21
korxona Nizom jamg’armasini tuzish uchun moliya manbalarini aniqlash;
korxonaning ta’sis hujjatlari va biznes-rejasini tayyorlash;
davlat ro’yxatidan o’tish;
muhr, shtamp va boshqa rekvizitlarni tayyorlash;
soliq idoralarida ro’yxatdan o’tish.
O’zbekiston Respublikasining
qonunchiliga asosan, korxonalar mulk egasi
(egalari) yoki u (ular) tayinlagan vakillik organi, mehnat jamoai yoki muassislar
guruhining qarori bo’yicha belgilangan qonun-qoidalarga
asosan tashkil qilinishi
mumkin.
Shuningdek, korxonalar agar korxona mulki egasi yoki u tayinlagan vakillik
organining roziligi bo’lsa, faoliyat yuritayotgan korxona tarkibidan bir yoki bir
nechta tarkibiy bo’linmalarni, ushbu bo’linmalarning mehnat jamoalari
tashabbusiga ko’ra, ajratib chiqarish natijasida ham tashkil topishi mumkin.
Korxona joriy va hisob-kitob raqamlari ochish va ular to’g’risidagi holatlarni
tasdiqlash huquqiga ega bo’lgan, mustaqil huquqiy shaxs maqomidagi sho’’ba
korxonalari, filiallar,
vakolatxonalar, bo’lim va boshqa tashkiliy bo’linmalarni
tashkil qilishi mumkin.
Korxona qonun hujjatlarida belgilab qo’yilgan tartibda maxsus davlat
organlarida ro’yxatga olingan kundan boshlab tashkil qilingan hisoblanadi va
huquqiy shaxs maqomiga ega bo’ladi.
Yangi korxona tashkil qilishdan asosan quyidagi maqsadlar ko’zlanadi:
iste’molchilar talab qilayotgan mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish va
uni sotishdan foyda (daromad) olish;
ishlab chiqarishga ish bilan band bo’lmagan aholini jalb qilish va shu orqali
ish bilan ta’minlashdagi ijtimoiy muammolarni hal qilish;
ishlab chiqarishga mavjud qushimcha resurslarni
jalb qilish;
fan-texnika yutuqlaridan foydalangan holda yangi sanoat mahsulotlarini
ishlab chiqarish;
22
yakka tarzda yoki hamkorlikda faoliyat yuritish uchun kichik korxona
(o’rtoqchilik kabi) tashkil qiluvchi alohida fuqarolar
yoki shaxslar guruhi
a’zolarining shahsiy ehtiyojlarini qondirish;
ishlab chiqarishni mustahkamlash va rivojlantirish hamda bozor muhitini
kengaytirish.
Koroxonalar faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarida ikki xil ta’sis
hujjatlari belgilab berilgan, ya’ni koroxona nizomi
va tasis shartnomasi muhim
ahamiyatga egadir.
Amaliyotda korxona faqat Nizom yoki faqat ta’sis shartnomasi asosida,
shuningdek, bir vaqtning o’zida Nizom va ta’sis shartnomasiga asosan faoliyat
yuritish hollari mavjud.
Shuni qayd qilib o’tish kerakki, korxonaning (huquqiy shaxsning) ta’sis
shartnomasi kelishuv asosida tuziladi, Nizom esa muassis (muassislar) tomonidan
tasdiqlanadi. Bitta ta’sischi tomonidan tuzilgan huquqiy shaxs shu ta’sischi
tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida faoliyat yuritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: