Shamsiyeva nozima shermat qizi "ishlab chiqarishni modernizatsiyalash jarayonida yangi korxonalarni tashkil etish"



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/44
Sana18.04.2023
Hajmi0,8 Mb.
#929750
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   44
Bog'liq
ishlab chiqarishni modernizatsiyalash jarayonida yangi korxonalarni

Korxona Nizomi
asosiy ta’sis hujjati bo’lib, unda korxonaning tashkiliy-
huquqiy shakli, nomi va manzilgohi, Nizom jamg’armasining miqdori, 
daromadlarining tarkibi va taqsimlanish tartibi hamda korxona fondlarini tashkil 
qilish tartibi, korxonani tugatish va qayta tashkil qilish tartibi ko’rsatilishi shart. 
Boshqacha qilib aytganda, korxona Nizomi uning huquqiy maqomini, huquq va 
majburiyatilarini belgilab beradi. 
Nizomda shuningdek, korxona faoliyat ko’rsatuvchi soha va tarmoq, atrof-
muhit va odamlar sog’lig’ini muhofaza qilish kafolati, boshqaruv shakli, hisobga 
olish va hisobot tizimi ham aks ettirilishi lozim. 
Korxona to’g’ri va to’liq tayyorlangan Nizom asosida mahalliy hokimiyat 
organlarida ro’yxatga olinadi, keyin esa o’z muhriga ega bo’lish va bankda hisob 
raqami ochish huquqini qo’lga kiritadi. O’z muhri va hisob raqamiga ega 
bo’lmagan korxona, huquqiy shaxs hisoblanmaydi va mustaqil korxonalar qatoriga 
kiritilmaydi. 


23 
Ta’sis shartnomasi
korxonaning tashkil qilinishi va yakka tarzda yoki 
hamkorlikdagi faoliyatning boshlanishini tavsiflovchi hujjatdir. U shuningdek, 
tashkil etilayotgan korxonaning Nizomini to’ldiruvchi hujjat ham hisoblanadi. 
Ta’sis shartnomasida korxonani tashkil qilish tartibi, daromad va xarajatlarni 
qatnashchilar o’rtasida taqsimlash shartlari, korxona tashkilotchilari (muassislar) 
tarkibidan chiqish shartlari belgilab qo’yiladi. 
Ta’sis shartnomasi asosida ko’pincha kichik korxonalar, xo’jalik o’rtoqliklari 
va shu kabi sub’ektlar faoliyat yuritadi. Masalan, o’rtoqlik yoki korxonaning ta’sis 
shartnomasida boshqaruv faqat barcha ishtirokchilarning roziligi bilangina emas, 
balki qaror ko’pchilik ovoz bilan qabul qilinishi mumkinligi ham belgilab 
qo’yilishi mumkin. Biroq ta’sis shartnomasida ishtirokchilar ovozini aniqlashning 
boshqa tartibi ham ko’rsatib o’tilishi mumkin. To’liq o’rtoqchilik korxonalarining 
daromad va xarajatlari agar shartnomada boshqa tartib ko’rsatilmagan bo’lsa, 
ishtirokchilar o’rtasida ularning umumiy kapitaldagi ulushiga mos ravishda 
taqsimlanadi. 
Korxona mulkini shakllantirish va undan foydalanish Nizom va Ta’sis 
shartnomasining muhim qismi hisoblanadi. “Korxonalar to’g’risida” gi qonunga 
asosan quyidagilar korxona mulkini shakllantirishning manbalari hisoblanadi:
6

muassislarning pul va moddiy ko’rinishdagi badallari; 

mahsulot (ish, xizmat) sotishdan va boshqa turdagi faoliyatdan olingan 
daromadlar; 

qimmatbaho qog’ozlardan olingan daromadlar; 

banklar va boshqa kreditorlardan olingan kreditlar; 

byudjetdan olinuvchi mablag’lar (dotatsiya), kapital qo’yilmalar; 

korxona, tashkilot va fuqarolarning beg’araz va xayriya badallari, 
shuningdek, almashish, meros va sovg’a tariqasida olinuvchi mulk; 

qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar. 
6
O’zbekiston Respublikasining “Xususiy korxonalar to’g’risidagi” qonuni, qonun va qarorlar . T.:”O’zbekiston”., 
2004.,№3. 


24 
Yuqorida aytib o’tilganidek, korxona joylashgan manzilgohi bo’yicha davlat 
organlarida ro’yxatga olingan kundan boshlab tashkil qilingan hisoblanadi. Bu 
vazifani asosan hokimiyatlar bajarib, ular korxonani ro’yxatga olish to’g’risidagi 
ma’lumotlarni 12 kun mobaynida Moliya Vazirligiga yagona davlat reestriga 
kiritish uchun taqdim etishlari shart. 
Davlat ro’yxatidan o’tish uchun korxonani tashkil qilish to’g’risidagi qaror, 
korxona Nizomi (ta’sis shartnomasi) va Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab 
beriluvchi ro’yxatdagi boshqa hujjatlar taqdim etiladi. 
Korxonani davlat tomonidan ro’yxatga olish zarur hujjatlar ilova qilingan 
ariza berilgan kundan boshlab 30 kun mobaynida amalga oshirilish lozim. 
Korxonalarni ro’yxatga olishdan, ularni tashkil qilish maqsadga muvofiq emas, 
degan sabab bilan bosh tortishga yo’l qo’yilmaydi. 
Agar korxonani ro’yxatga olish o’z vaqtida amalga oshirilmasa yoki ta’sischi 
ro’yxatga olinmaslik sabablarini asossiz deb hisoblagan taqdirda ta’sischi sudga 
murojaat qilishi mumkin. Korxonani ro’yxatga olishdan asossiz ravishda bosh 
tortish mahalliy hokimiyat organlarining moddiy javobgarlikka tortilishiga olib 
kelishi mumkin. 
Korxonani ro’yxatga olish uchun quyidagi 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish