“Qizil kitob’’ning sahifalari tugallanadimi?
Insoniyat hamisha va har doim butun vujudi bilan ona zaminga ta’zim qilib yashaydi.Shodiyona damlarda ham,musibatli onlarda ham inson undan madad oladi.Chunki ona zamin unga yangidan- yangi kuch quvvat beradi.
Tabiatning to’rt javohiri-yer, suv ,havo va olov ajdodlar tomonidan qadim- qadimdan e’zozlab kelingan.Odamlarni daryolarning musaffoligi va tuproq unumdorligi haqida g’amxo’rlik qilishga da’vat etgan zardushtiylik dini aynan bizning zaminimizda vujudga kelganligi tasodifiy emas.
Tabiatni asrash va uning boyliklaridan tejamkorona foydalanish insoniyat oldidagi eng muhim muammolardan biri sanaladi.
Tabiat haqida qayg’urish insoniyatning o’zi uchun qayg’urishdir.Chunki inson tabiat farzandi.U tabiatni asrasagina o’z hayotini muxofaza eta oladi.Shuning uchun tabiat uchun keltirilgan zarar insonning o’ziga qaratilgan zarar bilan teng.Hozirgi kunda texnika va ilmiy taraqqiyotning rivojlanishi insonning tevarak atrofga bo’lgan ta’sirini kuchaytiradi.Bu esa hayvonot va o’simlik dunyosining qashshoqlashishiga olib keldi va turlar sonining kamayishiga sabab bo’lmoqda.
Mana shunday kamayib borayotgan turlarni yoki yo’qolgan va yo’qolish arafasidagi turlarni muxofaza qilish maqsadida ,,Qizil Kitob” joriy etilgan.Xo’sh, ,,Qizil Kitob”nima va unda qanday ma’lumotlar berilgan degan savol paydo bo’ladi.
,,Qizil Kitob”-xavf va umid kitobidir.Bu kitobni boshqacha qayg’u va alam kitobi ham deyishadi,chunki bu kitobda yer yuzidan yo’qolib borayotgan hayvon zotlari va o’simlik turlari mujassamlashgan.
,,Qizil Kitob”ni insonlarni harakatga chaqiruvchi kitob ham deyish mumkin.Dunyoning ko’pgina davlatlari olimlari tomonidan butun dunyoda yo’qolib ketayotgan va juda kam uchraydigan hayvonlar va o’simliklar dunyosini himoya qilish va ularni saqlab qolish uchun ,,Qizil Kitob”ta’sis etilgan.O’zbekiston Respublikasi ,,Qizil Kitob” ida o’simlik va hayvonlar turi,avlodi,turkumi alfavit bo’yicha ro’yxatga olingan va har bir tur o’simlik suratlari bilan ko’rgazmali tarzda berilgan.Bu o’z navbatida noyob va yo’qolib borayotgan o’simlik va hayvon turlari haqida aniq tasavvurga ega bo’lishimizga yordam beradi.
Umuman, bu kitob barcha o’simlik va hayvonlarni muhofaza qilish borasida qonun asoslariga tayangan muhim hujjat hisoblanadi.,,Qizil Kitob” haqida yana bir muhim narsa borki,uning sahifalari hech qachon tugallanmaydi.Har doim uning sahifalarini yangi o’simlik va hayvon zotlari to’ldirib boradi.Zero,Qizil Kitob –bu hujjat bo’lib, u insonning vijdonidir.Chunki har qaysi millat butun dunyo oldida o’zining tabiat boyliklarini asrash mas’ulyatini olgan.
Darhaqiqat,qadimgi sharq an’anasiga ko’ra Vatan,uning tabiiy boyliklari,garchi ,,Qizil Kitob”ga kirmagan bo’lsa-da,nihoyatda muqaddas sanalgan.,,Qadim zamonlarda ota-bobolarimiz olis safarga otlansalar bir siqim tuproqni bellariga tugib ketishgan.Askar yigit jangga ketayotganda xotini yoki maxbubasi unga butun nonning bir chetini tishlatgan va bu non to yigit qaytmaguncha asralgan’’ deya yozgandi mashhur yozuvchi Chingiz Aytmatov .Chunki xalqda kimning rizq-nasibasi uyida qolgan bo’lsa, u albatta sog’-salomat uyiga qaytadi,degan umum bo’lgan.
Xulosa qilib aytganda,qadimgi ajdodlarimiz o’zlaridan tabiatni e’zozlash,uning jamiki boyliklaridan oqilona foydalanish, uning ne’matlarini nobud bo’lishiga yo’l qo’ymaslik haqida umumbashariy ahamiyatga ega bo’lgan meros qoldirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |