III - Bob bo`yicha xulosa Ilmiy tadqiqotchilik va tajriba sinov ishlari davomida quyidagilar
aniqlandi:
1. Milliy va chet el adabiyotlarini o`rganib chiqish, mashg’ulotlar
noan’anaviy shakllaridan yetarlicha foydalanilmasligini aniqlab berdi.
2. Mashg’ulotlar noan’anaviy shakllaridan foydalanib jismoniy
tayyorgarligini samarali rivojlantirish t = 2,0 dan to 5,0 R>0,001 test
ko`rsatkichlari bilan milliy asoslandi. Shu bilan birga tajriba guruhlarida
jismoniy tayyorgarligini oshirish jismoniy rivojlanishiga yordam berganligi
aniqlandi.
4. Mashg’ulotlar dars va darsdan tashqari noan’anaviy shakllari
ishlab chiqildi va ilmiy asoslab berildi. Bu quyidagi natijalarni berdi:
- mashg’ulotlarni o`tkazish metodikasi sifati yaxshilandi;
- bolalarni jismoniy tarbiyalash bo`yicha noan’anaviy mashg’ulotlar shakllarini o`tkazish ketma-ketligi va foydalanish tizimini ishlab chiqishga yordam berdi;
- musiqa va jismoniy mashqlar bolalarda-ijobiy kayfiyat paydo qilishi;
- musiqa jismoniy imkoniyatni oshirishi;
- jismoniy ko’rsatkichlarning yaxshilanishi;
- musiqa va jismoniy mashqlar ta’sirida charchoq holatining kamayishi.
Tajriba materiallari jismoniy tarbiya bo`yicha ishlar noan’anaviy
shakllaridan foydalanib mashg’ulotlarni tashkil etish va o`tkazish bo`yicha metodik qo`llanmalar ishlab chiqishga yordam berdi;
7. Mashg’ulotlar noan’anaviy shakllarini turlarga ajratish tajribalar
bilan sinab ko`rildi va ishlab chiqildi.
XULOSA Maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalarni uyg’un rivojlantirish, har
tomonlama jismoniy tarbiyalash ta’lim-tarbiya muassasalari, oila, jamoat
tashkilotlari g’amxo`rligida, ularning kuch-g’ayratlari bilan amalga oshiriladi.
Hozirda bolalarni axloqan va jismonan tarbiyalashda ota-onalar hamda
pedagoglar jamoasining hamkorligi ijobiy yakun berishi bir qancha olimlarning
ishlarida yoritib berilgan.
Maktabgacha tarbiya muassasalarida jismoniy tarbiya ishlarini tashkil
etishda eng avvalo jismoniy tarbiya mashg’ulotlariga katta ahamiyat qaratish
kerak. To`g’ri tashkil etilgan jismoniy tarbiya mashg’ulotlari bolalarni har
tomonlama garmonik rivojlanishida yordam berib, ularda sog’lom turmush tarzi
ko`nikmalarini shakllantirishda dasturi amaldir. Shu bilan birga kun tartibidagi
ertalabki adan tarbiya, harakatli o`yinlar, ovqatdan keyingi sayrlar
paytida ham jismoniy tarbiya vositalaridan keng va to`g’ri foydalanilsa jismoniy
tarbiya ishlarini takomillashtirishga zamin yaratiladi.
Shunday qilib, “Yoshlarning sog’lom turmush tarzini shakllantirishda jismoniy
madaniyatning o’rni, ahamiyati va muammolari” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasini bajarilishi quyidagi xulosalarga kelishga asos bo`ldi:
1. Samarqand viloyati Urgut tumani maktabgacha ta’lim tashkiloti bo`limiga qarashli 2-sonli maktabgacha ta`lim muassasasi tarbiyalanuvchilari hamda ushbu viloyatdagi Urgut tumani “Chor chinor” bolalar sog’lomlashtirish oromgoh bolalari orasida sog’lom turmush tarzini shakillantirishda jismoniy tarbiya mashqlarining samarali shakllari, tizimlari, vosita va metodlari o`rganildi.
2. Sog’lomlashtirishga qaratilgan jismoniy tarbiya mashqlari shakllarining
samaradorligini oshirish va maktabgacha ta`lim muassasasi tarbiyalanuvchi hamda oromgoh bolalarini jismoniy tayyorgarliklari ko`rsatkichlariga ularning ta’siri aniqlandi.
3. Sog’lomlashtirishga oid bo`lgan jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini
samaradorligini asoslab mashg’ulotlar kompleksini tayyorlash amalga oshirildi.
94
4. Musiqa sadosi ostida jismoniy mashqlar bajarish sog’lom turmush tarzini shakillantirishda, maktabgacha ta`lim muassasasi tarbiyalanuvchi va oromgoh bolalarini jismoniy tarbiyalash, ularni har tomonlama etuk barkamol inson bo`lib ulg’ayishi, jismoniy tayyorgarliklari ko`rsatkichiga ijobiy ta`sir etishida ahamiyatli
ekanligi o`rganilib, ilmiy asoslandi.