Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti


Magistrlik dissertatsiya ishining tuzilishi



Download 143,35 Kb.
bet6/17
Sana27.06.2022
Hajmi143,35 Kb.
#710837
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
2-BU NIZOMOV 14-may

Magistrlik dissertatsiya ishining tuzilishi.
Magistrlik dissertatsiya ishi elektron variant ko’rinishida ...... saxifada tayyorlangan bo’lib, kirish, 3 bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatini o’z ichiga oladi. Shuningdek .... ta chizma va ....... ta jadvallar bilan boyitilgan.

I-BОB YOSHLARNING SOG’LOM TURMUSH TARZINI TASHKIL ETISHNING ILMIY NAZARIY ASOSLARI

    1. Jismoniy tarbiya tizimida sog`lom turmush tarzini shakllantirish dolzarb muammo sifatida.

Mustaqil davlatimizning gullab-yashnashi yoshlarning jismoniy, aqliy, ma`naviy va ruhiy barkamolligiga, ularning salomatligiga bog`liqdir. Jismoniy sog`lom, baquvvat, ruhan tetik, aql-zakovatli yoshlar bilan mamlakatimizning istiqbolli kelajagini tasavvur qilish mumkin. Bugungi kunda sog`lom turmush tarzini shakllantirish, turli maishiy shart-sharoitlarni yaratish, sog`lom avlod tarbiyalashning moddiy asosini belgilash, ya`ni davlat tomonidan iqtisodiy va moliyaviy qo`llab-quvvatlash kiradi. Kishilar salomatligini ta`minlamasdan turib, sog`lom turmush, sog`lom fikr, farovon va baxtiyor hayot haqida o`ylash mumkin emas.
Shuning uchun ham Respublikamizda Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq sog`lom va barkamol avlod masalasiga alohida e`tibor qaratilib, 1998-yilni “Oila yili”
1999-yilni “Ayollar yili”
2000-yini “Sog`lom avlod yili”
2001-yini “Onalar va bolalar yili”
2004-yilni “Mehr va muruvvat yili”
2005-yini “Sihat-salomatik yili”
2006-yilni “Homiylar va shifokorlar yili”
2007-yilni “Ijtimoiy himoya yili”
2008-yini “Yoshlar yili”
2009-yilni “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili”
2010-yini “Barkamol avlod yili”
2012-yilni “Mustahkam oila yili”
2013-yilni “ Obod turmush yili”
2014-yilni “ Sog`lom bola yili”
2015-yini “Qariyalarni e`zozlash yili
2016-yini “Sog`lom ona va sog`lom bola yili”
2021-yini “Yoshlarni qo`llab-quvvatlash va mustahkam oila yili”deb e`lon qilinishi va shu munosabat bilan davlat dasturlarining qabul qilinganligi va ularning amaliyotga samarali tadbiq etib kelinayotgan davlatimizning barkamol avlodni tarbiyalashning asosiy negizi hisoblangan yoshlarga, oilaga, sog`lom avlodga bo`lgan e`tiboridan dalolatdir.
Yosh avlodni tarbiyalash ishida jamiyatning mihim, hal qiluvchi bo`g`ini bo`lgan, farzandlar, shaxs sifatida shakllanib, Vatanga muhabbat, milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalanib, o`z xalqining munosib vakillari bo`lib yetishadigan, sog`lom hamda mustahkam oilani qurish uchun zarur sharoitlarni yaratish, ularni giyohvandlik, axloqsizlik, tashqaridan kirib kelayotgan tuban <>ning turli illatlari xavfi va zararli ta`siridan himoya qilish kompleks chora-tadbirlarini amalga oshirish masalalari yoritilgan.
2021 yil 6-noyabr kuni Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘z lavozimiga kirishishiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kelgusi besh yilga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlar haqida nutq so‘zladi.
“Xalqimiz talablarini inobatga olgan holda, biz Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini ishlab chiqdik va saylov jarayonida uni o‘ziga xos umumxalq muhokamasidan o‘tkazdik. Bu muhim konseptual hujjatda islohotlarimizning uzviyligi va davomiyligini ta’minlash maqsadida, “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” degan tamoyil asosiy g‘oya va bosh mezon sifatida kun tartibiga qo‘yildi”, deydi Prezident.
Ushbu tamolyillarning to’rtinchisida sifatli ta’lim-tarbiya masalasi doimiy e’tibor markazida bo‘lishi ta’kidlandi. Shu maqsadda o‘qituvchilarning oylik maoshini izchil oshirib borish va 2025 yilga borib, 1 ming dollar miqdoriga yetkazish ko‘zda tutilgan. `Yangi maktablar qurish, mavjudlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, sohaning barcha bosqichlari o‘rtasida uzviylikni ta’minlashga qaratilgan Milliy ta’lim dasturi ishlab chiqiladi.
Aholi salomatligini saqlash uchun barcha sharoit yaratiladi. Kelgusi besh yilda oliy toifali shifokorlar maoshini ham 1 ming dollar ekvivalentiga yetkazish mo‘ljallanmoqda. Viloyat, tuman va shaharlarda ixtisoslashgan tibbiy xizmatlar ko‘lami kengaytiriladi. Davlat tibbiy sug‘urta tizimi ishga tushirilib, mablag‘ aniq bemorga bog‘langan holda ajratiladi. Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish muhim vazifa bo‘lib qoladi.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov aytganidek: “Farzandlari sog`lom yurt qudratli bo`lur, qudratli elning farzandlari sog`lom bo`lur”. Sog`lom avlodni tarbiyalab o`stirish g`odatda mas`uliyatli vazifa, shu bilan birga insonparvar siyosat natijasidir.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov takidlaganidek: “oldimizga turgan eng ezgu maqsadlarimiz-mamlakatimizning buyuk kelajagi ham, ertangi kunimiz, erkin va farovon hayotimiz ham, O`zbekistonning XXI asrda jahon hamjamiyatidan qanday o`rin egallashi ham-bularning barcha-barchasi, avvalambor, yangi avlod, unib-o`sib kelayotgan farzandlarimiz qanday insonlar bo`lib voyaga yetishishiga bog`liqdir”. Chunki bolalar sporti rivojlanishiga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish va hayotga tadbiq etish davomida yoshlarning nafaqat salomatligi balki ularda o`ziga bo`lgan ishonch tuyg`usining shakllanishida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek har bir davr farzandlari o`z davrida millat kelajagi uchun ulkan ishlarni amalga oshirib borishida salomatlik va ishonch zarur. Ushbu zaruriyatlarni bolalar sporti ta`minlashi shubhasizdir. Yoshlarning sport turiga bo`lgan qiziqishi milliy qadriyatlar bilan uyg`unligini o`rganish, tadqiq etib borish sport turining rivojlanishida mihim rol o`ynaydi hamda ushbu sport turining rivojlanishi boshqa sport turlariga nisbatan yoshlarda milliy g`ururning yuksalishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Yoshlarning sog`lom turmush tarzini shakllantirish – O`zbekiston respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining bosh maqsadini asosini tashkil qiladi. Mustaqillik yillarida barkamol avlod g`oyasi asosida mazkur davlat siyosatiga molik muammoning ijtimoiy-huquqiy negizi yaratiladi.
Jumladan, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta`lim to`g`risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`g`risida”gi, “Yoshlarga oid davlat siyosati to`g`risida”gi, “Fuqarolar sog`lig`ini saqlash tog`risada”gi, “Odamning immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishining (OIV kasalligining) oldini olish to`g`risida”gi, “Nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilish to`g`risida”gi, “Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish to`g`risida”gi qarorlari, “Bola huquqlari kafolatlari to`g`risida”gi, “Voyaga yetmaganlar o`rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to`g`risida”gi, “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqalishi hamda iste`mol qilinishini sheklash to`g`risida”gi, “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yo`naltirilgan tarzda qo`llab-quvvatlashni kuchaytirish to`risida”gi, “O`zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to`g`risida”gi, Qonunlar, “Oila kodeksi”, “Mehnat kodeksi”O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yetim bolalar va ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan balalarni turar joylar bilan ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi, “Ta`lim muassasalarida o`quvchilarning sog`lom ovqatlanishi uchun shart-sharoitlarni ta`minlash chora-tadbirlarin to`g`risida”gi qarori, Imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari to`g`risida”gi Nizom hamda hukumatning shu masalaga oid qator qaror va farmoyishlari qabul qilindi va amaliyotga kiritildi.
Ayniqsa, O`zbekiston Respublikasining Prezidenti SH.M.Mirziyoyev tomonidan 2020-yil 30-oktabr “Sog`lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risidag”gi PF-6099 farmoni qabul qilinganligi bu borada muhim voqea bo`ldi. Mazkur Qonun va qonunosti hujjatlar:

  • yoshlarning huquq va erkinliklarini ro`yobga chiqarish;

  • sog`lom turmush madaniyatini shakllantirish;

  • ularni ijtimoiy muhofazalashning qat`iy tizimini yaratish;

  • yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, manfaatlarini yanada kengroq ro`yobga chiqarishni ta`minlash;

  • jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish orqali yoshlar sog`lom turmush madaniyatini shakllantirish;

  • sog`lom farzandlar tug`ilishiga ta`sir etuvchi turli mikroelementlarni ular organizmiga yetkazish;

  • ekologiya atrof-muhitning yoshlar sog’lom turmush madaniyatiga ta`siri masalalariga ilmiy yondoshish;

  • yoshlarning ma`naviy va jismoniy rivojlanishiga ta`sir etuvchi zararli odatlarni oldini olish va ularga qarshi kurashish;

  • o`smirlar o`rtasida qonunbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish

  • aholi o`rtasida sog`lom turmush tarzini shakllantirish masalalariga qaratildi.

Sport bilan shug’ullangan inson jismonan va ruhan kuchli bo’ladi. Abu Hurayra roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi: “Allohga har bir yaxshilikda kuchli mo’min kuchsiz mo’mindan afzal va sevimliroqdir” (Imom Muslim rivoyati). Demak, ham imon, ham badan jihatidan kuchli bo’lgan mo’min ustun ekan. Chunki badan quvvatli bo’lsa, har bir ish sifatli va sabrli, ibodatda ixlosli va insonlarga yaxshilik qilishda davomli bo’ladi (Ziyovuddin Rahim. Muxlis.uz).
Markaziy Osiyo hududida markazlashgan davlat tizimining barpo etilishi va o‘sha davrning eng kuchli va yengilmas qo‘shinlarini tuzgan Amir Temur o‘z askarlarining jismoniy tayyorgarligiga katta e’tibor bergan. “Temurnoma”da yozilishicha, Temur o‘spirinlik davrida tengdoshlari bilan o‘zining ko‘p vaqtini harbiy o‘yinlarga ajratgan, pirovardida Temurning o‘zi va shu o‘yinlarning boshqa ishtirokchilari ham katta jismoniy va harbiy tayyorgarlikdan so‘ng buyuk lashkarboshilar bo‘lib yetishishgan.
Jismoniy tarbiyaning eng asosiy vazifasi inson salomatligini asrash va yaxshilashdir. O`rta osiyoning mashhur olimi, Abu Ali ibn Sino (980-1037) salomatlikni mustahkamlshda quyidagi fikrlarni aytib o`tgan: “Sog`liqni saqlashning asosiy tadbiri badantarbiya bo`lib, badantarbiya kishini chuqur va ketma-ket nafas olishga majbur qiluvchi ixtiyoriy harakatdir”, deb jismoniy mashg`ulotga ta`rif beradi2. Shu munosabat bilan inson salomatligi tibbiy-pedagogik tadqiqotlarning ob`ekti bo`lishi lozim. Bu yerda jismoniy rivojlanish, gavda tuzilishi, yurak-qon tizimining ishlashi, jismoniy tayyorgarlik va jismoniy ahvol salomatlikning tarkibiy elementlari ekanligini qayd etish mumkin. Shuning uchun insonni boshqarish va uning jismoniy yetukligiga erishish uchun jismoniy tayyorgarlikni qator ko`rsatkichlar (jismoniy rivojlanish va gavda tuzilishi, jismoniy va funksional tayyorgarlik) bo`yicha kompleks baholash kerak. Tibbiy pedagogik va psixologik tadqiqotlar ma`lumotlarini kompleks hisobga olish jismoniy holat haqida ob`ektiv axborot olish sog`lomlashtiruvchi jismoniy tarbiyaning turlari va usullarini aniqlab olish imkonini beradi.

______________________________________________
2Abu Ali ibn Sino “Tib qonunlari”1-jild.Toshkent Abdulla Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti 1993 yil 91-bet.
Yuqorida bayon etilganlardan shunday xulosaga kelishimiz mumkin. Pedagogik tadqiqotlar, tibbiy tekshiruvlar va axborot ta`minoti usullari qo`llanilgan kompleks ma`lumotlar quyidagi masalalarni hal etishda yordam beradi:

  1. Jismoniy ahvolni aniqlash.

  2. Jismoniy rivojlanish, jismoniy va funksional tayyorgarlikni baholash.

  3. Insonning jismoniy yetukligi dinamikasini aniqlash.

  4. Sog`lomlastirishning effektiv usullarini aniqlash.

  1. Yetuklikka erishish jarayonini rejalashtirish tizimini o`rganish.

  2. Jsmoniy yetuklikka erishishni individuallashtirish.

  3. Jismoniy mashqlar bilan mustaqil, muntazam, amaliy shug`ullanishga ehtiyojni rivojlantirish.

  4. O`z-o`zini nazorat qilish usullariga o`rgatish va h.z.

Insonning jismoniy yetukligi haqida ma`lumot pedagogik, tibbiy-biologik va psixologik ko`rsatkichlar bilan bog`liqlikda ko`rib chiqilishi kerak, bu jismoniy ahvolni ob`ektiv boshqarish imkonini beradi.
Pedagogik ko`rinishlarni son jihatdan tahlil qilishda matematik statistikadan foydalaniladi. Matematik statistika jismoniy yetuklikka erishish va jismoniy tarbiyaning ob`yektiv qonunlarini o`rganishning effektiv usullaridan biridir.
Jismoniy mashqlar : Immunitet va emlash samaradorligini oshiradi.
Harakatda faol bo’lish va sport bilan shug’ullanish organizm ummunitetiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Tadqiqotchilarning fikriga ko’ra, jismoniy mashqlar vaksinaning samaradorligini oshirishi to’g’risida quyidagilarni aytib o’tgan: Yarim millionga yaqin odam ishtirokida o’tkazilgan 6 ta tadqiqot natijalariga ko’ra haftada 5 kun davomida kuniga 30 daqiqa jismoniy mashqlar, virusli kasalliklardan yuqish va o’lim xavfini 37 foizga kamayishini isbotladilar (@mutaxssis_jismoniytarbiya).
Jismoniy yetuklikka erishishning effektiv sog`lomlashtiruvchi vositalarini aniqlash uchun jismoniy rivojlanishi, gavda tuzilishi va jismoniy, funksional tayyorgarligi ko`rsatkichlarining korrelyatsion (o’zaro) bog`liqligini aniqlash kerak.
Yoshlarning jismoniy yetuklikka erishishining ilmiy asoslangan vositalarini aniqlashga bunday yondashuv sog`lomlashtirish profilaktika ishlarini effektiv rejalashtirish va mashqlarni to`g`ri tanlash imkonini beradi.
Jismoniy yetuklikka erishish - salomatlikni asrash va mustahkamlashdir, shunday ekan sog`lomlashtirish ta`lim va tarbiyaviy masalalarni hal etadi.
Insonlarda yuksak axloqiy-siyosiy sifatlarni shakllantirish, mustahkam intizom ko`nikma va odatlarni hosil qilish valeologiya (valeologiya- insonning aqliy va jismoniy salomatlik darajasi, zaxiralari va potensialini, shuningdek uni mustahkamlash va saqlash usullari va usullarini o’rganadigan sog’lom turmush tarzi fanidir) ning tarbiyaviy vazifalariga kiradi. Jismoniy tarbiya pedagogik jarayon sifatida har tomonlama ta`lim-tarbiyaviy ta`sir kuchiga ega.
Jismoniy tarbiyaning o`ziga xos vazifasi kuch, tezlik, chidamlilik, egiluvchanlik, chaqqonlik kabi sifatlarni tarbiyalashdir. Bu vazifa har tomonlama komil shaxsni tarbiyalash bilan chambarchas bog`liqdir. Sog`lomlashtiruvchi profilaktik ta`lim-bu turli kasalliklar tarqalishining oldini oluvchi maxsus bilimlar va ko`nikmalarning bir tizimga solingan majmuasidir. Sog`lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya jarayonida hal qilinishi lozim bo`lgan ta`lim vazifalarni hayotiy muhim, professional sport amaliy harakatlarga o`rgatish va sog`lom hayot tarzi ko`nikmalarini tarbiyalashni o`z ichiga oladi. Shuningdek, sog`lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi asoslarini o`rganish ham ta`lim vazifalaridan biri hisoblanadi. Amalda mustahkamlangan bilimlar asosida sog`lomlashtiruvchi jismoniy mashqlar bilan muntazam shug`ullanishning foydasi va zaruriyatiga ishonch shakllanadi. Salomatlikni mustahkamlash, tanani chiqtirish, uning turli kasalliklarga qarshiligini oshirish bu pedagogik jarayonning sog`lomlashtiruvchi vazifalari hisoblanadi. Sog`lomlashtiruvchi vazfalarning muvaffaqiyati jismoniy mashg`ulotlarning sog`lomlashtiruvchi pedagogik prinsiplari talablariga rioya qilishga bog`liqdir. Sog`lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya bo`yicha amaliy mashg`ulotlarda o`quvchilarning jismoniy rivojlanishi bilan bog`liq muhim masala hal etadi.
Jismoniy rivojlanish deganda organizm shakli va funksiyalari yetilishining pedagogik jarayoni tushuniladi. Jismoniy rivojlanish inson kuchi yetilayotgan paytda, shuningdek uning salomatligida maxsus tashkil etilgan tarbiya ta`siri ostida ro`y berayotgan sifat o`zgarishlarni o`z ichiga oladi. Bu ma`noda muhim u jismoniy tarbiyaning natijasi sifatida ko`rib chiqiladi.
Jismoniy yetuklik shaxsni jismoniy tarbiya vositalari yordamida shakllantiruvchi pedagogik jarayon natijasidir. Ta`lim berish-yuksak ishchanlik qobiliyatini tarbiyalash, salomatlikni asrash va mustahkamlash, sog`lom hayot tarziga yo`naltirish uchun kerak bo`ladigan bilim va ko`nikmalar bilan yoshlarni qurollantirishdir.

Download 143,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish