gomoyoterm hayvonlar deyiladi.
Tashqi muhitning ta`siriga ko`ra tana haroratini o`zgartiruvchi hayvonlar yoki boshqacha aytganda, doimiy qat`iy tana haroratiga ega bo`lmagan hayvonlar poykiloterm hayvonlar deyiladi.
Oraliq guruhga kiruvchi hayvonlar esa geterotermlar deyiladi.
Bu guruhga kiruvchi hayvonlarning tanasi aktiv harakatda bo`lganda gomoyterm hisoblanadi.
Uyquga ketgan vaqtda esa ularning tana harorati pasayadi va tanani termik idora qilish qobiliyati yo`qoladi.
Bunday hayvonlarga yumronqoziqlar, tipratikanlar, ko`rshapalaklar, kolibrilar, olmaxonlar hamda shunga o`xshash boshqalar kiradi.
O`simliklarda boradigan hayotiy jarayonlar haroratning minimal, optimal va maksimal ko`rsatkichlariga bog’liq.
Masalan, fotosintez jarayoni harorat har 10°S ko`tarilganda ikki marta ortadi. Optimal harorat esa 30—35°S atrofida bo`ladi.
Xuddi shuningdek, nafas olish ham o`zgaradi. Harorat o`simlikning ildiz orqali oziqlatsishiga ta`sir etadi. O`simlikning barcha rivojlanish bosqichlari ham ma`lum darajadagi harorat omili bilan bog’liqdir.
YUqorida ta`kidlanganidek, barcha o`simliklarni haroratga bo`lgan munosabatiga ko`ra ikkita ekologik guruhga ajratish mumkin: yuqori harorat ta`sirida yaxshi o`sib rivojlanadigan termofil o`simliklar va past harorat ta`sirida yashovchi psixrofil o`simliklar.
Har ikki guruhga mansub o`simlik turlari o`ziga xos moslanish xususiyatlariga ega. Termofil o`simliklar hujayrasi issiqlikka chidamliligi, organlar yuzasining bilan tavsiflanadi.
Psixrofil o`simliklar sovuq sharoitni har xil holatlarda (ya`ni tinim yoki vegetatsiya davrida) anatomo-morfologik moslanish orqali o`tkazadi.
Bunday, moslanishlarga poyasining er bag’irlab o`sishi, novdaning yotiq yo`nalishi, tuplanish bo`g’imi va ildiz bo`ynining er ostida joylanishi, xazonrezgilik, po`kak I qavatning yaxshi rivojlanishi, oq tanaga ega bo`lish kabilarni ko`rsatish mumkin.
Shunday qilib o`simliklarni past haroratga bo`lgan munosabati yoki maslanishiga ko`ra uch guruhga bo`lish mumkin: Masalan, issiq suvlarda o`suvchi suvo`tlar va ayrim bakteriyalar.
Million yillar davomida o`simliklar va hayvonlar ana shunday past (sovuq) va yuqori (issiq) haroratga nisbatan moslanishga majbur bo`lganlar.
Natijada ularning ichki va tashqi tana tuzilishida qator moslanish belgilari vujudga kelgan.
O`sish, shox-shabbalarning o`zaro tig’iz (zich) bo`lib o`sishi, sharsimon (dumaloq) ko`rinishda bo`lib o`sish, barglarning nihoyatda kuchli qirqilgan bo`lishi, hujayra shirasida zahira moddalar, jumladan saxaroza, shakar moddalar miqdorining ortishi kabi moslanish belgilarini ko`rish mumkin.
Yuqori (issiq) haroratga nisbatan ham qator moslanishlar mavjuddir.
Chunonchi, barg va poyalarning nihoyat sertuk bo`lishi, mum moddasi bilan qoplanganligi, vaqtincha bargsiz bo`lishi barglar labcha (og’izcha) larining chuqur joylanishi, ildizlarning tuproq ostiga juda chuqur ketishi va hokazolarni ko`rsatish mumkin.
Yuqorida ko`rib o`tilganidek hayvonlar o`simliklarga nisbatan ko`proq o`z tanasi haroratini boshqara olishi bilan ajralib turadi hamda tana haroratini idora etishning turli xil imkoniyatlariga ega.
Harorat hayvonlarning qaysi iqlim zonasida yashashi bilan bog’liq holda avvalo ularning vazniga va ichki organlarining katta-kichikligiga, ko`payishiga va boshqa hayot jarayonlariga ta`sir ko`rsatadi.
Masalan, issiq o`lkalarda yashovchi ko`pgina sutemizuvchi hayvonlarning vazni, yuragi, buyragi, jigari sovuq o`lkalarda yashovchi shu xildagi hayvonlarnikiga nisbatan engil va kichikdir.
Shuningdek, harorat hayvonlarning tashqi qiyofasiga, ko`payishiga ta`sir ko`rsatadi.
Masalan, tundrada, mo``tadil zonada yashovchi tulki va Afrikadagi fenek degan tulkini olsak, ular ekologik jihatdan o`xshash yoki bir-biriga yaqin turlardir.
Lekin turli iqlim zonasida yashaganliklari uchun ular tashqi ko`rinishi, ayniqsa, quloqlarining shakli, katta-kichikligi bilan bir-birlaridan keskin farqlanadi.
Xuddi shuningdek, Arktika va baland tog’ mintaqasida yashovchi ba`zi hasharotlarning rangi Quyosh nurini ko`proq yutganligi sababli qoramtir rangda bo`ladi.
Ko`pchilik suv hayvonlarining tuxumi ham shunday qoramtir pigmentga boy bo`ladi. Demak, hayvonlar ham g’gurli xil harorat ta`siriga moslashadilar.
U hayvonlarning haroratga moslanish yo`llari asosan uch xildir, ya`ni kimyoviy, tabiiy, termoregulyatsiya va xulq-atvor moslanishlaridir.
Tashqi muhit haroratining pasayishiga javoban faol ravishda tanadan issiq ajralishi kimyoviy termoregulyatsiya deyiladi.
Bunday moslanishning ko`rinishlari ba`zi bir baliqlarda, hasharotlarda (arilar, kapalaklar) uchratiladi.
Tanadan issiq ajratishning o`zgarishi, ya`ni ortiqcha bo`lsa tashqariga chiqarib yuborish yoki uni ushlab qolish tabiiy termoregulyatsiya deb qaraladi.
Bunday yo`l bilan harorat omiliga moslashgan hayvonlarda quyidagi anatomo-morfologik moslanishlar kuzatiladi: tananing junlar bilan qoplanishi, pat yoki parlarga ega bo`lishi, yog’ zahirasining joylanishi, teri yoki nafas yo`li orqali suv bug’latishni boshqarish va hokazo.
Ko`pchilik hayvonlar uchun tana haroratini boshqarishda ularning instinktdan kelib chiqadigan harakatlari katta ahamiyatga ega.
Bularga poza (gavdaning holati) larni o`zgartish, boshpana topish, murakkab er ostki uyalar (inlar) qurish, boshqa joylarga uyalar qurish, uzoq yoki yaqin masofalarga ko`chib yurishlar (migratsiyalar) kiradi.
Tana haroratini idora etishda hayvonlarning guruhli xatti-harakatlari ham muhim ahamiyatga ega.
Masalan, cho`lda yashovchi tuyalar jazirama issiq kunlari bir-birlariga yonboshlagan holda bir joyga to`planib yotadilar, natijada ular to`plangan joyning o`rtasidagi harorat 39°S, ya`ni tana haroratiga teng bo`ladi. eng chekkadagi tuyalarning elka tomonidagi junlari 70°S gacha qizib ketadi.
Gomeoterm hayvonlarning issiqlik balanslarini idora etishda yuqoridagi moslanish yo`llaridan birgalikda foydalanish ularning har qanday tashqi noqulay harorat ta`siridan saqlanish imkonini beradi.
Ayrim hasharotlarda (qo`ng’iz, xonqizi, chumolilarda) chiqaruv organi (mal’pigi naylari)ning bir uchi ichakning orqa devoriga tutashgan bo`lib, undagi suv so`rilishi orqali organizm tomonidan qayta sarflanadi, ya`ni reabsorbtsiya hodisasi yuz beradi.
Suyuq ozuqa bilan oziqlanuvchi asalari, kapalak va pashshalarda esa reabsorbtsiya hodisasi kuzatilmaydi.
Ular siydik orqali tashqariga har xil ortiqcha tuzlar va mochevina chiqaradi.
Natijada suv tanada birmuncha tejab qolinadi. Sudralib yuruvchilar, toshbaqalar, qushlar va ko`pgina hasharotlar o`zlaridan yaxshi erimagan siydik kislotasini, o`rgimchaklar esa guanin moddasini chiqazadi. Buning uchun esa uncha suv ko`p sarflanmaydi.
Ayrim suvda yashovchi (gidrobiont) hayvonlar suvni yutishi yoki fil’tratsiya qilish orqali yashashga moslashgan. Natijada suv havzalarida biologik tozalanish sodir bo`ladi.
Masalan, mshanka, astsidiy, plankton, qisqichbaqasimonlar, midiyalar bir sutkada 150-280 m3 suvni tindiradi va tozalaydi.
Qurg’oqchil sharoitda yashovchi suvo`tlari, lishayniklar va moxlar poykilokseroseofitlar deb atalib, ular qurg’oqchil davrlarda qurib qolib, anabioz holatga o`tadilar va yog’ingarchilik bo`lgan vaqtda yana hayotini tiklab davom ettiraveradilar.
Hayvonlarning qurg’oqchil sharoitga moslanishlari ham juda xilma-xildir. Galopagos orollaridagi toshbaqalar suvni siydik qopida jamg’argan holda saqlaydi.
Avstraliya cho`llaridagi qurbaqalarda ham shunday holat kuzatiladi. Kemiruvchilar va hasharotlar odatda suvga bo`lgan talabini oziq tarkibidagi suv hisobiga qondiradi.
Yumronqoziq kabi hayvonlar qurg’oqchilik sharoitiga uyasining ancha chuqurda bo`lishi, tanasida ma`lum miqdorda yog’ jamg’arib, yozgi uyquga (tinimga) ketishi bilan moslashadi.
Tuyalar esa to`plangan yog’ miqdorini metabolik parchalash yo`li bilan organizmning suvga bo`lgan talabini qondiradi.
Tez yuguradigan hayvonlar (antiloplar) yoki uchadigan qushlar suv ichish uchun uzoq masofalarga borib keladilar.
Umurtqasiz hayvonlar qurg’oqchil davrni tsista (yoki qalin po`stli sporalar) holatida o`tkazadilar yoki ba`zi birlari ancha qulay bo`lgan joylarga ko`chib ketadilar.
SHunday qilib, qo`rg’oqchilik sharoitda yashovchi hayvonlar tanasidan yo`qotgan suvni butun tanasi teri qatlami orqali shimish yoki ozuqa orqali, ancha murakkab yo`l hisoblangan oqsil, yog’ va uglevodlarning parchalanishi vaqtida ajralib chiqqan suv hisobiga qondiradi.
Suvda yashovchi hayvonlar — gidrofillar (suvda va quruqda yashovchilar, yomg’ir chuvalchanglari, qorin oyoqli mollyuskalar, mokritsalar) faqat ancha sernam sharoitda hayot kechirishlari mumkin.
Mezofillar o`rtacha suv talab qiluvchilar, ya`ni evrigir organizmlar, hisoblanib, namlikning o`zgarishiga yaxshi bardosh beradi.
O`simlikning deyarli 50% quruq vazni havodan o`zlashtirilgan uglerodga to`g’ri keladi. Atmosferadagi toza va quruq havoda 78,1% azot, 21% kislorod, 0,9% argon, 0,03% SO2 bo`ladi.
Bulardan tashqari oz miqdorda neon, geliy, kripton, ksenon, ammiak, vodorod, radiy hamda toriy kabi radioaktiv moddalar qoldig’i, shuningdek, har xil azot oksidlari, xlor va boshqa elementlar uchratiladi.
Havoda har doim suv bug’lari (0,01—4% gacha) bo`ladi. Havoning quyi qatlamlarida gazsimon tabiiy zarrachalardan tashqari tabiiy aralashmalar ham uchraydi.
Ular chang va tutunlar, qurum, ba`zan dengiz tuzlarining kristallari, har xil organik zarrachalar va boshqalar bo`lishi mumkin.
Havo tarkibidagi kislorod o`simlik va hayvonlarning nafas olishi uchun zarur bo`lgan elementdir. Uning miqdori havoda etarli darajada bo`ladi.
Agarda bu ko`rsatkich 5% ga kamaysa organizmlarning nafas olishi qiyinlashadi.
Karbonat angidrid gazi deyarli doimiy bo`lrb, faqatgina yirik shaharlarda uning miqdori ortiq bo`lishi mumkin. Ma`lumki, karbonat angidrid gazi yashil o`simliklar uchun oziqlanishda muhim ahamiyatga ega.
Azot elementi havoning tarkibida ko`p miqdordabo`lishiga qaramay, uni organizmlar to`g’ridan-to`g’ri o`zlashtira olmaydi.
Organizmlar uni faqatgina birikma holdagina o`zlashtirishi mumkin.
Azot tugunak bakteriyalar, azotobakteriyalar, aktinomitsetlar va ko`k-yashil suvo`tlari uchun ozuqa manbai bo`lib xizmat qiladi.
Havodagi azot miqdorining o`zgarishi inson faoliyati yoki o`simliklar qoplamining tabiatiga bog’liqdir. Havoning tarkibidagi sul’fit angidrid, azot oksidlari, galogenvodorodlar, ammiak va boshqalar zararli moddalar hisoblanib, uning ifloslanishiga sababchi bo`lmoqda.
Ular o`simliklarning havo orqali oziqlanishida, yog’ingarchilik, tuman vaqtida o`simlik tanasiga kirib boradi.
Havodagi ana shunday zaharli moddalarni yutgan o`simlik barglari, hujayralari o`la boshlaydi.
Daraxtlarning suv shimish mexanizmi ishdan chiqadi va barglari to`kiladi.
Uchki shoxlari esa quriydi.Havo tarkibida turli xil gazlar miqdorining ortib ketish hollari dunyoning turli nuqtalarida turli darajadadir.
O`zbekiston shahar va qishloqlarining deyarli hamma joyida ham havoning ifloslanish darajasi sanitariya talablariga javob bermaydi.
Ba`zi ma`lumotlarga ko`ra, 1989 yilda sanoat korxonalari tomonidan havoga 1337 ming tonna, avtotransportlardan 2,2 million tonna zaharli chiqindi moddalar chiqazilgan.
Toshkent, Andijon, Qo`qon, Navoiy, Olmaliq, Chirchiq, Farg’ona va boshqa shaharlarda ifloslanish darajasi juda yuqori bo`lib qolmoqda.
Faqat Toshkent shahri transporti yiliga 360 ming tonnadan ortiq turli chiqindi gazlarni atrofga purkaydi. Ular tarkibida 100 xildan ortiq zaharli moddalar mavjud.
Demak, yirik shaharlarimiz havosining ifloslanishiga asosan transport va yon atrofdagi kimyoviy zavod fabrikalar sabab bo`lmoqda.
Qishloq joylarda esa ekin maydonlarining o`ta «nashavand» bo`lib qolganligi, ya`ni erga haddan tashqari mineral o`g’itlar va 70 xilga yaqin turli kimyoviy moddalar (gerbitsid va pestitsidlar)ning ishlatilganligi havoning buzilishiga olib keldi.
O`simliklarning havodagi turli zaharli moddalarga nisbatan sezgirligi turlichadir.
Masalan, sebarga sul’fit antidridga, lola va gladioluslar — vodorod ftoridga, doim yashil daraxtlarning barglari sul’fit angidridga, mox, lishayniklar va ba`zi zamburug’lar SO2, NG’, NS1 larga nihoyatda sezgirdir.
Shubhasiz, o`simliklar havoni ma`lum darajada tozalaydilar. SHuning uchun ham yashil o`simliklarning ekologik roli nihoyatda kattadir.
Havo haqida gapirganda uning ko`zga yaqqol tashlanadigan bir ko`rinishi — shamol tushunchasi bilan bog’liqdir. SHamol barcha tirik organizmlarga ekologik omil sifatida turli xil ta`sir ko`rsatadi.
Masalan, shamol ta`sirida o`simliklarda quyidagi jarayonlar sodir bo`ladi:
Hayvonlarning 75% i (hasharotlar, qushlar, sudralib yuruvchilar va sutemizuvchilar) havoda uchishga moslashgan.
O`simliklarning urug’ va mevalari, mayda hasharotlar, sodda hayvonlarning tsistalari esa havoda passiv holda uchib yuradi.
Bu hodisa anemoxoriya deyiladi. Bunday organizmlar esa aeroplanktonlar deb ataladi.
Aeroplanktonlar havo muhitiga tanasining kichik o`lchamda bo`lishi, har xil o`simtalar hisobiga yuzasini oshirishi, kuchli darajada bo`laklarga ajralishi
Nisbatan katta yuzaga ega bo`lgan qanotlarining bo`lishi va o`rgimchak ipi tolasi kabilardan foydalanishi bilan moslashganlar.
Ba`zi bir mayda hayvonlar, qushlar va hasharotlar kuchli shamol (havo oqimi) ga bardosh berolmaydilar.
Masalan, janubiy okeanlar qirg’oqlarida esadigan shamollar ta`siridan saqlanish uchun ba`zi hasharotlar qanotsiz bo`lganliklari sababli tosh ostidagi va qoyalardagi yoriqlarga yoki o`simliklar qoplami ostiga yashirinib oladilar. Bu esa ularning shamol ta`siriga nisbatan moslanishidir.
Lekin shu bilan birga u erlarda qanotli pashshalar ham ko`p uchraydi. Kuchli shamollar havoning yuqori qatlamlariga turli mayda organizmlarni ko`tarib chiqib bir necha ming kilometr masofaga olib ketadi.
Shamol o`simliklarda suv bug’lanishini kuchaytiradi va namlikni olib keladi.
U o`simliklarga bevosita (to`g’ridan-to`g’ri) yoki bilvosita ta`sir etishi mumkin.
To`g’ridan-to`g’ri ta`sirga mexanik bug’lanishni tezlashtirish, SO2 ning kamayishi, yangisini olib kelish, quruq shamollarning zararli ta`sirlari kiradi.
Tuproqni uchirib ketib ildizlarning ochilib qolishi, qumlar bilan ko`milishi, qorlarni uchirib ketlishi, boshqa o`simliklar novdalarini sindirib uchirib kelishi shamolning bilvosita ta`siridir.
Shamol o`simliklarning tashqi qiyofasiga ham ta`sir etadi. Havo bosimining pasayishi ham ko`pincha hasharotlarning faolligiga ijobiy ta`sir etadi.
Bulardan tashqari havoning ionlanishi, elektr maydonlarning organizmlarga ta`sir etishi tabiiydir.
Ana shunday omillarning tirik organizmlarga bo`lgan ta`siri hali etarlicha o`rganilgan emas, SHunday qilib, havo oqig’mi (yoki shamol) barcha tirik organizmlar hayotiga mexanik, biologik (fiziologik, anatomik, morfologik), geografik va boshqa xil ta`sir ko`rsatadi.
Tuproqda o`simliklar, mikroorganizmlar va ba`zi umurtqasiz hayvonlar yashaydi.
Masalan, 1 m2 tuproq qatlamida 100 milliardlab sodda hayvonlar hujayrasi, millionlab nematodlar, yuzlab yomg’ir chuvalchanglari, 100 minglab zamburug’larning gifa-mitselliylari, bakteriyalar va suvo`tlar yashaydi.
Demak, tuproqda uchrovchi barcha tirik organizmlar yashash jarayonlarida bir-biriga nisbatan turli xil munosabatda bo`lib ta`sir ko`rsatadi, ya`ni o`simlik, hayvon va mikroorganizmlar o`rtasidagi murakkab munosabatlar natijasida tuproqda gumus va mineral moddalar to`planadi.
Tuproqning ekologik omil sifatida o`simliklarga ta`siri haqida gapirganda avvalo shuni aytish kerakki, tuproq o`simlikni o`zida biriktiradi va uni ozuqa bilan ta`minlaydi, ya`ni o`simlik tuproqdan suv va unda erigan mineral moddalarni oladi.
O`simlikka tuproqning xususiyatlari va kimyoviy tarkibi hamda mikroflorasi juda.katta ta`sir qiladi.
Tuproqning kimyoviy xossalaridan biri uning kislotaliligi bo`lib, bu vodorod ionlari kontsentratsiyasi bilan ifodalanadi.
Tuproqning kimyoviy tabiatiga (rNga) qarab,
Do'stlaringiz bilan baham: |