Yubordi o’g’lini maktabga podsho,
Qilib qo’yniga nuqra taxtacha jo
Kumush ul taxtaga zardin bitib yod:
“Ota mehridan afzal jabri ustod”.
Muslihiddin Sa’diy ham bilim olishning afzalliklarini yoritib berish bilan birga ma’lum hunar sirlarini egallashning inson hayotidagi ahamiyatini ko’rsatib berishga urinadi. Allomaning qayd etishicha, muayyan hunarning egasi bo’lgan inson eng mashaqqatli damlarda ham o’zgalarning yordami va madadiga muhtoj bo’lmaydi, balki o’z hunarining sharofati bilan muammolarni hal eta oladi. Shuningdek, hunarmand xalq o’rtasida hurmatga ega bo’ladi. Zero, u insonlarning koriga yaraydi, ularning mushkullarini echilishiga yordam beradi. hunarsiz kimsa esa hamisha o’zgalardan madad kutib yashaydi, xoru zorlikda umr kechiradi. Mutafakkir ta’kidlab o’tganidek, “hunar qaynar buloq, tuganmas davlat. Agar hunarmand molidan mahrum bo’lsa, qayg’usi yo’qdir, chunki hunarning o’zi davlatdir. hunarmand qaerga borsa, qadrlanadi va uyning to’ridan joy oladi. hunarsiz odam esa, hamisha mashaqqat chekadi, tilanchilik qiladi”:
Do'stlaringiz bilan baham: |