atsedofil (kislotali), neytrofil (neytral), bazofil (ishqoriy) o`simlik turlari yoki jamoalari ajratiladi.
Tuproqdagi o`simliklar uchun zarur bo`lgan kimyoviy elementlardan azot, fosfor, kaliy, kal’tsiy, magniy, oltingugurt, temir kabi makroelementlar va mis, bor, rux, molibden kabi mikroelementlar muhim ekologik ahamiyatga ega.
O`simliklarning tuproqda bo`ladigan turli tuzlarga munosabati ham har xil. Ba`zi o`simliklar karbonat tuzlari ko`p tuproqlarda yaxshi o`sadi va ular kal’tsefillar deyiladi.
Ularga salablar, beda, Sibir’ tilog’ochi, qoraqayin, shumtollar, vetrenitsa, chalov, tubulg’i va boshqalar kiradi.
Ba`zi botqoqlik yoki kislotali muhitga ega bo`lgan tuproqda o`suvchi o`simliklar kal’tsiy tuzlarini «yoqtirmaydi» va ular kal’tsefoblar deb ataladi.
Torf moxlari, otquloq, kashtan, choy kabilar kal’tsefob turlar hisoblanadi. Oson eruvchi tuzlarga boy bo`lgan tuproqlarda o`suvchi o`simliklar
Do'stlaringiz bilan baham: |