sodda kitobxonni olib ko`raylik.
Har birimiz ham dam-badam ana shunday o`quvchi qiyofasida namoyon bo`lib turamiz.
Bunday kitobxonlar – hindular haqidagi kitobchani o`qiyotgan bolakay yo graf ayol hayoti to`g`risida hikoya qiluvchi romanni mutolaa qilayotgan oqsoch yoki
SHopenhauerni o`rganishga kirishgan talaba – barchasi, ovqatni paqqos tushiradigan sertomoq xo`randa singari, kitobni yutib yuboradi.
Bunday o`quvchining kitobga munosabatini bir shaxsning ikkinchi bir shaxsga munosabatidek, deb bo`lmaydi, balki aksincha, ot suliga yoki izvoshchiga qanday qarasa, xuddi shunday deyish mumkin.
Kitob yetaklaydi, kitobxon esa unga ergashadi.
Kitob syujeti xolisona, beg`araz voqelik sifatida idrok qilinadi.
Syujetning o`zi bo`lsa koshkiydi!
Badiiy adabiyotning tuppa-tuzuk bilimga ega ashaddiy o`quvchilari ham borki, ular butkul sodda kitobxon sinfiga mansubdir.
Garchi ular syujetning o`zi bilangina kifoyalanib qolmasalar-da, romanda qancha aza yoki shu bilan birga, muallifning o`zini tushunib, kitobning estetik mohiyatini xolisona qabul qiladilar.
Ular asar muallifining barcha zavq-shavq, quvonchiga va ilhomiga sherikdirlar, uning holatlarini hech bir e`tirozsiz qabul qiladilar.
Oddiy odamlarni asar syujeti, undagi vaziyat, voqea va harakatlar muallif mahorati, tili, bilimi, ma`naviy saviyasi muhim.
Ular buning barchasini qandaydir xolisona voqelik sifatida – adabiyotning so`nggi va deb qanday idrok etsa, xuddi shunday tushunadilar.
Bunday sodda kitobxon, mutolaaga munosabatiga ko`ra, umuman, shaxs hisoblanmaydi, balki o`zi bilan o`zi andarmon o`quvchi, xolos.
U romandagi voqealarning keskinligiga, xavf-xatarga to`la sarguzashtlariga, ishqiy muallifning o`zigagina baho berib qo`yaqoladi
Ya`ni uning muvaffaqiyatlarini shunday andaza bilan o`lchaydiki, bu me`yor oxir-oqibatda doimiy odatga aylanadi.
Bunday o`quvchi kitob, umuman, his qilib, tushunib o`qish va mazmuni yoki shakliga munosib baho berish uchungina yaratilgan
Bunga shak-shubha qilmaydi.
Ya`ni, kitob – non yoki ko`rpa-to`shakka o`xshagan narsa, deb hisoblaydi.
Biroq dunyodagi mavjud barcha narsalarga nisbatan bo`lganidek, kitobga ham o`zgacha munosabat joiz.
Inson tarbiyasiga emas, tabiatiga amal qildi deguncha, bolaga aylanadi va buyumlarni o`ynay boshlaydi.
SHunda non yerosti yo`li qazilgan toqqa, ko`rpa esa g`orga yoki qor bosgan dalaga aylanadi.
SHunday bolalarga xos soddalikdan va bu o`yinchi dahodan ikkinchi turdagi kitobxonga nimadir yuqadi.
Bu o`quvchi asar mazmuni yoki shaklini qanchalik qadrlasa, uning haqiqiy, yanada muhimroq qadr-qimmatini ham shunchalik yuqori baholaydi.
Bu kitobxon bolalarga o`xshab, har bir narsaning ehtimol o`n yoki yuz mazmun-mohiyati, ahamiyati va qadr-qimmati borligini yaxshi biladi.
Mazkur o`quvchi, masalan, yozuvchi yoki faylasufning voqea, hodisalar, narsalarga nisbatan o`z bahosini o`z-o`ziga yoxud kitobxonga majburan qabul qildirishga urinayotganini emasligini payqab olishi mumkin.
Bu kitobxon professor-adabiyotshunoslar va adabiyot munaqqidlariga ko`pincha butunlay noma`lumligicha qoladigan mavjud emasligini ham yaxshi biladi.
Ya`ni, adabiyot tarixchisi, SHiller falon yili falon syujetni tanlab olib, uni besh bo`g`inli yamb (vazn) orqali ifodalashga ahd qilgan, deydi.
Kitobxon esa na syujet, na yamb shoirning erkin tanloviga sabab emasligini, unga rohat bag`ishlagan yagona narsa – shoir syujetni nima qilishi emas, balki syujet shoir bilan nimalar qilganini ko`rish istagidir.
SHu xildagi fikrga kelganda, estetik deb ataladigan qadriyatlar deyarli butunlay o`z qimmatini yo`qotadi va aynan har qanday xato, kamchilik va nomukammalliklar ulkan jozibadorlik kasb etishi mumkin.
CHunki bunday kitobxon yozuvchi ketidan izvoshchiga ergashgan otga o`xshab emas, balki o`ljaning iziga tushgan ovchidek boradi va poetik erkinlik bo`lib ko`rinayotgan narsa
Nogoh tashlangan nazar, shoirning sustligi va zo`rakiligini payqagan nigoh, soz texnika hamda nafis so`z san`atining barcha go`zalliklaridan ham ko`ra ko`proq zavq-shavq, shodlikka noil bo`lmog`i mumkin.
Yana yo`limizda davom etamiz va uchinchi – oxirgi tipdagi kitobxonga duch kelamiz.
SHu o`rinda yana bir bor ta`kidlaymiz, hech kim, hech qaysi birimiz u yoki bu toifada muqim, abadiy qolib ketishga majbur emasmiz guruhga mansub bo`lmog`imiz ham mumkin.
SHunday qilib, endi nihoyat, uchinchi – so`nggi bosqich haqida so`z yuritamiz.
Uchinchi turdagi kitobxon zohiran “yaxshi” deb nom olgan o`quvchining butunlay teskarisidir.
Bu kitobxon shu darajaga yetgan shaxski, u hech kimga o`xshamaydi.
U – o`z mutolaa saltanatida mutlaq hokim, hukamo, hukmdor.
Kitobdan u na ma`rifat izlaydi, na vaqtichog`lik.
Kitobdan – bu yorug` olamda qolgan boshqa har qanaqangi narsa kabi – faqatgina boshlanish, yo`nalish nuqtasi sifatida, istak, niyat, mayl sifatida foydalanadi.
Unga aslida nima o`qishning farqi yo`q.
U biror faylasufning asarini unga ishonib, ta`limotini o`rganib olmoq yoki uni tanqid qilib, yaralganini tushuntirib berishi uchun mutolaa qilmaydi.
Yo`q, u hamma narsani o`zi tushunadi, o`zi anglay oladi.
U, ta`bir joiz bo`lsa, komil inson.
U hamma narsa bilan o`ynasha oladi: muayyan bir nuqtai nazar; qarash; fikr; tasavvur.
Hamma narsani o`yinga aylantirishdan ham ko`ra foydaliroq va samaraliroq boshqa hech narsaga hojat qolmaydi.
Agar bunday o`quvchi kitobdan biron-bir sententsiya, ya`ni hikmatli so`z, dono gap, hikmat topib olsa, eng avvalo, topilmaning astar-avrasini ag`daradi.
U azal-azaldan biladiki, har qanday haqiqatlarni inkor etish asl haqiqatdir.
U ma`naviyat sohasidagi har qanday fikr, qarash, nuqtai nazar qutb ekanligini va unga qarama-qarshi xuddi shunday zo`r qutb ham mavjud ekanini azaldan yaxshi biladi.
U yosh bolaga o`xshab, assotsiativ tafakkurni yetarli darajada qadrlaydi, biroq u boshqa narsalarni ham biladi.
SHunday qilib, mazkur kitobxon yoki, to`g`rirog`i, shu guruhga mansub har birimiz
Ham duch kelgan narsani – roman, grammatika, yo`l qatnovi jadvali, bosmaxona namunalarini va boshqa har qanday narsani o`qiyverishimiz mumkin.
Fantaziyamiz va assotsiativ qobiliyatimiz munosib darajada bo`lgan paytda ham biz baribir qog`ozdagi istak, niyat va mayllar oqimida suzayotgan bo`lamiz.
Ular sahifalar, matnlar bag`ridan, shu bilan birga, bosma harflar terilgan ustunchalarda ham ko`rinishi mumkin.
Hattoki, gazetada bosilgan e`lon ham yangilik.
Eng baxt-omadli, tantanavor fikr mutlaqo jonsiz so`z zamiridan kelib chiqsa ham ajab emas, negaki, undagi harflarni, xuddi mozaikaga o`xshab, dam bundoq, dam undoq aylantirib ko`raverish ham joiz.
Bunday holatlarda hatto Qizil SHapkacha haqidagi ertakni qandaydir kosmogoniya yoki falsafa yoxud go`zal ishqiy poeziya yanglig` mutolaa qilish durust.
Allaqanday sigara qutisidagi “Colorado maduro” degan yozuvni shunchaki o`qib, ushbu so`zlar, harflar va tovushlar yurakdagi orzuga aylangan olis sayohatga otlanmoq ham mumkin.
Biroq shu o`rinda – mutolaa ham shunaqa bo`ladimi. – deya meni yozg`irishlari tabiiy.
Xo`sh, aytaylik, Gyoteni o`qiyotib, Gyotening niyat, maqsad, o`y va fikrlarini uqish, idrok etish va chuqur anglash
O`rniga o`zini go`yo qandaydir e`lonni yoki bo`lmasam, tasodifiy terilgan harflar uyumini tomosha qilayotgandek tutadigan odamni, umuman, kitobxon deb atab bo`ladimi.
Mutolaaning so`nggi – uchinchi darajasi deb ataganimiz aslida kitobxonlikning eng past, eng bachkana, eng varvarlarcha turi emasmikin mabodo. Bunday o`quvchidan
Nimayam derdim, yozg`irgan kishi haq.
Uchinchi toifadagi kitobxon – mutlaqo kitobxon emas.
Mazkur guruhda uzoq qolib ketadigan odam oxir-oqibat kitob o`qishni yig`ishtirib qo`yadi.
Bunga sabab shuki, uning uchun gilam rasmi, devor, to`siq, g`ovga terilgan toshlar a`lo va mukammal darajada tartib berilgan harflardan tuzilgan eng go`zal sahifa o`rnini bemalol bosa oladi.
Alifbo harflari bitilgan varaq uning uchun birdan-bir, yagona kitobga aylanishi ham mumkin.
Ha, shunday, bu oxirgi bosqichdagi kitobxon ortiq kitobxon emas.
Unga Gyote bir pul, SHekspir ham chikora.
Ana shu so`nggi darajadagi kitobxon endi, umuman, kitob o`qimaydi.
Ha-da, kitob unga ne darkor.
Axir, butun olam uning o`zida mujassam emasmi.
Uchinchi guruhda uzoq to`xtab qolgan odam kim bo`lmasin, ortiq kitob o`qimay qo`yar edi.
Ammo, unda hech kim uzoq turib qolmaydi.
SHunday bo`lsa ham, harholda, kimki mana shu uchinchi bosqich bilan tanish emas ekan, yomon, xom, g`o`r, dumbul kitobxondir.
CHunki u dunyoning butun poeziyasi va butun falsafasi o`zida mujassam ekanligini bilmaydi, zero, eng buyuk shoir ham har birimizda mavjud o`sha pinhoniy sarchashmadan ulgi oladi, axir.
Hayotingda aqalli bir martagina mayli, faqat bir kunga uchinchi – bosqichda bir bo`lgin – ana keyin (ortingga yengil qaytib), mavjud barcha bitiklarning ancha durust o`quvchisiga, tinglovchisiga va sharhlovchisiga aylanasan.
SHu bosqichda atigi bir martagina bo`lib ko`rgin, shunda sen uchun yo`l bo`yida yotgan
Tosh ham Gyote yoki Tolstoy qadar ma`no kasb etadi, – so`ngra sen Gyote, Tolstoy va boshqa barcha yozuvchilardan beqiyos ulkan ma`no-mazmun yana-da ortadi.
Negaki, Gyote asarlari, bu – Gyote emas, Dostoevskiy jildlari, bu –pasaytirish yo`lidagi, hech qachon oxiriga yetmaydigan umidsiz, tushkun urinishlari, xolos.
Sayr qilib yurgan chog`ingda, aqalli bir marta xayolingga kelgan o`y-fikrlar zanjirini tutib qolishga urinib ko`r.
Yoki – bundan ham ko`ra yengilroq tuyulgan – tunda ko`rganing oddiygina tushni eslab qol!
Tushingda senga kimdir avval tayoq o`qtaldi, so`ng esa, orden tutqazdi. Xo`sh, bu kim ekan.
Zo`r berib eslashga harakat qilaverasan, u bir do`stingga, bir otangga o`xshash tuyuladi, lekin qandaydir begona, yot ekanligi bilinib turadi, ayol kishiga, singlingga, mahbubangga ham o`xshab ketad.
U o`qtalgan tayoq tutqichi esa nimasi bilandir sen o`quvchilik davringda ilk bor sayohatga otlangan kemadagi shtokni eslatadi.
Va shunda birdaniga yuz minglab xotiralar qalqib, yuzaga chiqadi.
Agar sen ana shu jo`ngina tushni eslab qolib, mazmunini qisqacha qilib, stenografiya yoki alohida so`zlar bilan yozib qo`ymoqchi ikkita, ehtimol o`nta bo`lar.
CHunki tush, bu – tuynuk, u orqali sen butun vujuding ichidagi bor narsani ko`ra olasan, o`sha bor narsa – butun dunyodan, sen tug`ilgandan to hozirgi daqiqagacha
Bergsonga qadar butun dunyodan na katta, na kichik bo`lmagan bir olamdir.
Va sen o`z tushingni aytib, ta`birlab berishga harakat qilayotganing tushing o`rab, qamrab olgan dunyoga daxldorligi kabi, muallif asari ham u aytmoqchi bo`lgan narsaga, fikrga, g`oyaga taalluqlidir.
Gyote “Faust”ining ikkinchi qismi ustida olimlar va diletantlar (havaskorlar) va bema`ni, teran va tuturiqsiz izohlar, sharhlar, tushuntirishlarning yuzaga kelishiga sababchidir.
SHuni aytib o`tish joizki, har qanday adabiy asar zamirida o`sha sirli sirt – yuza ostiga yashiringan, nomsiz ko`pma`nolilik mujassam.
Buni eng yangi psixologiya “ramzlarning o`ta determinantlashuvi” deb ataydi.
Usiz ham buni fikrning cheksiz, bitmas-tuganmas mukammalligi uzra qisman bo`lsa-da, to`la qamrab ololmayotgan izoh, tushuntirishlarga batamom ishonasan.
Kitobxonning mutolaadagi shu uch bosqich orasida goh u yon, goh bu yon ko`chib yurishi tabiiy, bu har qanday kishi bilan har bir sohada sodir bo`lishi mumkin.
Minglab oraliq darajalardan iborat ana shu uch bosqich arxitektura, rassomlik san`ati, zoologiya, tarix kabi sohalarda ham mavjud.
Va mana shu uchinchi bosqich ham hammayoqda bor, unda sen hammadan ko`ra ko`proq buzilishi uchun xavf-xatar tug`diradi.
Ammo shunday bo`lsa ham, sen mana shu bosqichni o`tamasang, kitob o`qishda, san`at va ilm o`rganishda imlo o`qiyotgan oddiy maktab o`quvchisidan farqing qolmaydi.
Demak ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishni avtomatlashtirish uch bosqichga amalga oshiriladi.
Birinchi bosqichda texnologik jarayonlarni boshqarishni avtomatlashtirish amalga oshiriladi.
Ikkinchi bosqichda tsexlarni boshqarishni avtomatlashtirish amalga oshiriladi.
Uchinchi bosqichda korxonani boshqarishni avtomatlashtirish amalga
oshiriladi.
Mexatronika esa ishlab chiqarilayotgan maxsulotni yuqori sifat koʻrsatkichiga ega boʻlib, intellektual boshqarilishini talab etadi.
Ishlab chiqarishda asosiy etibor texnologik jarayonga qaratilgan.
Mexatronikada esa asosiy etibor jarayonni amalga oshiruvchi mexnat
qurollariga qaratilgan.
Agar mexnat quroli intellektual boshqarilsa u mexatron obektga aylanadi.
Vaxolanki zamonaviy ishlab chiqarishni zamonaviy mexnat qurollarisiz tasavvur etib boʻlmaydi.
Demak korxonaga shunday mexatron modullar, mashinalar, sistemalar
oʻrnatish kerakki, ular yordamida ishlab chiqilgan maxsulotlar yangi sifat koʻrsatkichlarga ega boʻlib intellektual boshqarilsin.
Aynan mana shu printsipial yangilik dunyoda mexatronikaga boʻlgan qiziqishni ortirib yubordi.
Olimlar g`o`zaning xerbatsum turi bilan har xil selektsiya ishlarni olib borib, hozirgi yuqori xususiyatlarga ega bo`lgan navlarni yetishtirishga muvaffaq bo`ldilar.
Paxtaning bu turi O`zbekistonning paxtachilik tarixida «G`o`za» nomi bilan atalgan.
Bugungi kunda o`tsimon paxta Hindistonda, Iroqda, Afg`onistonda va boshqa davlatlarda yetishtiriladi.
G`o`za gullagandan keyin ko`sak hosil bo`ladi.
G`o`zaning o`sish jarayonida ko`sakning hajmi kattalashadi.
Ko`sak ichidagi chigitning ustida tolalar o`sadi va ularning yetilishi ikki davrga bo`linadi, sintez natijasida tsellyuloza qatlamlari hosil bo`ladi.
G`o`za ko`saklari 30-40 % ochilganda qo`l bilan va 60-60% ochilganda mashina bilan terib olinadi.
Paxta qo`l yordamida terilganda toza bo`ladi, lekin terish unumdorligi past, aksincha mashina yordamida terganimizda esa ish unumdorligi yuqori bo`lib, sifatiga salbiy ta`sir ko`rsatadi.
CHigitli paxtani dalalardan terib olgandan keyin paxta tozalash korxonasi qoshidagi tayyorlov maskanlariga topishiriladi.
Tayyorlov maskanlarida qabul qilingan chigitli paxta ochiq yoki yopiq ko`rinshda brezent bilan qoplangan g`aramlarda saqlanadi.
CHigitli paxta standart bo`yicha 5 ta, ya`ni I, II, III, IV va V navlarga bo`linadi.
Paxta navi iflos aralashmalarning miqdori va namligiga qarab 3 ta sinfga bo`linadi, ya`ni 1-sinf-qo`lda terilgan paxta, 2-sinf-mashina yordamida terilgan paxta, 3-sinf-erdan terib olingan paxta.
Paxtada kuchli darajada zamburg` kasalligi bilan shikastlangan tolalar bo`lmasligi kerak.
CHigitli paxtani dastlabki ishlash paxta tozalash korxonalarida bajariladi.
Paxta tozalash korxonasining asosiy vazifasi qabul qilingan chigitli paxtadan, uning tabiiy xususiyatlarini saqlagan holda yuqori sifatli tola, momiq, kalta momiq va chigit ishlab chiqarishdan iborat.
Paxtani dastlabki ishlash jarayonida hosil bo`ladigan chiqindilarni qayta tozalab, tolalarni ajratib olish va urug`li chigitlarni tozalab, dorilab ekishga tayyorlash kabi vazifalarni bajariladi.
CHigitli paxtaning tolasini ajratish uchun ikki xil usulda ishlaydigan tola ajratgach mashinalaridan foydalaniladi.
Arrali tola ajratgich-arrali jin deb ataladi. Bu mashinalarda o`rta tolali paxta ishlanadi.
Valikli tola ajratgich, valikli jin deb ataladi.
CHigitli paxtani dastlabki ishlash texnologiyasi quyidagi asosiy bosqichlardan ajratilgan chiqindilarni tozalash; tola, momiq va tola chiqindilarni toylash.
Paxta to`qimachilik sanoatining muhim xom ashyosi hisoblanadi. Paxtaning 1/3 qismini tola, 2/3 qismini chigit tashkil etadi. Paxta 3-5 chanoqli bo`ladi.
Tolalarning tuzilishi, ularning pishganlik darajasiga bog`liq bo`ladi.
Tolalarning navi eng yomon ko`rsatkichlari bo`yicha aniqlanadi.
Paxta tolasi nuqsonlari va iflos aralashmalarning miqdoriga ko`ra oliy, yaxshi, o`rta, oddiy va iflos sinflarga bo`linadi.
Tolalarning tuzilishi ularning pishganlik darajasiga bog`liq bo`ladi.
Pishmagan (o`lik) paxta tolasi yassi, tasmasimon, yupqa devorli bo`ladi va o`rtasida keng quvuri, bo`shlig`i bor.
Tolalar pishgan sari devorlariga tsellyuloza yig`iladi va devorlari qalinlashadi va quvuri torayadi, tolalar buramdor bo`lib qoladi.
Pishgan paxta tolalarining bo`ylama ko`rinishi spiralsimon buralgan yassi naychalardan iborat.
Eng pishgan tolalar o`rtasida quvuri kichik bo`lib, tola tsilindrik shaklida bo`ladi.
Paxta tolalari bo`shlig`ining bir tomoni ochiq bo`ladi.
Paxta tolasining ko`ndalang kesimi ham pishganlik darajasiga bog`liq.
Umuman pishmagan tolalarning ko`ndalang kesim yuzi tasma, pishmaganlarniki esa loviyasimon, pishgan tolaniki ellips va eng yaxshi pishgan tolalarniki esa doira ko`rinishida bo`ladi.
Kimyoviy tarkibi jihatidan paxta tolasi deyarli sof tsellyulozadan iborat.
Pishgan paxta tolasining tarkibida 95-96 % tsellyuloza va 4-5 % turli aralashmalar-moy, mum va ma`dan moddalaridan iborat. Sirtqi qatlami kutikula deb ataladi
Paxta tolasining uzunligi navga bog`liq bo`lib, 25 dan 45 mm gacha, ko`ndalang kesimining o`rtacha o`lchami 12 dan 25 mkm gacha bo`ladi.
Paxta tolasi kislotaga bardoshsiz, u hatto suyultirilgan kislotalar ta`sirida ham yemiriladi, kislotalar uzoq vaqt ta`sir qilishi natijasida undan olinadigan ip gazlamalarning pishiqligi shunchalik pasayib ketadiki, xuddi papiros qog`ozidek yirtilib ketaveradi.
Agar paxta tolasiga kontsentrlangan sulьfat kislotasini ta`sir ettirsak, unda tola ko`mirga aylanadi.
Agar paxta tolasiga sovuq o`yuvchi ishqorlar ta`sir ettirsak, tolalar shishadi, buramdorligi yo`qoladi, sirti silliqlanadi, ipakka o`xshab tovlanadi, pishiqligi oshadi, bo`yaluvchanligi yaxshilanadi.
Mis gidroksidining nashatir spirtdagi eritmasi ta`sirida paxta tolasi eriydi.
Natijada, hosil bo`lgan eritmaga suv quyilsa, nashatir spirtning kontsentrasiyasi pasayadi va tsellyulozaning massasi kolloid eritma tarzida cho`kadi.
Paxta tolasi barcha organik tolalar kabi yorug`lik ta`sirida pishiqligini asta-sekin yo`qotadi.
Paxta tolalari sarg`ish alanga berib yonadi va to`liq yonib kul hosil qiladi.
Tolalar kuydirilganda ulardan kuygan qog`ozning hidi keladi.
Poya po`stlog`idan olinuvchi tolalar lub tolalari deb ataladi.
Lub tolalari poya po`stlog`idan tashqari barglardan va meva qobiqlaridan olinadi
Poya po`stloqlaridan olinadigan tolalar ikki guruhga bo`linadi: ingichka poyali po`stloqlardan olinadigan tolalar-zig`ir va rami; dag`al poyali po`stloqlardan olinadigan «koyr» kiradi.
U kokos palma daraxti mevasining po`stlog`idan olinadi.
ngichka poyali po`stloqlardan olinadigan tolalardan asosan kiyim-bosh, uy-xo`jaligida ishlatiladigan gazlamalarni ishlab chiqarish uchun foydalaniladi.
Yo`g`on iplardan esa texnikada ishlatiladigan materiallarni, ya`ni brezent, qop, eshilgan arqon, chilvir va bog`ich mahsulotlari ishlab chiqariladi.
Dag`al poyali po`stloqlardan va meva qobiqlaridan olinadigan tolalar qop-qanor, o`rash materiallari, arqonlar, kemachilik va baliqchilik anjomlari kabi buyumlarni ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.
Kanop-bir yillik, poyasidan tola olinuvchi, balandligi 3-5 m, poyasining yo`g`onligi 20 mm gacha bo`lgan o`simlik bo`lib, u asosan bizning yurtimizda-O`zbekistonda Toshkent viloyatidagina ekiladi va yetishtiriladi.
Kanop xorijiy mamlakatlarda, ya`ni Hindiston, Eron va Afrika qit`asining ayrim mamlakatlarida o`stiriladi.
Kanop asosan qop-qanor gazlamalari va eshilgan buyumlar ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.
Kanop o`simligi issiqlikni va namlikni yoqtiruvchi o`simliklardandir.
Bu qishloqning asl nomi Xonkeldimi, Qo`rg`onchami hech kim aniq bilmaydi.
Katta ko`chaning o`ng tomonidagilar.
Xonlar yashagan, bilib qo`yinglar,deyishadi.
Chap tomondagilar Qo`rg`oncha deyishadi.
Qo`rg`onchada xonlarning navkarlari, navkarboshilar turgan, bilib qo`yinglar, deyishadi.
Bahsni o`zlariga qoldiraylik.da maqsadga o`tib qo`yaqolaylik.
Qishloqchada bor.yo`g`i to`rt yuz oila yashaydi.
Bu oilalar o`zaro ta`rifiga so`z topa olmaysiz.
Lekin odamlari har xil: birovi angishvonadek kichkina, pakpakana, birovi baqaterakdek novcha, daroz.
Birovi oshqovoqni butun yutgandek baqaloq.qorindor, birovi bir umr to`yih ovqat yemagandek oriq, qotmagina.
O`h.hu, bu xilvat qishloqda kimlar yashamaydi deysiz.
Folbin ammalar.u, nomdor muallimalar, o`rischa gapiradigan chollar, vig`laydigan qizaloqlar.
U, yerga ursang osmonga sapchiydigan sho`xshaddod o`g`il bolalar, qoii yengil shifokorlar.u, yashirincha kuf.suf soladigan buvilar, ilg`or femerlar.u, dehqonchiligi.
Yaxshi bo`lmasa xotinini so`kib vuradigan dehqonlar, yolg`on aralash so`zlavdigan magazinchilar.
Bugun besh baho olmasa maktabdan yig`lab keladigan a`lochi qizlar.u, maktabga bormay pana joyga berkinib olib to`p tepadigan abjir bolalar
Rossiyaga meva sotib boyib ketgan mirishkorlar.u, turshagini sotolmay qurtga yedirib qo`ygan bevalar, kirakash shofyorlar.
Mayli qolganini keyin aytarmiz, xullas, tog` yonbag`riga joylashgan, barhavo
Bu so`lim qishloqda ana shunday ajoyib odamlar.
U, ana shunday ajoyib bolalar yashaydi.
Hammasi haqida hikoya aytib bera olmayinan, ulardan bir.ikkitasini tanlab olaman, xolos.
Xullas, ana shunday ajoyib qishloqda, qishloqning qoq
Markazida hozir aytganimdek ajoyib bolalar.u, ajoyib qizlar o`qiydigan ajoyib bir maktab ham bor.
Maktab direktori Azizov domlaning aytishicha, dun}`odagi eng ozoda, engtartibli, eng intizomli maktab mana shu bo`ladi.
Maktab hovlisida ustun o`rniga qo`yilgan, yog`ochlari qiyshayib ketgan, bolalar qo`llariga tuplab osilaverganidan silliqlanib qolgan
Barcha hujjatlarda turnik deb ataladigan bir moslama ham bor.
Mana shu ta`rifiga so`z topa
Olmayotganimiz maydonda hozir, shu daqiqalarda Azizov domla bolalarga nimanidir tushuntiryapti.
Ushbu qissamizga qahramon qilib tanlamoqchi bo`lganimiz .
Egamberdi bilan Karimberdi ham negadir yuraklarini hovuchlabroq, qo`rqapisibroq ishtirok etishyapti.
. Demak, aziz o`quvchilar, tumanimiz markazida sizlarga o`xshaganyoshlarning, demoqchimanki, yosh fermerlar
Yosh tadbirkorlarning savdo yarmarkasi davom etavapti.
Afsuski, unda biz ishtirok eta olmayapmiz.
Ko`rgazmaga qo`yishga tuzukroq narsamiz ham yo`q.
Bizningyuqori sinfda o`qiydigan o`quvchilarimiz cоarsdan qochib, soy bo`yоga borvolib bilishmaydi.
Qizlarimiz bo`lsa qora chag`ir chug`ur qilib gaplashishadi.yu, dars vaqt.ini qiqirlab kulish bilan o`tkazishadi.
Ana shuninguchun biz tumandagi ko`rgazmaga hech narsa qo`ya olmayapmiz.
Hozir yigirmata o`quvchining ro`yxatini o`qivman.
Bular yarmarkaga bunb biror narsa o`rganib kelishsin.
Xo`sh bolalar, nnm nima deyapman.
. Biron narsa o`rganib kelishimiz kerak ekan, . javob qavtardi bir o`quvchi.
. Keyin biz ham maktabimizda yangi.yangi yo`nalishlar tashkil qilishimiz kerak.
Xo`sh, nima deyapman.
. Yo`nalishlar tashkil qilainiz, deyapsiz.
Azizov domla qatorlar oldidan o`ta turib sen, sen, deb bolalar orasidan ro`yxatdagi o`quvchilarni ajratib ola boshladi.
Sen nega turibsan buуerda deb so`radi.
. Ustoz, jon ustoz, men ham boray, . dedi Egamberdi tortinibroq.
Ustoz, men shartli haydalganman, yo`qlamadan o`chirilganim yo`q.
. Kuzda qilgan bezoriliging, butun maktabni sharmanda qilganing kammidi.
Chiq qatordan deyapman.
Bitta quyonni deb butun sinl`ni sharmanda qilgansan.
O`g`irlab olgansanmi, so`rab olgansanmi rnilisa bizni rosa garangqilgan gap tamom.
Darsdan qochib mening derazamga tosh otganlarning bittasi senmiding.
. Ustoz, men Egamberdini qutqaraman, deb derazani qattiq tortganimda oynasi o`shanda singan, tosh otganim yo`q.
. Sen ham maktabdan haydalgansan.
. Men uch oyga haydalganman, xolos.
. Chiq deyapman... Sen ikkovingning yomon qilmishing butun rayonga doston bo`lgan.
. Siz sinf rahbari sifatida bu intizomsiz bolalarni nega ro`yxatga kiritdingiz.
. Jazo muddatini o`tab bo`lay deb qolishdi ustoz,
. Aslida o`z direktorining buyrug`iga e`tibor bermaydigan, tartibbuzar sizga o`xshaganlarga chora ko`rishim kerak edi.
Chiqing qatordan, siz ham markazga bormaysiz.
Xo`sh o`quvchilar, nima deyotgan edim.
. Yarmarkaga borish haqida gapirayotuvdiz.
Xokp yaxshi, . so`zida davom etdi direktor, boruvchilarga
tekin aptobus tashkil qilib qo`yganmiz.
Borib maktabimizning obro`sini ko`tarib kelasizlar.
Azizov domla o`zining qayta.qayta ta`kidlashicha, mana shu maktabda ellikyildan buyon ishlarkan.
Ish boshlagan paytida bor.yo`g`i ikkitagina pastak.pastak uy boklgan ekan, xolos.
Hozirgiyigirma ikki xonalik maktab binosini yugurib.elib o`zi qurdirgan ekan.
Sinf xonalaridagi okquv ashyolarini ham goh tuman, goh viloyat, goh poytaxt rahbarlariga uchrashib o`zi olib kelgan ekan.
Hozir ishiab turgan muallimlardan sakkiztasi shu maktabni, shu ustozning tarbiyasida bitirgan ekan.
Azizov domla o`zining ana shu e`tiqodiga ko`ra hamma unga quloq solishi, gap qaytarmasligi, aytganini bajarishi kerak.
Aytganini qilmaganlarni bir bahona topib ishidan bo`shatib qo`ya qoladi.
Hamidova qatordan chiqdi.yu, lekin sini`xonasiga qaytmadi, biroz o`ylanib turdi.da:
. Ustoz, shu ikki o`quvchini ham ro`yxatga kiriting ikkovlari ham tadbirkor bo`lamiz, deb harakat qilib yurishibdi,
. deya yumshoqqina ohangda iltimos qildi.
. Sizga sinfga kirib keting dedim.ku.
. Gap qaytarganiz uchun xayfsan e`lon qilaman.
Yana gap qaytarsangiz maktabdan butunlay haydayman.
Xo`sh bolalar,nima deyapgan edim.
. Savdo yarmarkasidan biror narsa okrganib kelasizlar deyotgandingiz.
. Qani mashinaga chiqinglar, lekin maktabimizga gap
tegadigan ish qilmanglar.
Muzqaymoq yeymiz, . deyishib o`quvchilar bir.birini itarishib avtobusga chiqa boshladilar.
Qatordan chiqarilgan Egamberdi va Karimberdilar ma`yusgina tikilib qoldilar.
Sinfda anchagacha g`ovur bosilmadi. Bir bolaning otasi kecha
yarmarkadan zotdor qo`y sotib olgan emish.
Bormaganim yaxshi bo`ldi, soy bo`yiga borib endi rosa futbol tepamiz,deyapkanlar ham bor.
Fotima, Zuhra degan bir.birlaridan hech ajratib bo`lmaydigan, ajratib bo`lmagani uchun ham onalari ularning har biriga boshqa.
Karimberdini ko`pchilik o`rtasida yana bir marta izza qilgani uchun Azizov domladan xafa bo`lganliklari haqida bahslasha boshladilar.
. Uf, shu direktordan qachon qutilar ekanmiz, . deyapti bittasi.
. Astaroq, eshitib qolsa, maktabdan haydalasan, . deyapti boshqasi.
. Direktorimiz quloq cho`zish bo`yicha dunyo rekordini qo`yganlar, deyapti uchinchisi.
Sinfda g`ala.g`ovur anchagacha bosilmadi.
Birov boks haqida, boshqasi Angliyadagi futbol chempionati haqida oshibtoshib gapirvapti.
. Egam, rostan ham sen o`shanda quyon o`g`irlaganmisan.
U yokq jovdan gap qo`zg`agani, gap qo`zg`ash orqali biron o`rtog`ini uyaltirib olganidan keyin, o`sha o`rtog`ini ng tilini qisib olishni xush ko`rardi. chnqimchi Shokir ham deyishardi.
Man a shu bola hozir uyalibgina o`tirgan Egamberdinіngg`ashiga tekkisi kelib qoldi.
. Shokir, senga, hammangga ming marta aytganman.
G`ulom g`uppaning quvonlarini daftarga almashtirganman, deb. . shunday cleb Egamberdi vuzini teskari o`girib, derazadan ko`rmib turgan hovliga tikilih o`tirdi.
Shokir yana tinchimadi:
. O`g`irlamasang, nega milisa qamab qo`yadi seni.
Jim bo`l deyapman, . Egamberdi bo`lajak ko`ngilsizlikning oldini olmoqchidek sekin o`rnidan tura bosbladi.
Keyin, baribir, direktorning xonasiga tosh otgansan ku, derazani buzgansanku.
. Jim deyapman, . shunday deb Egamberdi asta Shokirga yaqinlashib kela boshladi.
Azizov domlaning haligi harakati uning alamini oshirgan edi, Shokir chaqimchining bu gapi dard ustiga chipqon bo`ldi.
Xo`rlangandek sezib, o`zini bosolmay qoldi:
. Jim bo`l deyapman, bo`lmasa hozir boshingni yoraman, qo`lini musht qilib qattiq gapirdi Egamberdi.
Shokir chaqimchi ikki mushtini qo`ltig`i ostiga olib, kaftlarini bamisoli quyonchaga o`xshatib yozib, turgan joyida quyonga o`xshab sakray boshladi.
Egamberdi haqida qishloqda, maktabda har xil gaplar ko`p tarqalgan
Ashaddiy quyonboz bu o`smir haqidayolg`on.yashiq gaplar ham ko`paygan.
Egamberdining onasi unga qo`shib quyon ham tuqqan emish.
Egamberdi uyqusirab o`z singlisi bo`lmish quyonchani bosib o`ldirib qo`ygan emish, o`sha o`lgan quyoncha ertasiga tirilib kelib o`rningdan
To`g`ri, Egamberdining quyonga bo`lgan ishqibozligi ikkinchi sinfdaligidayoq boshlangan.
O`shanda dalada, o`yiqxona ichida quyon bolalagan edi.
Egamberdi buni ko`rib qolib quyonningto`rtt.a bolasini uylariga olib kelib boqqan.
Bir yilgacha ancha ko`paytirgan ham.
Kevinchalik o`gay onasi Shakarxon aya uy ishlariga qarashmay qo`vding, deb bir kuni Egamberdi uxlab yotganda uning quyonlarini ko`chaga haydagan.
Agar yana uyga quyon olib kelsang seni yetimlar uyiga topshiraman, debqo`rqitgan.
Shu paytda qalbi iztirobga, aJamga to`lib turgan paytida juda alarn qildi.
Yugurib kelib chaqimchining ustiga tashladi.
Shokirning qulog`i ostiga shunday bir musht kelib tushdiki, zarbi ham shunday kuchli ediki, Shokir gandiraklab borib yiqildi.
O`zini tezgina o`nglab oldi.yugamning yoqasiga yopishdi.
Sinfdagi o`g`il.qizlar ikki tarafga bo`linib ketishdi.
Soy mahalla bir tomonga, Qibla mahalla bir tomon.
Qo`rqsang mana men borman. degan pastu baland gaplar avjiga chiqib
boryapti.
Soykeldi, bo`sh kelma, . degan gaplarni tinmay aytishyapti.
Xonkeldi qishlog`ida hech qanday tartibga bo`ysunmaydigan, hech qanday qonunga rioya qilmaydigan, mushtlashish, eshakmindi
Qiziq, bugun jonchiqarga mushtlashadilar.u, ertaga yarashib, apoqchapoq bo`lib ketaveradilar.
Qo`ng`iroq chalindi.
Salobatli geografiya muallimi salmoqli qadam tashlab, asta kirib kela boshladi:
. O`tir haminang joyingga. degan qattiq buyruq ham bo`ldi.
Hech narsa bo`lmagandek sinfxonasi jimjit bo`lib qoldi,
dars boshlandi. Sibir o`rmonlari haqida suhbat ketayapti.
Hamidova o`rtasida yig`i aralash, xo`rsinish aralash, al`sus aralash bosinqi suhbat keiayapti.
. Ey singlim, siz yaqindagina keldingiz, bu ikki bola bilan direktorimiz oralarida bo`lgan dilisiyohlikdan xabaringiz yo`q.
Ikkovlari ham suyib bag`ringizga bossangiz, erkalab peshonasidan o`psangiz arziydigan o`smirlar.
Men ularni bolaligidan buyon bilaman, uch yildan buyon esa sinflariga rahbarman.
Sinf rahbarlari bolaga onadek bo`lib qoladi.
Bolalar ham agar ko`nglini topsangiz, sizni onasidek sevib qoladi.
Singlim, kechirasiz, siz Qo`qon institutini bitirdingizmi.
. Ha, kimyo.biologiya fakultetini bitirganman, negadir uyalibgina deyapti yosh muallima.
Nega yil boshida kela qolmadingiz.
. Onajonim avval turmush qurgin, qiz boshing bilan jo`natmayman, dedilar.
Ha, hamma onalar ham shunaqa, bolam bag`rimda bo`lsa deydi.
. Opajon, shu ikki yigitchalar haqida juda.juda bilgim kelyapti, juda mustar bo`lishdida.
. Ey singlim, ismingiz Shohistaxonmidi.
Ha Shohistaxonman. Ikkovlari ham qatordanyig`lagudek bo`lib chiqib ketishdi.
Ustoz quyon o`g`irlading, melisaga tushding, deyapti, shularni ham bilgim kelayapti, opajon.
. Ey singiljon, mana yaqinda sinl` rahbari ham bo`lasiz,bolalar dunyosiga kirasiz, har bir bola bir dunyo ekanligini bilib borasiz.
Bu ikki o`smirning taqdiri juda g`alati.
Ikkovlari bir kunda tug`ilgan. Ota.onalarini o`rtadagi devor ajratib turadi, xolos.
Qiziq, Egamberdi to`rt soat oldin tug`ilgani uchun Karimberdi uni a kam deb vuradi.
Karimberdining onasi chaqalog`i uch oyga to`lganda, og`ir sariq kasalga chalinib qoladi.
Egamberdining onasi Sobiraxon ikkov chaqaloqni
boqib katta qiladi.
Вігі o`ng tizzasida, biri chap tizzasida katta bo`lgan.
Taqdirning ayanchligini qarangki, Egamberdi to`rtinchi sinfga borganda uning onasi, bir ajoyib dilbar,
Shohimardon soyini katta suv bosib, o`nlab kishilar nobud bo`lgan.
Sobiraxon o`zi bilan birga uch ayolni ham sayilga olih borgan ekan.
O`zlari soyliqda mashinadayotib, o`g`Ii Egamberdini yuqoridagi lagergajoylashtirgan ekan.
Voy xudovim, shunday katta sel keladiki, uch avol mashina ichida nobud bo`ladi.
Hammavog`i majaqlangan Sobiraxonni mashinada olib kelishadi.
Yanglishmasam, ikki yilcha bir joyda yotib ham qoladi.
Olamdan o`tgach, Xolisxon ikkovi bolaga ona bo`lib qoladi.
Shunday qilib, ikkovlari ikki onaningqo`lida katta bo`lishadi.
Endi singlim, sizni charchatib qoymayapmanmi.
. Voy opajon, ikkovimizning ham hozir darsimiz yo`qku, deb suhbatningdavomiga qiziqishini bildirdi
Men ham shu ikkala bola haqidagi fikrimni aytgim kelavapti.
Ochig`ini aytsam, yaqinda siz, ehtimol, meningo`rnimga sinf rahbari bo`larsiz.
. Voy unday demang opajon, xudo xohlasa, bu sinfni o`zingiz o`n birinchigacha olib borasiz.
. Endi direktor bilan bu ikki bola o`rtasidagi mashmashalarni aytsam tarixijudauzoq.
Sobiq raisningo`g`li G`ulomjon degan boladan daftar berib quyon olgan. O`sha kuni quyonlar daladagi bog`da bo`lgan.
Tulkilar kelib quyonxonani tatalab buzib, quyonlarni yeganicha yegan,
qolganlari dashtga qochib ketgan.
G`ulom sen kechasi kelib, g`ayirlik qilib quyonxonani ataylab ochib yuborgansan, deb akasi Tkrom ikkovlari bechora Egamni rosa kaltaklashgan.
Nimagadir uchastka noziri u yoq.buyog`ini surishtirmay, Egamni so`roqqa tutgan chiqqach, hirnoya so`rab, menо himoya qilarmikan, dob Azizov
Yoqtirmagan bolasini, kabinetning ichida alohida xonasi bor,
Egamberdini ham o`shayerga qamab qo`ygan.
Karimberdi direktorga kelib, nega o`rtog`imni qamadingiz, navb raisning o`g`li G`ulomdan o`tgan, akasi ikkovi o`rtog`imni rosa urishgan, degan gaplarni aytgan.
Aytdim.ku, direktorimiz birovni gapiga quloq solвdiganlardan emas.
Hali sen menga aql o`rgatadigan bo`ldingmi, deb uni ham sherigining yoniga qamab qo`ygan.
O`smirlarning yosh qalbi nohaqlikka chidamagan.
Qorong`i tushishi bilan oldin oynalarni sindirishgan, deraza ramkasiga sig`maganlari uchun uni tagtugi bilan ko`chirib tashlashgan.
Derazaningsinig`ini hovliga opchiqib yoqishgan.
Mana endi Shohistaxon, o`zingiz o`ylang, kim haq.u, kim nohaq.
Opajon ayb kimdaligini bilmasdan turib yoshlarningdilini og`ritgan direktor aybdorda.
Ana, siz rost gapni aytdingiz, muallimlar ham o`smirlarning yonini olgan bo`ldi.
Lekin Azizov domla, hali aytdim.ku, birovni gapiga kiradiganlardan emas.
Egamberdini ham, Karimberdini ham bezori sifatida maktabdan haydash haqida buyruq chiqarib qo`ygan.
Keyin ularning ota.onalari janjallashib kelgan edi, chor.nochor ha mayli shartli ravishda haydadim kelib.
Ketib yuraverishsin,muallimlar so`ramasin, deb yana o`zining aytganini qikli, bilganidan qolmadi.
Ikkovi o`smirningqalbiga ozor yetkazdi
Egamberdi har narsaga qizuquvchan bola, uy ishlariga qarashadi
Qo`ylarini ham boqadi, Karimberdi bo`sa yumshoqqina, beozorgina bola.
Egamjonning onajoni jon bera turib, o`g`lim menga oq marmardan vodgorlik qo`yasan
Voy, falokatni qarang, dalada mol boqib vurganlarida, dadalari fermer emasmi, tumanga ketishgan ekan
Ikkovlari kartoshka kavlab pishirib yemoqchi bo`lishibdi.
Marza ustidagi ajriq o`t olib borib dadalari qoldirib ketgan traktorning vog` to`la bo`chkasiga urilib, bo`chka portlab, traktor butunlay yonib kctgan.
Bechora bolalar qo`rqib kartoshka pishirib yeganlarini aytishmagan.
Otalari esa hov narigi paykaldagi fermerlar ataylab o`t qo`yishgan, degan qarorga kelishgan.
Shohistaxon, mana shu bolalar hammadan berkitgan sirlarini yig`lab.vig`lab menga aytishgan.
Xudo xohlasa, boyib ketsak avval onajonimga yodgorlik, keyin otamizga traktor olib beramiz, degan yashirin niyatlarini ham menga aytishgan.
Bir kun Egamberdi o`ris tilida chiqqan jurnalni menga ko`tarib keldi.
Jurnalning oltita sahifasida quyonlarning surati bor ekan.
O`qib tarjima qilib bering, deb iltimos qildi.
Quyon boqib boyib ketgan bir oila haqida ekan.
Quyon boqib boyish xaqidagi yaxshi niyat, o`sha kuni tug`ilgan unda.
Qishloqma.qishloq quyon axtarishdi, qayerlardan topib kelib boqib ham ko`rishdi.
Lekin direktor ularning qalbini tushunmadi.
Shohistaxon, agar mabodo meni o`rnimga sinfga rahbar bo`lib qolsangiz shu ikkala o`g`limga alohida e`tibor berishingizni so`rayman.
Ana qo`ng`iroq ham chalindi. Yuring endi, ha avtgandek, vaqtinchalik biznikida yashab tursangiz ham bo`ladi.
Opajon turmush o`rtog`im ham kelmoqchi edi, yaxshigina pavvandchi u kishi.
Singlim ikkovlaringga ham joy topiladi, payvandchi bo`lsa yana yaxshi.
Payvandchi bolalardan shogirdlar tayyorlaydi.
Geografiya darsi ketayapti.
Gap hamon Sibir o`rmonlari xususida.
Tayga degani hindcha so`z bo`lib, sovuq o`lka degani ekan.
U yoqlarda faqat igna bargli daraxtlar o`sarkan, igna barglilar sovuqqa chidamli bo`lar ekan.
Egamberdi bilan Karimberdi bu gaplarni yo eshityapti, vo eshitmayapti.
. Qandav bo`lsa ham savdo yarmarkasiga borishimiz kerak edi.
. Essizgina, zotli quyonlar ham savdo ko`rgazmasiga qo`vilishi mumkin, deb o`rtog`idan ham pastroq ovozda
. Yo darsdan qochamizmi. ikkilanibroq deydi Egamberdi.
. Baribir, endi bizni avtobusga chiqaiishmaydi.
. Men hara avtobusga chiqaylik devotganim yo`q.
. Egam, sen biron narsa o`ylab top.
. O`ylab topdim, yaxshisi qochamiz.
Yolq qochsak, direktor vana battar qiladi.
Qornimiz og`rib qoldi, desak.chi.
Esing joyidami, ikkita qorin bir vaqtda og`rimaydi.ku.
Har xil vaj.bahonalarni oVlab topishyapti.
Lekin hech biri ma`qul bo`lmayapti.
Harqalay bahonalar topishga, og`ir sharoitdan qutulib chiqib ketishga Karimberdidan Egamberdi ustaroq edi.
Uning kallasi to`la aql deb yuradi Egamberdi.
. Kel ikkovimiz jo`rttaga mushtlashgan bo`lamiz, deb shivirladi Egamberdi.
. Nega mushtlashamiz, nega.
. Mushtlashsak ikkovimizni ham tengdan chiqarib yuboradi.
. Egam, baribir zo`rsan.da, bekorga seni akam demaganman.da, biqiningga bir tushiraymi.
Ikkovlari bir nafasda don talashgan jo`jaxo`rozdek tikkamatikka bo`lib urishib ketishdi, rosmana mushtlashish ana endi boshlandi.
Hammaning ko`zi shularda boiib qoldi.
Hushyor bolalar, sinchkov qizlar bular shunchaki. nomigagina, darsdan qochish uchun mushtlashayotganlarini sezib turishardi.
Opasingil Fotima bilan Zuhra mushtlashayotganlarga rag`batlari kuchliroq bo`lganidanmi achinishib, yaxshimas.yaxshimas deya uf tortib ham qo`yishardi.
Muallim mushtlashayotganlarga yaqinlashib:
. Bas qillaring. deb ver tepindi.
Yo`q, bas qilmadilar.
Muallimning asabi qaynadi:
. Ko`tar papkangni ikkoving ham. . geografiya muallimi stolni shundav qo`l bilan Egamberdini, ikkinchi qo`li bilan Karimberdining yoqasidan ushlab tashqariga chiqarib tashladi.
Zo`r bo`ldi o`rtoq, . dedi Karimberdi.
. Mon zo`rman.da Karim, buni bilib qoky, ko`kragini baland ko`tarib dedi Egamberdi.
Endi jimgina ketaverishsa ham bo`lardi
O`rgangan ko`ngil o`rtansa qo`ymas ekan.da, hamma o`smirlarga o`xshab maqtanishni yaxshi ko`rishardi.
Muallimni aldab chiqqanlari bu aslidayomon, juda.judayomon xulq alomati.
O`quvchining xulqiga sig`maydigan alomat.
Shunday bo`lsa ham deraza yonidan o`tayotganlarida dars eshitgilari kelmay tashqariga qarab o`tirgan qizlarga qarab, lablarini cho`chchaytirib, ko`zlarini g`alati g`alati qisib ham qo`yishdi.
≪Bezorilar≫, degan bo`lishlari ham mumkin ichkaridagi qizlar.
Maktabning darvozasidan emas, darvoza yonida o`tirgan Universal bobo, dars vaqtida qayoqqa ketayapsizlar.
Yo qochib chiqdilaringmi, deb so`rab qolishi ham mumkinligini bilganlari uchun, chorvoq tomondan, baland devordan oshib o`tishdi.
Otalaridan velosiped so`rash uchun uylariga qarab yugurdilar.
Velosipedni bir amallab so`rab olishlari shart.
Tayinlangan avtobus ketib bo`ldi.
Ketmaganda ham bu ikkovini olmas edi.
Yo`lovchi mashinalarni bu atroflarda uchratish qiyin, uchraganda ham ikkovlarini darrov olaqolardi deysizmi.
Otalari ruxsat berishsa, tezroq haydashsa, jo`nab ketgan avtobusdan oldin tuman markaziga yetib olishlari liech gap emas.
Lekin Egamning o`gay onasi Shakarxon ayadan ham, Karimberdining qattiqqo`l oiasi Siroj birgadirdan ham velosipedlarini so`rab olish oson bo`lmaydi.
. Egam biron tadbir o`ylab topinasang bo`lmaydi,
. Baribir yolg`on gapirishga to`g`ri keladigan, o`rtoq.
. Ikkovimiz o`ylab topsak, har qanday odamni ishontirsak bo`ladi.
Egam sen bir, men no`l, ikkovimiz qo`shilsak o`n bo`lamiz.
O`n bo`lsak har qanday ishni bitiramiz.
O`sha hiylangni ishga sol, men rasdiqlab turaman.
Unda direktor jo`natdi deymiz, qo`shni maktab bilan musobaqa bo`ladi, uylaringdan velosipedlaringni olib kelinglar
G`olib bo`lib maktabimizga obro` keltirsalaring otaonalaringga maqtov qog`ozi yozib beraman, faxriy yorliq beraman dedi, cleymizda.
O`zing aytding.ku, qo`shilsak o`n bo`lamiz, deb.
. Karim yolg`on to`qishga.ku ustamiz, lekin yolg`oning tagi ochilib qolsa maktabdan butunlay haydashsa nima qilamiz.
Gaplasha.gaplasha Karimberdilarning hovlisiga yetib bordilar.
Onasi Xolisxon aya qayoqqadir ketganga o`xshaydi.
Sobir akasi bog4 etagida pomidor ko`chat ekayapti.
Karimberdining yolg`onga o`rganmagan tili tutilib.tutilib qolyapti.
Qiyinchilik bilan bo`lsa ham maqsadini bayon qilayapti.
Bu ikkovlarini maktab direktori jo`natganmish.
Deganmishki, ≪borib Sobirjon akanggaayt, u judayaxshi bola.
doim beshga o`qirdi, velosipedini senga bir kunga berib tursin, sen poygaga qatnashib maktabimizni obro`yini himoya qilsang.
Ota.onangga faxriy yorliq beraman≫.
. Doim beshga o`qirdi, dedimi. ko`zlarini ayyorona qisib
Qo`lidagi pomidor ko`chatini yerga tashlab, so`radi Sobirjon.
. Ha, xucldi shunday dedi.
. Ukaginam men umrimda besh baho olgan emasman.
. Sobirjon aka,deb gapga aralashdi Egamberdi, . siz shu ukangizni yaxshi ko`rar ekansiz.
. Bu gapni ham direktor aytdimi.
. Aytdi, sen birga bor, ishonmasa sen ham aytgin, dedi.
. Egamberdi, ukaginam, sen to`xtamay yolg`on gapirasan bilaman, lekin anavi kuni og`ilxonadagi go`ngni chiqarib tashlashga yordamlashganing uchun yolg`onlaringni kechiraman.
Ishyoqmas ukamga beradigan velosipedim yo`q.
O`zinikini rasvosini chiqarib, go`ngtepaga chiqarib tashlagan.
Bermaysanmi. . qat`iy qilib so`radi Karimberdi.
Qobil boboning qizi bilan xat yozishib yurishingni hammaga aytaman, tomga chiqib, baqirib aytaman, maktabga ham borib aytaman.
Akasi yugurib kelib, loy qo`li bilan ukasining og`zini berkitib.
Ol, olaqol, faqat qosqonini egib qo`yma» deb ayvondagi yapyangi velosipedni ukasining qo`liga tutqazdi.
Xayriyat, bu yerdagi ishlari osonlikcha bitdi.
Endi Egamberdilarnikida ahvollari qalay bo`lar ekan.
Ko`cha eshik tirqishidan Egamberdi diqqat bilan mo`ralagan edi, narida, ichkari uyga qo`yib makka uqalayotganini ko`rdi.
Velosiped esa shundoqqina ko`cha eshik oldidagi uychada turibdi.
«Men onamni chalg`itib turaman, deb shivirladi
Egamberdi, . sen velosipedni tashqariga olib chiqasan».
Shunday deb Egamberdi yugurib borib xuddi odobli bolalardek yerda, makka so`talariga ko`milib yotgan.
Singilchasini qo`liga olib, boshi uzra baland ko`tardi, erkalatgan bo`ldi.
O`rtog`i velosipedni olib chiqishga ulgurganini, buni o`gay onasi butunlay sezmay qolganini ko`rib ich.ichidan quvondi.
. Opajon non bormi, . deb so`rab ham qo`ydi.
. Ish.yoqmasga non yo`q, . javob qaytardi Shakarxon aya, nega kecha tandirga o`t qalamay qochding.
Yoqdim.ku Ho`l o`tinni tiqibsan.u, qochibsan.
Mayli, bu gal kechirdim, bor olaqol.
. Xudo xohlasa olgani, dadasidan o`rgangan so`zlarni aytib Egamberdi ko`chaga otildi.
Maktabga kelishsa o`quvchilar ko`rgazmаga allaqachon jo`nab ketishgan ekan.
Darvoza yonidagi uychada o`tirgan
Uni versai bobo, yo`q. Universal desa tag`in siz uni motori o`t olib g`izillab yurib ketadi, deb o`ylamang.
Yo`q, ham qorovul, ham qishda pechkaga o`t yoquvchi, ham hovli supiruvchi, ham singan stol.
Stullarni tuzatib beruvchi, ham biron bolaningota onasi kerak mehmonlar kelgan qanchadan.
Universal bobo deb atashadi.
. Bobojon, shu chiroyli ismingizni sizga kirn, qachon qo`yib bergan.
Bolam, onangning ismini birinchi marta kimdan eshitgansan, deb so`raydi.
. Bilmayman deydi, so`ragan odam.
. Men ham bilmayman, deb yana miyig`ida kulib qo`yadi
Universal bobo.Ikki o`rtoq velosipedlarini uchirib borib maktab darvozaxonasi oldida to`xtashdi.
Bobojon avtobus qachon ketdi, . shoshilib so`radi
Egamberdi. Qachon ketganini aytsam necha so`m berasan, hazil ohangida so`radi Universal bobo.
Qaysi yo`ldan ketganini aytsam necha so`m berasan.
. Jon bobojon Yo`q, beradiganingni awal ayt.
Begovot vo`Ii orqali ketishdi, qani pulni chokz endi.
Bobojon shu gapni aytib bo`lgach, huzur qilib xoxolab kuldi.
Bu bobojonningodatiy, doirniv hazili.
Kattaga ham, kichik ham hazil qilaveradi, pul olmavdi. Aksincha, ko`p holatda qarshisidagi kishigaqog`ozli konfet berib, kulib ham qo`yadi.
Bir kuni tuman hokimi kelib direkter bormi, deb so`rabdi.
Universal bobo hokimni ko`rgan ham, tanimas ham ekan.
. Aytsam qancha berasan, deb so`rabdi.
. Esingiz joyidami. sal jahli chiqib so`rabdi hokim.
Esim joyida ekanligini aytsam qancha berasan.
Hokim, bu pulga o`rgangan sersoqol cholnimaktabdan tezda hayda, deb turib olgan ekan.
Egamberdi bilan Karimberdi Universal bobo uzatgan konfetni olib yoiga tushishdi.
Yolq, yo`lga tushishdi deyish oz, uchib ketishdi desa to`g`riroq bo`ladi. Haligi, burgut o`ijasiga tashlanganda qanotlarini ichiga olib tumshug`ini oldinga cho`zib boradi ku, xuddi ana shunday uchib borayapti, goh unisi, goh bunisi oldinga o`tib ketayapti.
Yo`ldagi chuqurchanoqlar, katta.kichik shag`al.u toshlar, atrofdagi dov daraxtlaru osmonda parvoz qilayotgan
Savdo yarmarkasi, eh.he, shunaqangi katta maydonni egallabdiki, u boshidan bu boshiga yetguncha odain charchab qoladigan darajada.
Don bozori, mol bozori, hov naridagi o`tin bozori, hokv beridagiyoymachilar bozori hamma.
Zotdor echkilar.u zotdor qo`ylar, qo`tosdek semirib ketgan
Qichqirishga shay turgan dakang xo`rozlar, kechagina tuxumni yorib chiqib, hisobi yokq.
Voy.boy, mevalarning ko`pligini, xilma.xilligini qarang.
Xuddi bugun ertalab uzilgandek dirkillab turibdi.ya, qanday qilib shu kungacha saqlay oldi ekanlar.
Uzumningo`zidan oltmish xili bor ekan, qovun.tarvuzlarning shunaqa xilma.xilini keltirishibdiki, hozir mana kunlar isib ketganiga qaramay, bular ham xuddi bugun ertalab uzilgandek dirkillab turishibdi.
Har birining yoniga taxtachalar osib, ushbu navni kim qo`yishibdi.
Yetishtirayotganligini ham erinmasdan yozib qo`yishibdi.
. Yozuvi chiroyli ekan, deydi Egamberdi zavqi oshib.
. Pul berib yozdirishgan.da, fikrini bayon qiladi
Karimberdi, . chiroyli yozdirsak mahsulotimiz xaridori ko`payadi, ko`proq sotiladi deb o`ylashgan.da.
Ikki o`rtoq erinmasdan aylanishyapti, aylanishyapti.
Kim biladi, bu keng yarmarkaning qaysi burchagidayurishgan ekan.
Ho`v narida hujjatli kinolar ko`rsatishyapti, ehtimol, o`shani berilib tomosha qilishayotgandir yoki pana joyga borib olib, maza qilib muzqaymoqyeb o`tirgan bo`lishsachi.
. Mana bu o`rikningkattaligini qara, mushtumdek keladiya, yana zavqlana boshladi
Egamberdi, bizning qishloqda bunaqasi yo`q.
Hammasi xashaki To`g`ri, hadeb gapiraversa, ko`zing tegib qoladi, . deydiKarimberdi.
Fermerlarning, tadbirkorlarningishi.dabular.
Karim biz ham tadbirkor bo`lsak, xudo xohlasa, shularga o`xshash
yangiliklar yaratamiz.
Direktor Azizovni ham, uchastka nozirini ham qoyil qoldiradigan yangiliklar yaratamiz.
Ko`rgazmaga qo`yilgan mevalarning goh unisidan, goh bunisidan bitta.yarimtadan yeb ko`rishadi, maqtab ham qo`yishadi.
Aylana, aylana bir mahal sim kataklarga solingan quyonlar qatorida to`xtab qolishdi. Ikkovlarining ham yuraklari o`ynab ketgandek bo`ldi, quvonchdan ko`zlari chaqnagandek boldi.
Oylab, yillab axtargan narsalarini, kechalari tushlariga kirib chiqqan narsalarini ko`rgach ikkovlari. ham, quvonchini bayon qilishga solz topolmay, birbirlarini mahkam quchoqlab olishdi.
O`rtoq, o`rtoq deyishadi.yu qalblaridagi quvonchni ifodalashga soz topisha olmaydi.
Har bir sim katak ustiga chiroyli yozuvli taxtachalar osilgan, ko`k zotlar, oq zotlar, yovvoyi zotlar deb yozib ham qo`yishgan.
Quyonlarning bir xillari katakchadagi ko`katlardan uzib.uzib yeyapti, bir xillari sabzini oyoqchalari orasiga olib g`ajiyapti, qo`rqib katakchalarning burchagiga pusib, qop.qora ko`zlarini mo`ltillatib turganlari ham bor.
Anchagacha ulardan ko`zini uzolmay turdi.
Nega ≪oq pahlavon≫lar deb nom qo`ydinglar. deb uzoq tikilib qolgan o`rtog`ining o`rniga asta gap boshladi Karimberdi.
Yo`q, kurashga tushmaydi, . tushuntira boshladi quyon egasi, . gavdasi katta bo`lgani uchun, go`shtni ham, terini ham ko`p bergani uchun pahlavon deb atashadi.
Egamberdining quyon sotib o`tirgan bolaga havasi keldi, yoshi ham o`zi tengi, o`n besh.o`n oltida bo`lsa kerak.
Shunday nodir zotni qanday topdi ekan deb o`ylab, o`zini ham quyonlarsohasida bilimi unikidan kam emasligini bir ko`rsatib qo`ymoqchi bo`ldi:
. Tirigida vazni qancha.yu, so`yilganda vazni qancha bo`ladi.
. So`yilgandami, . javob qaytara boshladi sotuvchi yigitcha, so`yilganda yaxshi boqilsa uch kilogacha go`sht beradi.
Egamberdining ham, Karimberdining ham shu o`smir yigitcha bilan ko`proq gaplashgisi kelib qoldi. Birin.ketin savollar bera boshlashdi.
O`smir yigitcha ham xuddi muallimiga javob qaytarayotgan o`quvchi boladek o`zini dadil tutib, dadil dadil javoblar qaytara boshladi.
Bu pahlavonlar Ukrainadan keltirilgan ekan, O`zbekistonda liali bu zotdan yo`q ekan.
Bu nodir quyonlar zotini shu bobosi olib kelgan ekan.
Ona quyonlar qirq kunda tug`arkan.
Ikkmchi vili o`tganda mana shu ona quyon bir yo`la oltitagacha tug`arkan.
Bolasining o`zi ham bolalay boshlarkan.
Bir yil davomida onasi bo`lib, bolasi bo`lib, to`xtamay bolalashib qirqtagayetishar ekan.
Yolg`on so`zlayotganing yo`qmi. . shoshilib so`radi Egamberdi.
Yolg`on bo`lsa, mana taxtachadagi yozu vni o`qib ko`rgin, ranjigannamo javob berdi sotuvchi o`smir.
Qog`ozdagi yozuvni dadangyozib bergan bo`lsa kerak, deb gapga aralashdi Karimberdi.
Hecham.da, mening dadam sening dadangga o`xshagan bekorchi emas.
Halidan buyon savdolashayotgan o`smirlarni kuzatib turgan qizaloq, quyon egasining singlisi bo`lsa kerak, qoshlarini chimirib turdi.da to`satdan:
Bizningadamiz bekorchi ham emas, yolg`onchi ham emas, deya bidillab, so`zlar ustiga so`zlarni qalashtirib gapira boshladi, akam o`tgan yili quyonlarini Toshkentdagi ko`rgazmaga olib borgan, yiltiroq maqtov qog`ozi bilan rangli televizor yutib olgan.
Akam ikkovimiz bu quyonlarning go`shtini shahardagi parhez go`sht sotadigan do`konlarga beramiz.
Mana o`sha do`kon bergan xatlarni o`qinglar.
. Bu qog`ozni sinf rahbaring yozib bergandir.da, deb qizning g`ashiga tegmoqchi bo`ldi Karimberdi.
Qiz javob bermay, labini bir burdi.yu, teskari qarab oldi.
Egamberdi oq pahlavonlarga mahliyo bo`lib, o`zini yo`qotgudek bir ahvolda turibdi. bo`lsachi, ehtimol, bu boyning o`g`li, cho`ntagi to`la pul, kamida beshto`rttasini sotib ham olgan.
Jon o`rtoq rostini aytgin, . yumshoqqina ohangda gapira boshladi Egamberdi,
Bor.yo`g`i mana shu ikki katakdagini keltirganmiz xolos, Egamberdidek yumshoqqina javob qaytardi quyonchi bola, hali sotganimiz yo`q, bir bola xaridor bo`ldi.yu, cho`ntagida puli yo`q ekan, olmadi.
Menga qara, o`rtoq, o`sha bolaning rangi ro`yi qanaqa
Ovozi ingichka, qiz bolalarning ovoziga o`xshardi, o`zi baqaloqqina edi.
≪Demak G`ulom kelgan, pul keltirish uchun uyiga ketgan≫.
Shunday deb o`yladi yu yuragi tez tez urayotganini his qildi, xo`rligi ham keJgandek boidi. Ha, uningotasi boy, raisbo`lgan, onasi ham tirik, ularda pul ko`p, puli kokp bo`lganidan keyin albatta oladida.
Ana shunday o`ylarni o`ylab Egamberdi negadir marhum onasini esladi.yu, uzoq.uzoq xo`rsina boshladi.
Egamberdi Karimberdiga qaraydi, Karimberdi Egamberdiga qaraydi, ikkovlari bir.birlariga tikilib yelka qisishadi.
Pulimiz yo`q, endi nima qildik, deya okylanayotgandek bo`lishadi.
Demak, G`ulom xaridor bo`lgani aniq, cho`ntagida puli yoq bo`lsa, uyiga pulga ketgani ham aniq.
Bunaqa paytda Karimberdi o`rtog`iga dalda bo`lishga, ko`nglini ko`tarishga harakat qiladi.
Ko`pam kuyunaverma, oldin narxini deb o`rtog`iningxala holatini tarqatmoqchi ham bo`ldi:
Sotasanmi. . deb quyonchi bolaning yoniga bordi.
Albatta sotamiz, . degan javob qaytardi quyonchi bola.
Narxini ayt. Ana yozib, taxtachaga osib qokyganmizku.
Yo`q, o`zingning og`zingdan eshitmoqchimiz.
Bir erkak, uch urgkochi, sim katak . hammasi o`ttiz besh ming so`m.
Nima deyapsan, quyon qo`ydan qimmat bo`ladimi.
Quyonning go`shtini emas, bu yerda biz zotini sotayapmiz.
Ezma ekansizlar. Keta qolinglar, ja o`ralashib qoldilaring, savdoga xalaqit berayapsizlar.
Egamberdi hamon o`ziga kelolgani yo`q, hamon G`ulomni unuta olmayapti, quyonlarni o`sha sotib olsa, u kuchayib ketadi endi, degan o`ydan qutula olmayapti.
Lekin Karimberdi bo`sh kelayotgani yo`q.
Menga qara jon o`rtoq, quyonlaringni nasiyaga bermaysanmi.
Jon o`rtoq musulmon bola ekansan, pulini iloji boisa bugun, bo`lmasa ertaga keltirib beramiz.
Ishongin, men hech qachon yolg`on gapirmayman.
Ketinglar bu yerdan, bo`lmasa milisa chaqiramiz.
Chindan ham narida ikkita yosh militsioner yigit o`zaro suhbatlashib turishar edi.
Egamberdining ko`zi ularga tushdiyu o`rtog`ini sekin turtib qo`ydi.
≪Keta qolaylik, o`zi bitta militsionerdan qochib yurganimiz ham yetar≫ deb shivirladi.
G`amgingina boiib, holsizgina boiib quyon bozorini tark etib chiqib keta boshladilar. Egamberdi yana marhum onasini eslab ketdi.
O`gay onasi boisa xasis, qizg`anchiq, sut.qatiqni Egamberdi sotib keladi.yu, pulini mana shu xasis onasi olib qo`yadi.
Karimberdi quyonlarni ololmaganlaridan, olishga pullari ham yo`qligidan kopam afsuslanmadi.
Onasi Xolisxon ayaning pullari ko`p, so`rasa beradi, xudo xohlasa ertaga kelib bu quyonlarni olib ham ketishadi. O`rtoqlar qishloqqaqaytishga qaror qildilar.
Shag`al to`kilgan serchang, o`ydim.chuqurli yoilardan o`tib borayaptilar.
Ertalab qanday uchib kelishgan edi, burgutday kengqanot yozib uchishgan edi.
Endi boisa g`ildiraklar ham sekin aylanayotgandek, ostilaridagi velosipedlari to`xtab.to`xtab, yoidan chiqib ketayotgandek, bor ketaveringlar, yurmaymiz, deyotgandek edi.
Egamberdi to`satdan to`xtadi:
Orqaga qaytamiz. dedi qat`iy bir ohangda.
Odatda, biron qarorga kelganda ovozi arm shunday qat`iyatli bo`lib qolardi.
. O`rtoq, men bir narsa o`ylab topdim, faqat yo`q demaysan.
Yo q, avval qaroringni eshitay, yaxshi fikr boisa darrov xo`p deyman.
Sezib kelayapman, shu quyonlarni ko`rding.u feling aynab qoldi.
Xudo xohlasa, ertaga kelib albatta olamiz.
Velosipedlarimizdan bittasini sotamiz. Tushgan pulga ikki sim katakdagi quyonlarni sotib olamiz Bu fikring chatoq.
Karim, gapimga ko`nmasang, sen ketaver, men qarorimdan qaytmayman.
Bilaman, sen o`taketgan qaysarsan, aytganingdan qaytmaysan.
Qishloqqa boraylik, mening ayam ikkovimizning ayamiz, pulni o`shandan olamiz.
Bo`pti birga boramiz, seni yolg`iz tashlab ketadigan axmoq emasman.
O`la o`lguncha birga bo`lamiz, deb qasamyod qilganmiz, axir.
Xudo xohlasa, ayamizga oq marmardan yodgorlik qurguncha, dadamizning bilmasdan yondirib yuborganimiz traktorini o`rniga qo`ymaguncha bir.birimizdan ajralmaymiz.
Bildim, o`sha quyonchi bola bilan gaplashayotganingda yig`lavoray.yig`lavoray deding.
Karim chindan ham jonajon o`rtog`imsanda.
O`rtoq, o`ia o`iguncha birga bo`lamiz, o`isak bir qabrga kiramiz
Mening velosipedimni sotamiz.
Adam bilan akam urushsa Xo`ja qishloqdagi buvimnikiga qochib ketaman, deb
qo`rqitaman.
Bilaman, senga qiyin, o`gay onang sengayam, menga ham kun bermaydi.
Egam, rostan ham adang shu o`gay onangdan qo`rqadimi.
Dadam bu xotin ketib qolsa uchinchi xotinni qayerdan topaman, deb qo`rqadi.
. Demak, o`rtoq kelishdik. Mening velosipedimni sotamiz.
. Yo`q, o`rtoq, endi menikini ham qo`shib sotamiz, kaltak yesak ikkovimiz tengdan yeylik.
Tortisha.tortisha nihoyat, ikkovi ham velosipedni sotishga, tushgan pulga shundayligicha zotli quyonlarni olishga, iloji bo`lsa shu bugundan qoldirmasdan olishga qaror qilishdi.
Velosipedlar rulini yarmarka tomonga burdilar.
Velosiped tuzatadigan, mayda chuyda qismlarni, yana ba`zi texnika asbob uskunalarni olib sotib turadigan ustaxona bugun ishlamas Ikkovlari birdaniga uf tortib yuborishdi, attang, deya bosh chayqashdi.
Egamberdi uzoq o`y surib ancha jim qoldi.da, keyin to`satdan jonlanib:
Topdim, . dedi Pulmi shoshilib so`radi Karimberdi, ayt, tezroq ayt.
Velosipedlarimizni quyonlar o`rniga garovga qoldirib ketamiz.
Egam, hovliqma, ular darrov koknadigan bolalarga o`xshamaydi.
Ko`nadi, yolvoramiz, yigiaymiz, sen duo o`qib turasan,
men qoiimni ko`ksimga qo`yib yolvorib turaman.
Kerak bo`lsa xudoni o`rtaga qo`yib qasam ichaman.
Go`yo zotdor quyonlarni allaqachon qoiga kiritgandek, qoiga kiritganda ham raqiblari
G`ulom g`uppadan oldinroq qoiga kiritgandek, qalblari shodliklarga limmo.lim yana savdo yarmarkasiga kirib bordilar.
Bu ikki ishqibozning ishiga rivoj ber, boimasa naqd kasal boiib qolishadi.ya, deydigan
odamyo`q.
Nasiyaga olaylik, pulini ertaga keltiramiz deyishyapti, yo`q degan javob qaytayapti.
Mayli mana velosipedlarni quyonlarga almashtiraylik deyishyapti.
Yana yokq degan javob bo`lyapti, yolvorishyapti, qoilarini ko`ksiga qo`yib iltijo qilishyapti, yanayokq, yo`q, yo`q javobidan boshqa ovozlar eshitilmayapti.
Quyonlarini savdoga qo`ygan yigitchaning singlisi akasining qulogiga aka ehtiyot boiaylik, okgkri bolalargaokxshashadi, qarang, ikkovining ko`zlari bejo, g`alati.gkalati qarashyapti» deb shivirladi.
Akasi singlisining gapigayarim ishonib:
. Tag`in bu velosipedlarni o`girlab kelgan boimanglar,deb so`radi.
Egamberdiga qattiq ta`sir qildi, shu so`zni eshitganda uningjigibiyroni chiqib ketardi.
Hozir ham bir silkinib oldi. G`uloin g`uppaningyolg`on gapi tufayli maktabdan quyon o`g`risi degan xunuk nom degan so`zni tilga olayapti.
Velosipedlarni.da, . dedi beparvogina ohangda sotuvchi yigitcha.
Ikkovimizning ham ko`zimiz shunaqa, Xonkeldi qishlog`i bolalari hammasiningko`zi shunaqa, qisiqroq bo`ladi.
Qo`llaring ham qaltirayaptiku, deb qiz bola ham gapga aralashdi, kecha bu yerda quyon o`g`irlangan.
Biz o`g`ri emasmiz deyishdi bir ovozdan Egamberdi bilan Karimberdi.
Kechasidagi quyonlarni senlar o`g`irlaganga o`xshaysanlar.
. Gapingni qavtib ol, . dedi Egamberdi yigitchaga yaqinlashib.
. Ketlaring, o`g`ridan battar ekansartlar, deb rosmana shovqin soldi yigitcha.
Xonkeldilik bolalarining o`ziga xos mushtlashish usullari bor.
Oldin o`ng qo`li bilan raqibining yoqasidan mahkam ushlaydi, so`ng musht soladi, goho ikki tomon ham bir.birini bolg`a boshlavdi.yu, lekin ish mushtlashishga bormay ham qoladi.
Bu gal unday boimaydi Egamberdi o`g`ri emasligini mushti bilan isbotlamoqchi, quyonchi yigitcha bilib.bilmay avtib qo`vgan gapini sakrab.sakrab tepish bilan isbotlamoqchi.
Karimberdiningikki qulog`ini ikki qo`llab mahkam changallab olibdi, na u vogkiga qarav oladi,na bu yog`iga.
Qattiqroq silkinay desa quloqdan ajralib qolishdan qo`rqadi.
O`g`ri keldi, qoch, degan kim, o`g`rini ushla degan kim, qorniga tepma, bola tashlab qo4yadi deyotgan kim, boshiga emas biqiniga ur, degan kim bilib boimasdi.
Tovuqlar rastasida bir g`alva, ona tovuqlar qaqaqlagan, jo`jachalar chiyillagan, dakang xorozlar bo`ynini cho`zib cho`zib qichqirgan, ko`rgazmaga qo`yilganyowoyi qo`tosdek katta buqa zanjirini uzib ketibdi, hammayoq qiy.chuv.
Mushtlasliish to`xtagani yo`q. Goh Egamberdi quyonchi yigitni bosib olyapti, goh quyonchi yigit Egamberdining qorniga minib olyapti.
Kishilik jamiyati jadal rivojlanib borayotgan bir davrda tabiiy muvozanatni, ya`ni ekologik holatni yaxshilash
Tabiatni muhofaza qilish dunyo miqyosiga ega bo`lgan muammo bo`lib qolmoqda.
Inson tabiatning bir bo`lagi. SHuning uchun tabiatni muhofaza qilish, uning boyliklaridan rejali va samarali foydalanish insonlarning muhim vazifalaridan hisoblanadi.
Bundan ko`rinadiki, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ularni kishilar baxt-saodati uchun xizmat qildirish
Muhim ilmiy va ijtimoiy - iqtisodiy muammo bo`lib, uni hal etishda, ya`ni tabiat bilan jamiyat orasidagi munosabatlarni muvofiqlashtirish
Inson hayoti uchun va kelajak avlod manfaatlarini ko`zlab optimallashtirishda tabiiy fanlarning ahamiyati kattadir.
Tabiiy boyliklarning xo`jalik muomalasiga kiritish va ulardan inson ehtiyojiga ko`proq sarf qilish kuchaygan sari ming yillar davomida barqaror bo`lib kelgan
Ekologik muvozanat buzilib, inson bilan tabiat o`rtasidagi munosabat murakkablashib, joylarda ekologik holat keskinlashib bormoqda.
Amaliy ahamiyatga ega bo`lgan bu muammolar bilan birga respublika doirasidagi ekologik muammolar ham mavjud.
Ekosistemalarning turg’unligi va muvozanatini ekologik idora etish ana shular jumlasidandir.
O`rmonlar, o`tloqlar va suv havzalari, dasht, cho`l va boshqa tabiiy ekosistemalarda o`simlik va hayvon turlari
Ozuqa zanjirlari orasidagi munosabatlar ob-havo sharoitini, yirtqichlar, parazit hasharotlar va kasallik tug’diruvchi mikroorganizmlar muvozanatni saqlab turadi.
Demak, har qanday jamoada mutlaqo zararli va ortiqcha turlar yo`q.
Hamma turlar o`ziga xos vazifani ado etadi. ekosistemada birga yashaydigan turlar soni o`z-o`zidan boshqariladi.
Turlar bir-biriga qancha ko`p moslashgan bo`lsa, sistema o`shancha ko`proq barqaror bo`ladi.
Demak, tabiatdagi ekosistemalarning uyg’unlik, o`z-o`zini boshqarish jarayonlariga iloji boricha odamzod aralashuvini cheklash lozim.
Keyingi muammo bioindikatsiyalardan keng foydalanish bo`lib, u yer yuzida tarqalgan organizmlarning yashash sharoitlari bilan chambarchas bog’langan.
Respublikada ekologik muammolar ishlab chiqarishni rivojlantirish va uni rejalashtirish jarayonida uning ketidan keladigan noxushliklarni oldindan ko`rmaslik oqibatida kelib chiqdi.
Chunonchi, 60-70 yillarda suv resurslarining haddan tashqari ko`p miqdorda samarasiz ishlatilishi qanday oqibatlarga olib kelishi o`ylab ham ko`rilmagan.
Sug’oriladigan erlarda eng yuqori miqdorda turli zaharli kimyoviy moddalardan foydalanish, almashlab ekishni bo`g’ib qo`yish
Paxta yakkahokimligiga keng yo`l ochish, erlarning meliorativ sharoitiga e`tibor bermaslik, chorvalar mahsuldorligini oshirish
To`g’risida tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirmaslik — joylarning tabiiy ekologik muhitlariga qarab turli mahalliy muammolarning qelib chiqishiga sabab bo`ldi.
“Ekologiya hozirgi zamonning keng miqyosdagi keskin ijtimoiy muammolaridan biridir.
Uni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo`lib, tsivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko`p jihatdan ana shu muammoni hal qilishga bog’liqdir”*.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasida, “Yer, yer osti boyliklari, suv, o`simlik va hayvonot dunyosi
Hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir” deb ta`kidlanishi ham bejiz emas.
«Ekologiya” fanidan tayyorlangan o`quv uslubiy majmuasi hozirgi davr ekologiyasining asosiy vazifalari, turli ekologik muammolar haqida to`la ma`lumot olish va ularni hal qilishda katta ahamiyat kasb etadi.
Ekologik ilmiy-tadqiqot ishlarda ko`pincha tasviriy, taqqoslash, tajriba hamda ekosistemalarni modellashtirish uslublaridan foydalaniladi.
Tasviriy, taqqoslash va tajriba uslublari deyarli barcha biologik fanlar foydalanadigan uslublardir.
Ammo modellashtirish uslubi biologiya va ekologiyaga endi kirib kelayotgan uslublardan hisoblanadi. Shuning uchun ushbu uslub haqida bir oz ma`lumot berishga harakat qilamiz.
Biologiyada modellashtirish tuzilishlarni, fiziologik funktsiyalarni hamda evolyutsion va ekologik jarayonlarni va shunga o`xshashlarni soddalashtirish yo`li bilan o`xshatish ma`nosida umumlashtirish, dinamik yoki statik holatlarda namoyish etuvchi yoki tasavvur hosil qiluvchi tadqiqot uslubidir.
Biz populyatsiyalardagi murakkab hodisalarni matematik modellar yordamida o`rganmoqchimiz, ya`ni populyatsiyalarning dinamik nazariyasi bilan tanishmoqchimiz.
Bu erda populyatsiyaning miqdoriy dinamikasi uning jinsiy va yosh tuzilmasi, tashqi muhit ta`siri, evolyutsiyaning har xil omillari ta`sirida o`tadigan genetik shakl va odamzod faoliyati natijalari bilan bog’lab o`rganiladi.
Jonsiz olamda dinamik jarayonlar juda ko`p uchratiladi. Ularni modellashtirish ham oson.
Ammo tirik organizmlar uchun dinamik modellar yaratish nisbatan ancha qiyin.
SHuning uchun dinamik modellar yaratishdan avval statik modellar bilan shug’ullanilgan.
O`simlik barglarining joylanish tartibi yoki mollyuska chig’anoqlarining burma (spiral’) chiziqlar qonuniyati yordamida tushuntirishga harakat qilish statik modellashtirishga misol bo`ladi.
Dinamik modellar shaxsning o`sishiga oid bo`lib, ularni 1831 yilda bel’giyalik olim Adol’f Ketls tuzgan edi. odel’ voqelikni aniq aks ettirishi, uning kelib chiqish qonuniyatlarini saqlab qolishi kerak.,
Model’ tuzilgandagi mushohada, olingan modellarning bir-biriga o`xshashi juda ko`p hodisalarning ma`nosini ochishga, ularni tahlil qilishga imkon beradigan darajada bo`lishi lozim.
Model’ tuzganda biz individlarning tug’ilish va tirik qolish mexanizmlarini populyatsiyalardagi ichki aloqalarga bog’lashimiz, populyatsiya ko`rsatkichlarini esa biotik va abiotik muhit orqali aniqlashimiz kerak.
Bundan tashqari, individlarning genetik xususiyatlari ham muhim rol’ o`ynaydi.
Ma`lumki, tabiatda bir jinsli populyatsiya yo`q, individlar genotipi nasllar soniga, ko`payish jarayoniga katta ta`sir ko`rsatadi.
Demak, populyatsiyaning har bir guruhi o`ziga xos ko`payish ko`rsatkichlariga ega bo`ladi.
Bu omillarni hisobga olmay turib to`g’ri model’ tuzish mumkin emas.
Matematik modellash biologik, geografik hodisalarni aniq sharhlash va kelajak tadqiqotlar rejasini tuzishda qudratli omil sifatida katta ahamiyatga ega.
Tirik organizmlar hayotining tashqi muhit bilan bog’liqligi haqidagi fikr qadimdan ma`lum bo`lgan.
Antik davrda yashagan faylasuflarning asarlarida hayvonlarning turli g’arizalari (instinktlari), baliqlar va qushlarning migratsiyalari, o`simklarnnng tashqi qiyofasi tuproq va iqlim sharoitlari bilan bog’liqligi haqidagi ma`lumotlar keltiriladi.
Uyg’onish davridagi ishlarda o`simlik va hayvonlarning tuzilishlari yashash sharoitlari bilan bog’liq holda o`rganiladi.
(S. P. Krasheninnikov, V. I. Lepexin, P. G. Pallaslar) o`simliklar va hayvonot dunyosi iqlimning o`zgarishiga qarab o`zgarishi haqidagi fikrlarni o`z asarlarida bayon etganlar.
J- Byuffon (1707—1778)ning ishlarida hayvonlarning tuzilishiga tashqi muhitning ta`siri masalasi ko`tarilgan edi.
J. B. Lamark (1774—1829) dastlabki evolyutsion ta`limotni o`rtaga tashladi va o`simlik hamda hayvonlarning evolyutsion o`zgarishlarida eng muhimi— tashqi muhit ta`siri deb hisobladi.
XIX asrdagi ekologik ma`lumotlar (A. Gumbol’dt, 1769—1859) o`simliklar geografiyasida yangi ekologik yo`nalishni keltirib chiqardi.
Iqlim ta`siri tufayli hayvonlar biologiyasiga va tarqalishiga bag’ishlangan ishlar ham vujudga keldi.
K. F. Rul’e (1814—1858) o`z tajribasini hayvonlarning atrofini o`rab olgan tashqi muhit o`rtasidagi murakkab munosabatlarni o`rganishga qaratdi.
1859 yilda CH. Darvin «Tabiiy tanlash yo`li bilan turlarning kelib chiqishi» asarida tabiatdagi yashash uchun kurash, ya`ni tur bilan muhit o`rtasidagi har qanday qarama-qarshiliklarning ko`rinishlari tabiiy tanlashga olib keladi va evolyutsiyaning harakatlantiruvchi kuchidir deb qaraydi.
XIX asrning ikkinchi yarmida ekologiya fani o`simliklar va hayvonlarning iqlim omillariga moslanishlarini o`rganish bilan mashg’ul bo`ldi.
A. N. Beketov , (1825—1902) o`simliklarning ichki va tashqi tuzilishlaridagi xususiyatlari, ularning geografik tarqalishi bilan bog’liqligi hamda fiziologik usullarning ekologiya uchun ahamiyati katta ekanligini ko`rsatdi.
Ana shunday ishlar hayvonlar hayoti misolida .A. F. Middendorf tomonidan o`rganildi.
1877 yilda| nemis gidrobiologi K. Myobius biotsenozlar haqidagi u tasavvurlarni asoslab berdi.
Jamoalarni o`rganish turli uslublar bilan boyidi va o`simliklar jamoasi (fitotsenologiya) o`simliklar ekologiyasining mustaqil sohasi sifatida ajralib chiqdi.
O`simliklar jamoasi haqida G. F. Morozov va V. N. Sukachev batafsil fikr yuritib, bu sohaga asos soldilar.
V. N. Sukachev, B. A. Keller, V. V. Alexin, V. G. Ramenskiy, A. P. Dennikov, xorijda F. Klementes,
Q. Raunkier, T. Dyu Rie, I. Braun — Blanke va boshqalar umumiy biotsenologiyaning rivojlanishiga katta hissa qo`shdilar.
30—40-yillarda hayvonlar ekologiyasi bo`yicha umumiy ekologiyannng nazariy masalalari bilan birgalikda yangi ma`lumotlar to`plana boshlandi.
Umumiy ekologiyaning rivojlanishida D. N. Kashkarovning 1933 yilda chop qilingan «Muhit va jamoa» degan asari keyinchalik «Hayvonlar ekologiyasi asoslari» nomi bilan birinchi yozilgan darslik bo`lib qoldi.
30- yillarda ekologiyaning yangi tarmog’i hisoblangan populyatsion ekologiya vujudga keldi. Uning asoschisi ingliz olimi CH. Elton hisoblanadi.
O`rta Osiyoda yashab ijod ztgan olimlardan Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon
Beruniy, Abu Ali ibn Sino va boshqalar tabiat fanlarining rivojlanishiga katta hissa qo`shganlar.
Ular hali ekologiya fani dunyoga kelmagan davrda tabiat va undagi muvozanat, o`simlik va hayvonot dunyosi, tabiatni e`zozlash haqida qimmatli fikrlar aytganlar.
Buyuk alloma Muhammad al-Xorazmiy (782—847) risolalaridan birida bunday deb yozadi; «Biling-ki, daryoning ko`zlari yoshlansa uning boshiga ham, kulfat tushgan bo`ladi.
Odamlar, daryodan mehringizni darig’ tutmanglar». Dunyoning yoshli ko`zlari deganda Muhammad al-
Xorazmiy nimalarni ko`zda tutdi ekan? ehtimol, u daryo suvining ortiqcha isrof bo`lishini nazarda tutgandir.
Vaholanki, buyuk bobomiz eng avvalo daryo bilan odamlarning bir-birini tushunishlari va til topishishlari, o`zaro mehr-muhabbat qo`yishlarini nazarda tutgan.
847 yilda Muhammad al-Xorazmiy «Kitob surat al-arz» degan asarini yozdi. Unda dunyo okeanlari, quruqlikdagi qit`alar, qutblar, ekvatorlar, gullar, tog’lar, daryo va dengizlar, ko`llar, o`rmonlar va ulardagi o`simlik, hayvonot dunyosi
Shuningdek boshqa tabiiy resurslar erning asosiy boyliklari haqida ma`lumotlar keltirilgai.
Ushbu risolada matematika, geologiya, astronomiya, etnografiya, tibbiyot, shuningdek dunyo xalqlarining tabiiy ko`nikmalari va tarixiy-huquqiy bilimlari umumlashtirilgan.
O`rta Osiyo xalqlari ijtimoiy-falsafiy fikrining eng yirik va mashhur vakillaridan biri Abu Nasr Forobiyning (870—950) ilmiy-falsafiy merosi nihoyatda boy.
Uning asarlari hozirgacha to`liq aniqlanmagan. Nemis olimi M, K. Brokkel’manning ro`yxatida Forobnyning turli sohalarga oid 180 ta asarining nomi keltiriladi.
Bu asarlar bir necha guruhlarga bo`linadi. SHulardan 11-guruhga Forobiyning tabiatshunoslik ilmi, amaliy faoliyat va hunarmandchilik masalalariga oid asarlari kiritiladi.
Forobiy tabiatshunoslikning turli tarmoqlari bilan shug’ullangan bo`lib, «Kitob al-hajm va al-miq-dor».
Qitob al-mabodi al-insonia» («Insoniyatning boshlanishi haqida kitob»), «Qalam fia`zo al-hayvon» («Hayvon a`zolari to`g’risida kitbb») nomli asarlari buiga dalil bo`la oladi.
Forobiy o`zining «Ixsoa al-ulum va al-ta`rif» asarida zamonasidagi ilmlarni har tomonlama o`rganib, ularni ma`lum tizimga solib, turkumlarga ajratdi, har bir ilm tarmog’iga ta`rif berishga harakat qildi, tabiatshunoslik ilmiga katta e`tibor berdi.
Tabiatshunoslikka oid «Odam a`zolarining tuzilishi» («Risolatfi-a`zo al-inson»), «Hayvonlar a`zolari va ularning vazifalari haqida» kabi asarlarida odam va hayvonlar ayrim a`zolarining tuzilishi.
Xususiyatlari va vazifalari haqida, ularning o`xshashligi va farqlari keltirilishi bilan birga asosiy anatomik-fiziologik tushunchalar berilgan.
Ularning ruhiy holatlarqdagi xususiyatlari haqida ham to`xtab o`tilgan.
Odam a`zosining tuzilishi va vazifalari haqida so`z yuritilganda ularning o`zaro bog’liqligi va yaxlitligi, ularda kelib chiqadigan o`zgarishlar, ya`ni kasalliklar birinchi navbatda ovqatlanish .
Tartibining buzilishy oqibatida kelib chiqadi deb tushuntiriladi.
Kasallikning oldini olish, sog’lomlashtirish va boshqa chora-tadbirlarni qo`llash lozim ekanligi haqida ma`lumotlar keltiriladi.
Forobiy tabiiy va inson qo`li bilan yaratiladigan sun`iy narsalarni ajratgan.
U tabiiy narsalar tabiat tomonidan yaratilgan, degan xulosaga keladi.
Inson omilining ta`siri katta ekanligini, tabiiy va sun`iy tanlash hamda tabiatga ko`rsatiladigan boshqa ta`sirlarni atroflicha baholagan.
Abu Rayhon Beruniy (973—1048) koinotdagi hodisalarni taraqqiyot qonunlari bilan, narsa va hodisalarning o`zaro ta`siri bilan tushuntirishga urinadi.
Olim erdagi ba`zi hodisalarni quyoshning ta`siri bilan izohlaydi. Uningcha, inson tabiat qoidalariga rioya qilgan holda borliqni ilmiy ravishda to`g’ri o`rgana oladi.
Beruniy ba`zi tabiiy-ilmiy masalalarda tabiat hayotidagi dialektikani topishga harakat qiladi va shu zaylda, umumiy shaklda bo`lsa ham, keyingi davrlardagi tabiatshunos olimlarga ba`zi muhim ilmiy yutuqlarga erishish uchun yo`l ko`rsatib beradi.
Masalan, Beruniy aytadiki, erdagi o`simlik va hayvonlarning yashashi uchun zarur imkoniyatlar cheklidir. Lekin o`simlik va hayvonlar cheksiz ko`payishga intiladi va shu maqsadda kurashadi.
Beruniy tabiatshunos sifatida tabiat haqida quyidagicha fikr yuritadi: «Ekin va nasl qoldirish bilan dunyo to`lib boraveradi».
Garchi dunyo cheklangan bo`lsa-da, kunlar o`tishi bilan bu ikki o`sish natijasida ko`payish cheklanmaydi.
Agarda o`simliklardan yoki jonivorlardan biror xilining o`sishiga sharoit bo`lmay, o`sishdan to`xtasa ham boshqalarida bu ahvol bo`lmaydi.
Ular birdaniga paydo bo`lib, birdaniga yo`qolib ketmaydi. Balki ularning biri yo`qolsa ham, u o`z o`xshashini qoldirib ketadi.
Agar er yuzini bir xil daraxt yoki bir xil hayvon butunlay qoplab olsa, bu holda hayvonning ko`payishiga ham, daraxtning o`sishiga ham o`rin qolmaydi. shu sababdan dehqonlar ekinlarni o`toq qilib, keraksizini yulib tashlaydi.
Bog’bon ham daraxtlarning meva beradigan shoxlarini qoldirib, keraksizini kesib tashlaydi. Asalarilar ham o`z jinsidan bo`la turib, ishlamay, asalni bekorga eb yotadiganlarini o`ldirib tashlaydi.
Tabiat ham xuddi shunday ish qiladi. Lekin tabiat yaxshini yomondan ayirmasdan, hammasiga bir xil ta`sir kilish yo`li bilan daraxt barglarini to`kib, mevasini buzib, meva qilishdan qoldirib quritadi.
Beruniy asarlarida o`simlik va hayvonlarning biologik xususiyatlari, ularning tarqalishi va xo`jalikdagi ahamiyati haqida ma`lumotlar topish mumkin.
Beruniyning ilmiy qarashlari asosan «Saydana», «Mineralogiya», «Qadimgi avlodlardan qolgan yodgorliklar» kabi asarlarida uchratiladi.
Beruniy «Qadimgi avlodlardan qolgan yodgorliklar» asarida eronning turli tropik o`simlik va hayvonot dunyosini bayon etgan.
Ushbu asarda o`simlik va hayvonlarning tashqi muhit bilan aloqasi, ularning xulq-atvori yil fasllarining o`zgarishi bilan bog’liq ravishda o`zgarishi misollar bilan tushuntirilgan.
Jumladan, asarda qish qattiq, sovuq kelsa, qushlarning tog’dan tekisliklarga tushishi, chumolilarning uyasiga bekinib olishi va hokazolar ifoda etiladi.
Beruniy Er qiyofasining o`zgarishi o`simlik va hayvonot dunyosining o`zgarishiga, tirik organizmlarning turli hayoti Er tarixi bilan bog’liq bo`lishi kerak deb hisoblaydi.
Qumni kovlab, uning orasidan chig’anoqni topish mumkin, deydi alloma.
Buning sababi shuki, bu qumlar qachonlardir okean tubi bo`lgan, deb xulosa qiladi u.
Beruniy «Saydana» degan asarida 1116 tur dori-darmonlarni tavsiflagan.
Ularning 750 tasi turli o`simliklardan, 101 tasi hayvonlardan, 107 tasi esa minerallardan olinadi.
Har bir o`simlik, hayvon va minerallarning xossalari, tarqalishi va boshqa xususiyatlari keltirilgan.
Beruniy yoshlik davrlaridan boshlaboq tabiat shaydosi bo`lgan. Buning isboti uchun «Saydana» kitobidagi ma`lumotni keltirish mumkin.
Jumladan, Beruniy Rumdan kelgan kishiga o`simlikning meva va urug’larini ko`rsatib, uning nomini so`ragan va yozib olganligini hikoya qiladi.
Beruniyning «Qadimgi avlodlardan qolgan yodgorliklar» va «Hindiston» degan "asarlarida o`simlik va hayvonlarning tuzilishi hamda ularning tashqi muhit bilan o`zaro aloqasi haqida ham qiziqarli ma`lumotlar keltiriladi.
Beruniy o`zining tabiiy-ilmiy kuzatishlari, tajribalari asosida tabiatdagi hodisalar ma`lum tabiiy qonuniyatlar asosida boshqariladi, degan xulosaga keladi. Ularni tashqaridan ta`sir etuvchi har qanday kuch o`zgartish qobiliyatyga ega emas.
Abu Ali ibn Sino (980—1037) jahon madaniyatiga buyuk hissa qo`shgan olimlardan biridir. Yirik entsiklopedist olim sifatida u o`z davri ilmining deyarli barcha sohalari bilan shug’ullangan.
Turli yozma manbalarda uning 450 dan ortiq asar yozganligi eslatiladi.
Bizgacha esa uning 240 ta asari etib kelgan. Ibn Sino asarlari orasida «Tib qonunlari» shoh asari tibbiyot ilmining qomusi bo`lib, o`rta asr tibbiyot ilmi tarqalishining oliy cho`qqisi hisoblanadi.
Ibn Sinoning juda ko`p qimmatli fikrlari, jumladan, uning inson sog’lig’ini saqlash haqidagi, parhez, gigiena to`g’risidagi xulosa va maslahatlari hanuzgacha o`z ahamiyatini yo`qotmagan.
U barcha yoshdagi, kishilar uchun jismoniy mashg’ulotlarni tavsiya etgan.
Asab kasalligiga mubtalo bo`lganlarga jismoniy usul-lar bilan davolanishni maslahat beradi.
Ibn Sino tibbiyot tarixida fizioterapiya asoschilaridan biri hisoblanadi.
Kishi organizmiga tashqi muhit ta`siri muhimligini bilgan alloma ayrim kasalliklar suv va havo orqali tarqalishi haqida fikr bayon etgan, ya`ni u kasallikning yuqishi masalasini hal etishga yaqinlashgan edi.
«Kasalliklarning ba`zilari yuqumli bo`ladilar. Bular moxov, qo`tir, chechak, vabo isitmasi, yiringlagan yaralar kabi kasalliklardir.
Xususan, bular odamlarning turar erlari tor bo`lganda hosil bo`ladi va kasal kishining qo`shnilari shamolning tagida bo`lganda yuz beradi».
Abu Ali ibn Sinoning falsafiy va tabiiy-ilmiy qarashlari uning jahonga mashhur asari «Kitob ash-shifo», ya`ni «Davolash kitobi»da bayon etilgan.
Bu asarda materiya, fazo, vaqt, shakl, harakat, borliq kabi falsafiy tushunchalar, shuningdek matematika, kimyo, botanika, zoologiya, geologiya, astronomiya, psixologiya kabi fanlar haqida fikrlar bayon etilgan.
Ibn Sino o`rta asrlarda ilm barcha sohalarining rivojlanishida turli masalalarni o`z ichiga oluvchi tabiat falsafasiga katta e`tibor beradi.
Ayniqsa, tabobat va uning bilan bog’liq holda anatomiya, psixologiya, farmakologiya, terapiya, jarrohlik, diagnostika, gigiena kabi ilmlar ibn Sino ijodida bir qancha yangi kashfiyotlar bilan boyidi va yuqori bosqichga ko`tarildi.
Ibn Sinoning tog’larning vujudga kelishi, Er yuzining davrlar o`tishi bilan o`zgarib borishi, zilzila-ning bo`lishi kabi turli tabiiy jarayonlar haqidagi fikrlari geologiya ilmining rivojlanishiga katta ta`sir qildi.
Zahiriddin Muhammad Bobur (1483—1530) ning nomi aytilganda ba`zilar uni shoir deb biladi. Uning g’azallari juda jozibador, har kimga manzur.
Ammo Bobur faqat shoirgina bo`lmay, balki podshoh, sarkarda, tarixchi va mashshoq, ovchi va bog’bon, sayyoh va tabiatshunos ham bo`lgan.
Bobur asarlari bamisoli tagi yo`q bir xazinadir. «Boburnoma» Boburning eng yirik asaridir.
Asarda Boburning ko`rgan kechirganlari, yurgan joylarining tabiati, boyligi, odamlari, urf-odatlari, hayvonoti, o`simliklari va boshqalar tasvirlangan.
Har bir kasb egasi bu kitobdan o`ziga keragicha ma`lumot topadi. Asar muhim atamalar va toponimik manbalarga boy.
Unda er, suv, havo, turli tabiiy hodisalarga tegishli xalq so`zlari ko`plab topiladi.
«Boburnomani o`qigan va o`rgangan har bir kishi uni tabiat va geografiyani yaxshi bilgan o`lkashunos va olim yozgan degan xulosaga keladi.
Bobur o`lkani bilgan kishilarni hurmat qilgan, ularning qadriga etgan va ular bilan hamisha maslahatlashgan. «Biron safarga chiqishdan oldin er, suv bilur kishilarni chorlab, atrof va tomonlar surishtirilar edi».
Bobur har bir hududni ma`lum bir tartibda tasvirlaydi. Avvalo joyning geografik o`rni, so`ngra qaysi iqlimga mansubligi, har xil shifobaxsh joylari, o`simliklari, qazilmalari, xayvonoti va aholisi beriladi.
Bobur tabiatdagi ba`zi hodisalarni tasvirlaganda ularni mutlaqo mo``jizalarga bog’lamaydi.
U ko`zi bilan ko`rgan har bir mamlakatning qaysi iqlimga mansubligini yozadi.
Bobur iqlim va meterologiya hodisalari bilan qiziqqan. «Boburnoma»da muallif O`rta Osiyo, Afg’oniston va Hindiston davlatlari qishloq xo`jaligining rivojlanishi haqida ma`lumotlar keltirgan.
Asarda O`rta Osiyoda qadim vaqtlardan buyon qovun, bug’doy, o`rik, olma, behi, anor, shaftoli, olcha, yong’oq, nok va tutlarning bir necha navlari borligi ta`kidlanadi.
SHuningdek, Bobur O`rta Osiyo va Hindistonda chorvachilik va hunarmandchilikning rivojlanishiga katta e`tibor bergan.
«Boburnoma»da Afg’oniston xalqining asalarichilik bilan qadimdan shug’ullangani va savdo qilishiga to`xtalgan.
Bobur bo`lgan joylarining tabiati va o`ziga xos xususiyatlarini jonajon vatani Andijon bilan taqqoslaydi.
U ayniqsa gullar, manzarali hamda mevali daraxtlarni ko`paytirishga va ularning tarqalishiga e`tibor bergan. Bobur ovga juda ham qiziqar edi, shuning uchun u O`rta Osiyo, Afg’oniston, Xuroson va Hindistondagi hayvonlarni batafsil bayon etgan.
Allomaning fikricha, o`sha davrlarda Farg’ona vodiysida antiloplar, tog’ qo`ylari va yirik yirtqich qushlar, Samarqandda esa jayronlar, Buxoro antilopi, tog’ echkilari, kakliklar va boshqa hayvonlar ko`p bo`lgan.
U Hindiston hayvonlaridan fil, karkidan, antiloplarning bir necha turlari, maymunlarini batafsil yoritgan.
Qushlardan esa tustovuqlar, to`tiqushlar, bulbullar, suvda yashovchi laylak, g’oz va o`rdaklar, yirik sut emizuvchi hayvonlardan begimot, suv to`ng’izi kabilar keltiriladi.
Bobur bir necha bor Yer qimirlashi, Oy va Quyosh tutilishi kabi tabiiy hodisalar guvohi bo`lgan.
Ushbu hodisalarning tabiat qonunlaridan boshqa narsa emasligiga ishonch hosil qilgan.
Ekologik yo`nalish uslubining mohiyati shu bilan belgilanadiki, botaniklar flora tarkibini o`rganish bilan birgalikda o`simlikka organizm sifatida, uning ekologiyasiga va u yoki bu tuproq turiga munosabatni tekshirdilar.
Ayniqsa, o`simliklar ayrim turlarining ekologiyasini o`rganish ishlariga ko`p e`tibor berildi. Bu ishlar E. P. Korovin, M. V.
Kul’tiasov vaM. S. Popovlarning nomlari bilan bog’liqdir. Ularning ish uslublarida Qozon geobotanika maktabining ishlariga e`tibor berildi.
Bunda ekologik sharoitning o`zgarishiga evolyutsiya jarayonining yo`naltiruvchi omili deb -qaraldi.
O`zbekistonda ekologik yo`nalishdagi ishlarning asoschilari D. N. Kashkarov va E. P. Korovinlar hisoblanadi.
Ular ekologik ilmiy tadqiqotlarni rejalashtirish va ekolog mutaxassislar tayyorlash masalasini o`rtaga tashlaydilar va uning nihoyatda zarur ekanligini ta`kidlaganlar.
30- yillarda D. N. Kashkarov va E. P. Korovinlar tomonidan «Muhit va jamoa», «O`rta Osiyo va Qozog’iston cho`llarining turlari va ulardan xo`jalikda foydalanish istiqbollari», «CHo`ldagi hayot» kabi ilmiy asarlar chop etildi. Bu asarlarda ekologiya predmeti va uning vazifalari, uslublari o`z aksini topgan.
Keyingi yillarda ham ekologiya fanining rivojlanishida xo`jalik bilan bog’liq bo`lgan muammolarning ilmiy echimi asosiy muammo bo`lib qolaveradi. E. P. Korovin va I.
I. Granitov kabi olimlar rahbarligida cho`l mintaqasidagi yaylovlarni yaxshilash borasida u yerdagi o`ziga xos kserofit-ekologik guruhga mansub o`simliklarni o`rganishga kirishildi.
ekologik ishlarning dolzarbligi munosabati bilan O`zbekiston FA Botanika institutida V. A. Burigin rahbarligida o`simliklar ekologiyasi laboratoriyasi tashkil etildi.
Ushbu laboratoriya xodimlari cho`l va chala cho`l sharontida o`simliklarning moslanishini o`rgandilar.
Natijada tog’oldi mintaqalarida fitomeliorativ ishlarning rivojlanish asosi ishlab chiqildi.
Keyinchalik bu ishlar amalda O. H. Hasanov, R. S. Vernik va boshqalar tomonidan davom ettirildi.
Fitomeliorativ ishlar bilan birgalikda qurg’oqchilik zonalaridagi muhim em-xashak o`simliklari ekologiyasini o`rganishga ham e`tibor berildi.
1950 yilda tashkil etilgan o`simliklar fiziologiyasi va bioximiyasi laboratoriyasida Janubi-G’arbiy Qizilqum cho`llaridagi em xashak o`simliklarida ekologo fiziologik yo`nalishdagi ishlar olib borildi.
1959 yilda tashkil etilgan Qizilqum cho`l stantsiyasi olib borgan muhim ilmiy ishlar o`simliklar qoplamidagi barpo etishning ilmiy asoslarini va uslublarini yaratishdek ekologobiologik yo`nalishlardan iborat bo`ldi.
1960 yilda tashkil etilgan Nurota chala cho`l stantsiyasi ham o`zining faoliyatini O`zbekistondagi chala cho`l zonalarida yaylovlarni yaxshilashga, qimmatli em-xashak o`simliklari
Orasidan qurg’oqchilikka chidamli turlarni tanlashga hamda ularning ekologo-biologik xususiyatlarini o`rganishga qaratdi.
Hozirgi vaqtda laboratoriyada cho`ldagi em-xashak o`simliklarining hayot jarayonlari mahsuldorlikka bog’liq holda o`rganilmoqda.
SHuningdek, sun`iy ekosistemalar sharoitida suv va issiqlik stressi (qo`zg’alish) ta`sirida xloroplastlarning to`planishi va fitoximik faolligi, xlorofill-oqsil birikmasi, nuklein kislotalarning almashinuvi va boshqalar o`simlikning o`sishi davomida tadqiq etilmoqda.
D. N. Kashkarovnnng dastlabki ishlari O`rta Osiyoning kemiruvchilarini o`rganishga qaratilgan edi.
Olim ularning biologiyasi, sistematikasi va zarariga e`tibor berish bilan birga hayvonlar ekologiyasi bo`yicha ham ish olib bordi.
1928 yilda D. N. Kashkarov AQSH ga bordi, chunki bu vaqtda AQSHda ekologiya fani birmuncha rivojlangan edi.
U 7 oy mobaynida yirik ekologlarning ishlari bilan tanishib chiqdi, jumladan, Adams, Shelvord, Chepman, Grinell, elli, Teylor, Forxis va boshqalarning ishlarini o`rgandi.
U 12 ta universitet, muzey, qo`riqxonalar bilan tanishadi. D. N. Kashkarovning Leningrad universitetiga ketishi munosabati bilan O`zbekistonda ekologik yo`nalish uning davomchilari
V. A. Selevin, T. 3. Zohidov, I. I. Kolesnikov ishlarida rivojlandi. Keyingi yillardagi zoologiya tadqiqotlari O`zbekiston FAning Zoologiya va parazitologiya instituti faoliyati bilan bog’liqdir.
Institut 1950 yilda biologiya fanlari bo`limi tarkibida tashkil etilgan. Uning asosiy tadqiqot yo`nalishlari O`zbekiston hayvonot olamining umumiy qonuniyatlarini o`rganishga qaratilgan.
1950 yildan boshlab institutda hayvonlar ekologiyasida ro`y beradigan ayrim jarayonlar va qonuniyatlar o`rganila boshlandi.
Ayniqsa, insoniyat ta`sirida hayvonlarning tarqalishi hamda tarkibiy o`zgarishlari, shuningdek parazit bo`g’imoyoqlilar, gel’mint va oddiy organizmlar hayot davri va invaziya yo`llarini o`rganishda batafsil tadqiqotlar o`tkazildi.
Institutning muhim amaliy tadqiqotlariga hayvonot olamini qo`riqlash va undan oqilona foidalanish tadbirlari asoslarini tayyorlash, qishloq xo`jalik hayvonlari invazion kasalliklarining oldini olish, qimmatli hayvon turlarining kadastri va nazorat ishlari olib borishlar kiradi.
O`zbekiston FAning akademiklari T. 3. Zohidov, A. M. Muhammadiev, muxbir a`zolaridan V. V. Yaxontov
M. A. Sultonov, R. O. Olimjonov kabilar O`zbekirtonda zoologiya tadqiqotlarining rivojlanishida o`z hissalarini qo`shganlar.
Ular o`zlari hamda shogirdlari bilan birgalikda yirik monografiyalar yaratdilar. Jumladan, M. A. Sultonovning
Bundan maqsad kuzatuv tadqiqotlari (monitoring) axborot yig’indisini tahlil qilish va tartibga solish
Genofondni saqlash hamda imkoniyatlarni o`rganish, hayvonot olamini qo`riqlashdan iboratdir.
Asosiy yo`nalish jumhuriyatda ekologik kuzatishlar nazariyasini tizimlashtkrishda keng miqyosda komp’yuter oshirishni ta`minlaydi.
SHu maqsadda institut tarkibida ekologik kuzatish (monitoring) laboratoriyasi tashkil etilib, bunda yuqorida ko`rsatilgan muammoga oid muhim tadqiqotlar o`tkaziladi, parazitologiya va gel’mintologiya sohasida chuqur izlanishlar davom ettiriladi, ular taksonomik tekshiruvlarni ta`minlaydi.
Biologik takrorlanishlar, ekologik xususiyatlar hamda hayvonlar ekto va endo-parazitlariga qarshi integral kurash choralari o`rganiladi.
Institutdagi ilmiy ishlar asosan undagi bir qancha yo`nalishdagi laboratoriyalarda olib borildi. Hasharotlar yoki entomologiya laboratoriyasi 1950 yilda tashkil etilgan.
Unga taniqli olimlardan A. N. Lujetskiy (1950—1953 yillar), O`zFA muxbir a`zolari R. O. Olimjonov
1954—1957 yillar), V. V. YAxontov (1958—1970 yillar), biologiya fanlari nomzodi O. G.Davletshina (1971-1983 yillar) va N. E. Ergashevlar (1981-1985 yillar) rahbarlik qilganlar.
Laboratoriyaning asosiy ilmiy yo`nalishlari quyidagilardan iborat: O`zbekistonda uchraydigan zararli va foydali bo`g’imoyoqlilarni saqlash, ulardan foydalanish yo`llari, o`simliklarni zararkunandalardan himoya qilishda fiziologik-biokimyoviy, toksikologik omillarga asoslangan holda ilmiy ish olib borish.
Laboratoriyaning o`simliklarni himoya qilish muammosi atrof-muhitni ifloslantirmaslik masalalari bilan uzviy bog’langandir.
Atrof-muhitning kimyoviy moddalardan zaharlanmasligi uchun quyidagilar tavsiya qilinadi: 1. Qishloq xo`jaligida zararkunandalarga bardoshli navlarni tanlash;
O`simliklarni himoya qilishda tabiiy kushandalardan keng foydalanish; 3. Har xil tabiiy sharoitda kushanda bilan zarar kunanda va ular o`rtasidagi bog’lanishni o`rganish;
O`simliklarni himoya qilishda kam, zararlaydigan kimyoviy, mikrobiologik moddalardan va boshqarib turuvchi moddalardan foydalanish.
Ternologiya bo`limi laboratoriyasida X. S. Solihboev, G. I. Ishuninlar Turkiston tog’larining ov hayvonlarini o`rgandilar. 60-yillardan boshlab X. S. Solihboev rahbarligida ilmiy ijodxona oldiga issiq iqlimda yashovchi hayvonlarning hayotini o`rganish tavsiya etiladi.
Natijada « O`zbekiston janubidagi umurtqali hayvonlarning ekologiyasi va xo`jalik ahamiyati» degan asar yaratildi.
Bunda sutemizuvchi hayvonlar ekologiyasiga va xo`jalikda ahamiyatga ega bo`lgan turlariga alohida e`tibor berildi.
Qarshi cho`lini o`rganish natijasida D. Kashkarov, A. Zokirov, A. Petrovalar birgalikda «Qarshi cho`lining umurtqali hayvonlari ekologiyasi»ni yaratdilar.
Bu asarda sut emizuvchi hayvonlarning tarkibi, tarqalishi, ekologiyasi va ulardan foydalanish yo`llari ishlab chiqilgan.
1963-1966 yillarda Nurota tog’ining hayvonot dunyosini o`rganish vazifasi qo`yildi.
Olimlar oldida Qizilqum hayvonot dunyosining Nurota tog’ining hayvonot dunyosiga ta`sirini o`rganish muammosi turardi.
Natijada H. S. Solihboev, O. P. Bogdanov, T. A. Palenko, S. T. Gubaydulina, G. I. Ishunin, D. Yu. Kashkarov, N. Zokirovlar ilmiy ishlari natijasida «Nurota tog’i umurtqali hayvonlari ekologiyasi» (1970) nomli asar yaratildi.
«Farg’ona vodiysining umurtqali hayvonlari» degan asarda vodiyda yashovchi umurtqali hayvonlar zoologiyasi, ekologiyasi, ularning tarqalishi, hayot tarzi, ko`payishi, ovqatlanishi, xo`jalikdagi ahamiyati keltirilgan.
1966 yilda T. Zohidov va O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi, biologiya fanlari nomzodi G. S.Sultonovlar tashabbusi bilan sut emizuvchilarni o`rganish ilmiy ijodxonasi tashkil qilindi.
1981-1985 yillarda ilmiy ijodxona oldiga O`zbekistonda ovlanadigan kamyob hayvonlar ekosistemasini o`rganish vazifasi qo`yildi.
Bo`limga V. I. Tarennikov rahbarlik qildi. Ushbu besh yillikda sut emizuvchi noyob hayvonlar sonining kamayish sabablarini aniqlash, ularning eski areallarini tiklash, kamyoblarini saqlash va ulardan oqilona foydalanish yo`llarini ishlab chiqish vazifasi turar edi.
Yerda hayot paydo bo`lganiga 1 milliard 700 million yil bo`lgan deb faraz qilinadi.
SHu davr ichida vujudga kelgan barcha tirik organizmlar hayoti doimo tashqi muhit bilan bog’liq holda qator o`zgarishlarga duch kelgan.
Tashqi muhit ko`pgina ekologik omillardan iborat. Bu omillar odatda uch guruhga bo`lib o`rganiladi: abiotik (yoki o`lik omil), biotik (tirik omil) va antropogen (yoki inson omili).
Odatda ekologik omillar barcha tirik organizmlarga bir vaqtda kompleks ravishda bevosita yoki vositali ta`sir ko`rsatadi.
Ammo bu omillarning har birining ta`sirini aniqroq, yaxshiroq tasavvur etish uchun ular alohida-alohida olib o`rganiladi.
Organizmning tevarak atrofini o`rab olgan va vositali hamda vositasiz ta`sir etuvchi bu omillar yig’indisi shu organizmning yashash muhitini tashkil etadi.
Demak, muhit ekologik tushuncha bo`lib, ko`proq geografiya fanlarida qo`llaniladi. ekologik omil tushunchasi tashqi muhit tushunchasiga nisbatan birmuncha torroq ma`noga ega bo`lib, muhitning ayrim unsuri hisoblanadi
Muhitning ayrim ekologik omillari har biri birgalikda yashayotgan organizmlarning barchasi uchun yoki har xil turlar uchun turlicha ta`sir etishi mumkin va turlicha ahamiyat kasb etadi.
Masalan, tuproqdagi tuzlar miqdori va tarkibi o`simliklarning oziqlanishida muhim ahamiyatga ega bo`lsa, hayvonlar uchun uning ahamiyati uncha katta emas.
YOki qishki kuchli shamollar ochiq havoda yashovchi yirik hayvonlarga salbiy ta`sir ko`rsatsa, inida yoki qor ostida yashovchi kichik hayvonlarga deyarli ta`sir etmaydi va hokazo.
Ammo shuni aytish kerakki, ekologik omillarning organizmga ta`sir etish xarakteri qanchalik xilma-xil bo`lmasin ularning barchasi uchun quyidagi bir necha umumiy qonuniyatlarni ko`rsatish mumkin.
Ekologik omillar organizmga haddan tashqari kuchli (maksimum) yoki kuchsiz (minimum), yoki o`rtacha (optimum) darajada ta`sir etishi mumkin.
Omillarning qulay ta`sir etuvchi kuchi optimum zona deb qaraladi va undan qanchalik uzoqlashgan sari ushbu omillarning noqulay ta`sir etishi ortib boradi.
Shunday qilib, har bir omilning optimum, minimum va maksimum ta`siri bo`ladi.
Omilning minimum va maksimum ta`sir etishi kritik nuqta deb qaraladi.
Kritik nuqtalardan ortiq kuchdagi ta`sir organizmning nobud bo`lishiga olib keladi.
Organizmning omilga nisbatan kritik nuqtalar orasidagi chidamlilik chegarasi uning ekologik valentligi deyiladi.
Muhitning biror omiliga keng doirada moslashgan turlari «evri» old qo`shimchasini qo`shish yoki tor doirada moslashgan turlari «steno» qo`shimchasini qo`shish bilan nomlanadi.
Masalan, evriterm, stenoterm (haroratga nisbatan), evrigal, stenogal (sho`rlanishga nisbatan), evribat, stennobat (bosimga nisbatan) va hokazo.
Ayrim holda olingan Quyoshga qarab mo`ljal oladi; b) dengiz va okean suvlari tagida yashaydigan . jonivorlar, quruqlikda yashaydigan ba`zi qo`ng’izlar o`z tanasidan nur chiqarish xususiyatiga ega.
Bu hodisa biolyuminestsentsiya deb ataladi. Bunday xususiyat sodda hayvonlardan tortib baliqlargacha xosdir.
Bakteriyalar, zamburug’lar va ayrim tuban o`simliklar ham shunday xususiyatga egadir.
Masalan, o`rmon suvsariga qish mavsumida qo`shimcha yorug’lik ta`sir etilganda uning homiladorligi tezlashib, muddatidan oldinroq bolalagan.
Uzoq muddatda yorug’lik ta`sir ettirilganda hasharotlar va sut emizuvchi hayvonlarda jinsiy balog’atga etish tezlashgan; suv tagida yashaydigan karakatitsa o`zini dushmandan himoya qilish uchun suvni yoritib yuboradigan suyuqlik chiqaradi; suv betida yashaydigan ba`zi hayvonlar esa qora suyuqlik chiqarib dushmandan himoyalanadi.
Ba`zi hasharotlar kunlar qistsarishi natijasida ko`payish jarayonini to`xtatadi, kunlar uzayishi bilan esa ko`payish qayta tiklanadi.
Bushshg sababi shuki, uzun kun bosh miyadagi gipofiz beziga ta`sir etib ichki sekretsiya bezlari ishini kuchaytiradi va jinsiy bezlarga ham signal beradi.
Amaliyotda kun uzunligini sun`iy ravishda o`zgartib o`simlik va hayvonlarning hosildorligi va naslini ko`paytirish yoki qisqartish mumkin.
Harakatda bo`ladigan hayvonlar o`ziga joy tanlashda yoritilish darajasini ham hisobga oladi.
Kecha - kunduz davomidagi faollik uchun ma`lum darajada yorug’lik talab etiladi.
Hayvonlar kunduzgi, tungi va g’ira shirada faol hayot kechiruvchi turlarga ham ajratiladi.
Ularning faolligi yilning mavsumi, iqlim sharoitlari va yorug’likning o`zgarishiga qarab o`zgarib turishi mumkin.
Masalan, chala cho`l zonalarida yumronqoziqlar jazirama issiq kunlari ertalab va kech paytlari aktiv faoliyatda bo`lib, kunduzgi vaqtni uyalarida o`tkazadilar.
Ular havo bulut bo`lgandagina kunduzi uyalaridan chiqishlari mumkin. Xuddi shuningdek, cho`ldagi qushlar ham yozning issiq kunlari boshqa joylarga uchib ketadilar.
Ularning o`ta aktiv (maksimum) faoliyati bahor, kuz va qish fasllarining kunduzgi soatlariga to`g’ri keladi.
SHunday qilib, hayvonlar ham yorug’likka bo`lgan munosabatiga ko`ra bir necha guruhga, chunonchi, yorug’sevar, soyasevar hayvonlarga va yorug’likning o`zgarishiga keng yoki tor (qisqa) doirada moslashgan guruhlarga bo`linadi.
Hayvonlar yorug’lik yordamida atrofdagi mavjudotlarni ko`radi va yon atrofga qarab mo`ljal oladi. Turli hayvonlarning ko`rish organlari ularning rivojlanish pog’onasiga ko`ra turli darajada taraqqiy etgan va yashash sharoitlari bilan bog’liq holda rivojlangan.
Masalan, ba`zi chirqildoq ilonlar infraqizil nurlarni ko`ra olganligi sababli o`ljasini qorong’ida ham ovlaydi.
Asalarilar esa ul’trabinafsha nurlarni ajrata oladi, ammo infra qizil nurlarni ajrata olmaydi.
Er sharidagi organizmlarning tarqalishi, ko`payishi va boshqa hayot jarayonlarini belgilaydigan omillardan biri harorat hisoblanadi.
Ekvatorda harorat yil davomida va bir sutka davomida uncha keskin o`zgarmaydi.
Ammo ekvatordan shimolga yoki janubga yo`nalgan sari teqislik joylarda har 100 km ga harorat 0,5°—0,6°S ga o`zgara boradi.
Bunday o`zgarishlar Er sharining tog’li qismida ham har 100 metr balandlikka ko`tarilganda yuz beradi.
Demak, barcha o`simlik va hayvonlarning hayot jarayonlari shu xildagi o`zgarishlar bilan bog’liq holda o`tadi.
Ayniqsa, o`simliklarning tarqalishida bunday o`zgarishlar alohida rol’ o`ynaydi.
Shu sababli ham Er sharining tekislik qismida uchraydigan o`simliklar va ular hosil qiladigan qoplam o`rganilganda bir necha iqlim zonasiga, chunonchi;
Shimoliy qutb, tundra, o`rmon, dasht, cho`l, subtropik va tropik kabi geografik zonalarga bo`lib o`rganiladi.
O`simliklar past yoki yuqori harorat ta`sirida yashashi va unga moslanishiga ko`ra ikkita katta ekologik guruhga bo`lib o`rganiladi.
Bu haqda keyin batafsilroq gapiriladi. Harorat odatda Er sharining quruqlik qismida birmuncha tez o`zgarib turadi. Suv muhitida esa bunday o`zgarishlar, ayniqsa, bir sutka davomida juda sekin o`zgaradi.
Umuman olganda, ko`pchilik tirik organizmlar hayoti O° bilan 50sS o`rtasida o`tadi.
Harorat O° dan past yoki 50°S dan yuqori bo`lganda barcha hayot jarayonlari mutlaqo to`xtaydi yoki keskin darajada sekinlashib qoladi.
Demak, tirik organizmlar hayotiga harorat optimum, minimum va maksimum darajada ta`sir etadi.
Ayrim suvo`tlar va umurtqasiz hayvonlarning hayoti O°S dan past bo`lgan harorat ta`sirida normal o`tadi.
Shunday qilib o`simliklar hayoti uchun yilning eng issiq va eng sovuq oylaridagi o`rtacha haroratning umumiy miqdori, yillik haroratning o`rtacha miqdori muhim rol’ o`ynaydi.
Bunday yillik harorat yig’indisi (miqdori) Er sharining turli nuqtalarida turlichadir.
Masalan, Malay arxipelagida -9500°S, Toshkentda — -5000°S, Astraxanda -4000°S, Odessada -3500°S, Sankt-Petrburgda -2000°S, YAngi Er orolida -400°S ni tashkil etadi.
Shunga ko`ra har qanday o`simlik turi (yovvoyi holdagisimi, madaniy holdagisimi) hamma joyda ham uchrayvermaydi.
Demak, har qanday o`simlik turi o`z hayot jarayonini to`liq o`tib nasl qoldirishi uchun yil davomidagi foydali harorat miqdoriga muhtojdir.
Shundagina, u normal o`sib rivojlanadi va urug’ meva hosil qilib bir yillik hayotini tugallaydi.
Er sharining biror joyidan ikkinchi bir joyiga qandaydir madaniy o`simlikni olib kelish, uni o`stirib ko`rish va undan hosil olish uchun shu o`simlikning yillik foydali harorat miqdori necha daraja ekanligi hisobga olinishi kerak bo`ladi.
O`zbekistonda o`stirilayotgan g’o`za o`simligi vegetatsiyasi uchun mavsum davomida 3500°S harorat zarur ekanligini hisobga olganda uni Moskva yoki Sankt-Peterburg viloyatlari sharoitida ekish va undan hosil olish mumkin emasligi ayon bo`ladi.
Hayvonlar hayotida ham harorat muhim ahamiyat kasb etadi. Ko`pchilik hayvonlar o`zining doimiy tana haroratiga ega. Bunday hayvonlar
Do'stlaringiz bilan baham: |