Shahrisabz filiali



Download 0,8 Mb.
bet11/23
Sana15.07.2022
Hajmi0,8 Mb.
#801803
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23
Bog'liq
OOXA AMALIY MASH

Donning pardaliligi. Donning pardaliligi pardali donlarda (arpa, tariq, so‘li, sholi) gul qobig‘ining miqdorini bildiradi. Pardalilik o‘zgaruvchan bo‘lib, sulida (% larda) - 5-17, arpada - 6-16, tariqda - 20-40, sholida - 17-25 ni tashkil qiladi.
Donni saqlash don etishtiriladigan hududlarda don qurutgichlari va faol shamollatish qurulmalari bilan jihozlangan, katta elevatorlar va mexanizasiyalashtirilgan omborxonalarga ega bo‘lgan don qabul qilish maskanlarida, shuning bilan birga donni iste’mol qilish va qayta ishlash joylarida (tegirmonlar va yorma ishlab chiqarish korxonalar qoshidagi) katta quvvatli elevatorlarda amalga oshiriladi.
Don o‘rib olingandan so‘ng, u birdaniga to‘liq etilganlik va sokinlik, ya’ni biokimyoviy fermentativ jarayonlar juda sekin boradigan davriga o‘tmaydi. O‘rib olinganidan so‘ng omborxonalarga keltirilgan donda, o‘rib olishdan keyingi etilish jarayoni deb ataluvchi faol biologik jarayonlar sodir bo‘ladi. Bu jarayonning davomiyligi don o‘simligining turi va navi, uni saqlash sharoitlariga qarab 2-3 kundan 10-16 kungacha davom etadi. Etilish jarayoni tozalangan don qurutilganda va shamollatiladigan omborxonalarda saqlanganda tezlashadi. Yangi o‘rib olingan va hali etilmagan don kislorodni yutib va uglerod ikki oksidi, suv va issiqlik chiqarib faol nafas oladi, bir vaqtning o‘zida zaxira uglevodlar, oqsil moddalar va yog‘larning shakllanishining tugallovchi bosqichi bo‘lgan sintezlash jarayonlari boradi. Bunda qand, oksilmas azot, erkin yog‘ kislotalarining miqdori kamayadi va kraxmal, oksil va yog‘lar miqdori ortadi.
O‘rib olishdan keyingi etilish jarayonida chuqur sifat o‘zgarishlari sodir bo‘ladi. Don unish xossalariga ega bo‘ladi, uzoq muddatga saqlashga yaroqli bo‘ladi, uning texnologik xususiyatlari yaxshilanadi.
Quruq, toza, to‘liq etilgan don qulay sharoitlarda oziqaviy qiymati va texnologik xossalarini yo‘qotmasdan uzoq muddat saqlanishi mumkin. Masalan, bug‘doy donining saqlanish muddati 4 yil deb belgilangan. Ammo bunday donda ham uning holati va xossalariga ta’sir ko‘rsatuvchi u yoki bu jarayonlar sodir bo‘ladi. Noto‘g‘ri saqlashda bu jarayonlar donning xossalarini o‘zgarishiga, dondan yorma, un va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish uchun xom ashyolik qiymatining yo‘qotilishiga sabab bo‘ladi. Tarkibi va tuzilishi jihatdan murakkab hayot qobiliyatiga ega ob’ekt hisoblangan don, atrof-muhit ta’siriga uchrashi va o‘zida kechayotgan biokimyoviy, fizik-kimyoviy va biologik jarayonlar ta’sirida o‘zgarishi mumkin.

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish