi harakatning boshlanishi va tugallanishiga mos tushishi kerak. Mashg’ulotlarda kattalar o’z harakatlari bo’laklar, “frazalar”ga bo’lishni, makoniy va vaqtni davomlilikni hamda ularning nisbatini o’rgatishni o’rganadilar. Musiqiy shaklda qism, muddat, taqdim qilish, fraza mavjud. Harakatni qurishda musiqaning bir qandaydir umumiy belgi bilan birlashgan harakat yoki harakatlarning o’sha bir qismi bilan bog’liq bo’lishi kerak. Agar musiqaning bir qismi to’la tugallangan musiqiy bir fikrni bersa, “qism” tushunchasi “muddat” tushunchasi bilan mos tushadi. Muddat ichidagi birmuncha yirik bo’limga “taqdim etish”, anchagina maydasi frazadir. Frazalar o’zaro mantiqan bog’liqdir. Musiqiy mavzu tuzilmasi asosida harakatlarni qurishda bu bo’laklarning ajratilishi “frazalash” deyiladi.
Musiqa sadosi ostida jismoniy mashg’ulotlar bajarishda tinglash uchun o’z ichida bo’linishi bo’lmagan musiqiy namunalar beriladi. Vazifa o’z harakatining boshi va oxirini musiqiy namunaning boshi va oxiri bilan aniq boshlash,musiqiy fikrning oqimi bilan chaklangan vaqt oralig’ida ulgurishdir. Keyin muddat ichida aniq ifodalangan bo’laklar bilan namunalar beriladi. Harakatda musiqiy fikr ichidagi bo’laklarni shunday aks ettirish talab qilinadiki, unda har bir gap yoki frazaga ushbu musiqiy bo’lakning boshi hamda oxiriga mos tushuvchi qaysidir harakat javob qilsin. Musiqiy shakl va frazalash ustida ishlash musiqaning qismi va frazalarini vaqtli tarqatish orasida aloqani va maydon bo’yicha shaxs yoki shaxslar guruhining harakatlanishida makoniy taqsimlanishi belgilab makonda harakatlarni rejalashtirish imkonini beradi. Musiqada metrli davomlilikning qat’iy rasmi harakatning aniq hisobini amalga oshirishga, bir nechta turli-tuman harakatlarni bir vaqtning o’zida bajarish vazifasini qo’llashga imkon beradi.
Musiqiy asarning ritmik rasmi turli hajm va turli davomlilikda harakatlarni bajarishga yordam beradi. U chapak, qadam, yurgurish, yurish, gavdaning aylanishi, quloch otish va boshqa harakatlar bilan beriladi. O’zlashtirish doirasida musiqaning ritmik rasmi gimnastik, raqs va nihoyat erkin harakatlarda bajariladi. Harakat ritmika bilan faqat asosiy xislatlarda mos tushuvchi shaxsiy ritmik rasmni belgilarkan musiqaning mayda ritmik rasmi harakatga aylanganga kattalashadi.
Maktabgacha tarbiya muassasalarida qolaversa sog’lomlashtirish oromgohlarida ertalabki badantarbiya va jismoniy tarbiya mashg’ulotlari o`sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalashda eng asosiy pog’onalardan biri bo`lib hisoblanadi. Chunki salomatlikning eng birinchi poydevori mana shu yoshdan boshlanadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi hamda oromgohda dam oluvchil 6-7 yoshli bolalarning jismoniy tayyorgarligini yaxshilashda biz tomondan hozirda ayrim holatlarda qo`llanib misiqa sadosi ostida jismoniy mashg’ulotlarni o`rganish orqali ularning samaradorligi, jismoniy tayyorgarlikka ta’sirini o`rganishni asosiy maqsad va vazifa qilib qo`ydik va quyidagi tadqiqot ishlarini uslub va metodlari tanlandi.
Ilmiy-tadqiqotning uslublari:
- Ilmiy adabiyot manbalarini tahlil etish va umumlashtirish.
- Maktabgacha tarbiya yoshidagi va sog’lomlashtirish oromgohi bolalarning jismoniy tayyorgarlik natijalari.
- Pedagogik tajriba o`tkazish.
- Olingan ma’lumotlarni matematik usulda tahlil qilish.
Urgut tumanidagi joylashgan “Chor chinor” bolalar sog’lomlashtirish oromgohi va 2-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida olib borilgan tajriba shuni ko’rsatdiki, bolalarga jismoniy mashq jarayonini musiqa sadosi ostida bajarish ularga yengil va qiziqarli bo’lishi kuzatildi.
Maktabgacha talim muassasasida tajriba guruhida 13 nafar (8 nafar qiz), nazorat guruhida esa 13 nafar (8 nafar qiz) jami 26 nafar bolalarni o’z xoxishiga ko’ra saralab oldik. Tadqiqot o’tkazishdan oldin bolalardan “Maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalarining jismoniy tayyorgarligini aniqlash testlari” bo’yicha me’yorlar oldik.

Download 143,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish